Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə132/136
tarix20.11.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#164564
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   136
H.ABDUKRIMOVA, YA.NURUMBEKOVA OILA PEDAGOGIKASI

Ekologik faoliyat
- ekologik bilimlarga tayanilgan holda tabiat va atrof-muhit 
muhofazasini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan xatti-harakatlar majmui. 
Estetik tarbiya
-
o’quvchilarni tabiat, ijtimoiy va mehnat munosabatlari, 
turmush go’zalligini idrok etish, to’g’ri tushunishga o’rgatish, ularning badiiy 
didini o’stirish, ularda go’zallikka muhabbat uyg’otish va hayotiga go’zallik olib 
kirish qobiliyatini tarbiyalash jarayoni; ijtimoiy tarbiyaning tarkibiy qismi. 
E’tiqod
-
dunyoqarash negizida aks etuvchi ijtimoiy- falsafiy, huquqiy, 
ma’naviy-axloqiy, estetik iqtisodiy, hamda ekologik bilimlarning takomillashgan 
ko’rinishi; muayyan g’oyaga cheksiz ishonch. 
O’zaro munosabatlar
- jamoada ijtimoiy psixologik iqlimni shakllantirish 
asosi. 
O’z-o’zini aktuallashtirish
- insonning o’z shaxsiy imkoniyatlarini to’liq 
aniqlashga va rivojlantirishga qaratilgan doimiy intilish. 
O’z-o’zini anglash
- inson ongining eng oliy irodasi bo’lib, o’zi haqidagi 
tasavvurlar, xulq-atvori, faoliyati, ehtiyojlarini anglashdan namoyon bo’ladi. 
O’z-o’zini tarbiyalash
- insonning o’zida ijobiy xislatlarni shakllantirish va 
salbiy xislatlarni bartaraf etishga qaratilgan, tashkillashtirilgan faoliyati. 
Qadriyatlar
- harakat usuli, metodikasi va uning individual etimga aylanishi 
uchun shart-sharoit yaratish. 
Qurilma (ustanovka)
- muayyan xulq-atvor, tasavvurni boshdan kechirishga 
tayyor bo’lish. Qurilmalar faoliyatning barqaror kechishini belgilab berishadi. 
Agar shaxsiy qurilmalar kasbiy faoliyatning xarakterini belgilab bersa ijtimoiy 


167 
qurilmalar mutaxassisning mijoz bilan o’zaro munosabati usullariga oydinlik 
kiritadi.

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin