O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti


 Kapital qo’yilmalar umumiy (mutloq) iqtisodiy samaradorligining ko’rsatkichlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/112
tarix20.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#164133
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   112
Z3iC0whyPxwdXmFOvQSyiEaXSQPrEMocXvd7XPWX

8.2. Kapital qo’yilmalar umumiy (mutloq) iqtisodiy samaradorligining ko’rsatkichlari 
 
Kapital qo’yilmalar samaradorligini baholashga yagona yondashishni ta’minlash 
maqsadida Yerlarni sug’orish va zaxini qochirish hamda o’tloqlarga suv chiqarishga kapital 
qo’yilmalarning iqtisodiy samaradorligini aniqlash instruktsiya (uslubiyot)si ishlab 
chiqilgan. Instruktsiyada iqtisodiy samaradorlikni aniqlashning mazkur tarmoqda 
qo’llanilishi zarur bo’lgan qoida va usullari keltirilgan. Unda suv xo’jaligi qurilishiga 
kapital qo’yilmalarning halq xo’jalik samaradorligini aniqlash ko’zda tutiladi. 
Halq xo’jalik samaradorligi qishloq xo’jaligida yaratilgan milliy daromad (sof 
mahsulot)ga asoslanib, hisoblab chiqiladi. Bunda sof mahsulotning halq xo’jaligi 
daromadlarida davlat buyurtmasi orqali sotiladigan mahsulotlar narxidagi farq oborot 
solig’i ko’rinishida aks etadigan qismi hisobga olinadi. 
Halq xo’jalik samaradorligi hisob-kitoblarida melioratsiya qurilishiga yerlar 
o’zlashtirish va qishloq xo’jalik fondlarini to’ldirishga bevosita bir yo’la sarflar qatorida 
kapital qo’yilmalar ishlab chiqarish hamda noishlab chiqarish yo’nalishidagi qo’shni tutash 
ob’ektlarni rivojlantirishga tutash sarflar ham kiritiladi. 
Ichki xo’jalik samaradorligi qishloq xo’jalik korxonalarining melioratsiyalanadigan 
yerlardagi ishlab chiqarish faoliyati natijalari bo’yicha hisoblab chiqiladi. 
Uslubiyotda har bir loyihani iqtisodiy jihatdan asoslashda kapital qo’yilmalarning 
ham umumiy (mutlaq), ham nisbiy iqtisodiy samaradorligi ko’rsatiladi. Umumiy (mutlaq) 


samaradorlik sarflar va samarani taqqoslash hamda shu bilan aniqlanayotgan suv xo’jaligi 
tadbirlarining xo’jalik nuqtai nazaridan maqsadga muvofiqligini aniqlash imkonini beradi. 
Tarmoq uslubiyotining muhim qoidalaridan biri melioratsiyaga kapital qo’yilmalar 
samaradorligini aniqlash foyda bo’yicha emas, balki sof foyda bo’yicha olib borilishidadir. 
Bu qishloq xo’jalik ishlab chiqarishning xususiyati bilan bog’liq bo’lib, bu xususiyat 
dehqonchilik mahsulotining ancha qismi ichki xo’jalik iste’moli (urug’lar, oziqalar) uchun 
xo’jalikda qolishi va tovar shakliga kirmaganligidan iboratdir. Sof foyda yalpi mahsulot 
qiymati bilan uning tannarxi o’rtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi. Melioratsiyaning 
iqtisodiy samaradorligini aniqlashda sof daromad kattaligi bilan ifodalangan butun pirovard 
samara xisobga olinadi. Kapital qo’yilmalarning o’zini-o’zi qoplashi muddati yoki 
iqtisodiy samaradorlik koeffitsiyenti kapital qo’yilmalar iqtisodiy samaradorligining asosiy 
ko’rsatkichi xioblanadi. 
Kapital qo’yilmalarning o’zini-o’zi qoplashi (Tkchd) ayrim qurilishlar, korxonalar 
va ob’ektlar bo’yicha kapital qo’yilmalarning (K) yillik sof daromadga (Dch) nisbati bilan 
aniqlanadi. 
Дч
К
С
Ц
К
Ткчд
 
O’zini-o’zi qoplash muddati deyilganda sof daromadning kapital qo’yilmalarga teng 
ДчТ
К
summasi olinishi ta’minlanadigan vaqt (yillarda) tushiniladi. Bu ko’rsatkich 
kapital qo’yilma sof daromadni o’rtacha yillik summasidan necha barovar ko’pligini 
aniqlaydi. 
Iqtisodiy samaradorlik koeffitsiyenti (Yekchd) o’zini-o’zi qoplash muddatiga teskari 
miqdor bo’lib, yillik sof foydaning (Dch) kapital qo’yilmalarga nisbati bilan aniqlanadi. 
К
Дч
К
С
Ц
Екчд
Iqtisodiy samaradorlik koeffitsiyenti bir yilgi sof foyda hisobiga bir yo’la sarflarning 
qaysi qismi qaytib kelishini (Dch YeK) yoki kapital qo’yilmalarning bir so’miga sof 
foydaning qanchasi to’g’ri kelishini ko’rsatadi. 
Mazkur tadbirning sof foydaga ta’sirini aniqlab bo’lmaganda iqtisodiy samaradorlik 
mahsulot tannarxi pasayishidan olingan tejamning, bu tejamni tug’dirgan qo’shimcha 
kapital qo’yilmalarga nisbati bilan aniqlanadi. 



Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin