Mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix20.11.2023
ölçüsü1,98 Mb.
#164257
  1   2   3   4   5   6   7
MAKTABGACHA TA




 
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI DIREKTOR VA 
MUTAXASSISLARINI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI 
OSHIRISH INSTITUTI 
 
“Pedagogika va psixologiya” kafedrasi 
“Mayda qo‘l motorikasini rivojlantirish” 
bo‘yicha 
TAVSIYANOMA 



Ushbu tavsiyanoma maktabgacha ta’lim tashkiloti psixologlari hamda 
boshqa toifalardagi malaka oshirish va qayta tayyorlash tinglovchilari
institut professor-o‘qituvchilari va xodimlarihamda maktabgacha ta’lim 
tashkilotlari direktor va mutaxassislari, maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 
bakalavrlari uchun mo‘ljallangan.
 

Tuzuvchilar: 

1. Baratova Lobar Sayfullayevna 
2. Ismoilova Go‘zaloy Tursunovna 

MLI rahbari:


“Pedagogika va psixologiya” 
Kafedrasi katta o‘qituvchisi, 
Psixolog 
SH.K.Muminov 



MUNDARIJA: 
 
1.
Kirish ............................................................................................4-5 
2. 
3. 
 
4. 
 


Motorika va mayda motorika haqida tushuncha ..........................6-10 
Mayda motorika mashg‘ulotlari va o‘yinlarning bola rivojlanishidagi 
ahamiyati…................................................................................10-16 
Mayda motorikani rivojlantirish bo‘yicha mashg‘ulotlar va 
o‘yinlar.......................................................................................17-24 
Xulosa .......................................................................................25-29 
Foydalanilgan adabiyotlar va manbaalar ro‘yxati...........................30 



KIRISH 
Maktabgacha taʼlim tashkilotida tarbiyalanayotgan bolalarning 
psixologik jihatdan rivojlanishi, bolalarning yosh davrlarini o‘rganilishi va 
tegishli hamda asosli xulosalar berilishi psixologlarga bog‘liq. Bola shaxsini 
rivojlantirish, bolalarning ruhiy va jismoniy tomondan rivojlantirish maʼlum 
maʼnoda maktabgacha taʼlim tashkiloti psixologiga tegishli sanalanadi. 
Shuning uchun maktabgacha taʼlim tashkiloti psixologlarini bilim saviyasini 
oshirish davr talabi hisoblanadi. 
Onalarning hammasi bolalarda qo‘llarning mayda motorikasini rivojlantirish 
kerakligini biladi. Biroq hamma ham buni qay tarzda bajarish kerakligini va 
umuman mayda motorika o‘zi nima va uning qanday o‘ziga xos xususiyatlari 
borligini bilmaydi. 
Mayda motorika ko‘nikmalari atamasi barmoqlar va qo‘llarning 
muvofiqlashtirilgan harakatlariga ishora qiladi. Nima uchun qo‘llarning 
nozik motorli ko ‘nikmalarini rivojlantirish bolalar uchun juda muhim? Gap 
shundaki, inson miyasida nutq va barmoqlar harakati uchun mas’ul bo‘lgan 
markazlar juda yaqin joylashgan. Mayda motorikani rag‘batlantirish va shu 
bilan miyaning tegishli qismlarini faollashtirish orqali biz nutq uchun mas’ul 
bo‘lgan qo‘shni hududlarni ham faollashtiramiz. Barmoqlari bilan ko‘p sonli 
animatsion harakatlar qiladigan bolalar og‘zaki rivojlanishi boshqalarga 
qaraganda tezroq ekanligi kuzatiladi 
Agar siz qo‘lning kichik harakatlarini maxsus mashq qilsangiz, nutqning 
rivojlanishi sezilarli darajada tezlashishi mumkin.
Mayda motorikani rivojlantirish muammosi uzoq vaqt davomida o‘rganilib 
kelinmoqda. 



Ushbu uslubiy ko‘rsatmada berilayotgan mavzular maktabgacha taʼlim 
tashkilotlari psixologlariga, tarbiyachilariga qo‘yiladigan davlat talablarini 
bajarish jarayonida bolalarga psixologik treninglar o‘tkazish usullarini 
o‘rgatishga qaratilgan. 

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin