Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/136
tarix20.11.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#164564
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   136
H.ABDUKRIMOVA, YA.NURUMBEKOVA OILA PEDAGOGIKASI

Matematik-statistik metod.
Ushbu metod oila, oilaviy munosabatlar 
muammolarini tadqiq qilishga doir tajriba-sinov ishlarining, umumiy holda 
pedagogik tajribaning samaradorlik darajasini aniqlash maqsadida qo’llaniladi. 
Unga ko’ra muammo holatini ifodalovchi ko’rsatkichlar maxsus matematik 
formulalar yordamida qayta tahlil etiladi. Yakuniy qiymat tadqiqot samarasini 
ifodalovchi asosiy ko’rsatkich hisoblanadi. Zamonaviy sharoitda, pedagogik 
yo’nalishda, tadqiqotlar olib borishda Styudent, V.P.Bespalko, V.V.Grechixin
metodlaridan keng foydalanilmoqda. 
Oila, oilaviy munosabatlar masalalari bo’yicha olib boriladigan ilmiy tadqiqot 
ishlarining quyidagi sxema asosida amalga oshirilishi kutilgan natijaga ega bo’lishni 
kafolatlaydi: muammoning dolzarbligi; o’rganilganlik darajasi; tadqiqotning maqsadi, 
ob’ekti, predmeti, vazifalari, ilmiy farazi, metodlari, metodologik asoslari, ilmiy 
yangiligi, nazariy ahamiyati, amaliy ahamiyati va tuzilishi.
Demak, 
oila 
– hayotning abadiyligini, avlodlarning davomiyligini 
ta’minlaydigan, muqaddas urf-odatlarimizni saqlaydigan, shu bilan birga, kelajak 
nasllar qanday inson bo’lib etishishiga bevosita ta’sir ko’rsatadigan tarbiya 
maskani sanaladi. Oilaning yosh avlod tarbiyasida tutgan muhim o’rni bu muhitda 
tashkil etiladigan tarbiya mohiyatini o’rganishni taqozo etadi. Shuni alohida 
ta’kidlab o’tish joizki, oila tarbiyasini tashkil etishning samarali yo’llari, ustuvor 
tamoyillari, shakl, metod va vositalarini o’rganuvchi fan sifatida “Oila 
pedagogikasi”ning shakllanishi mustaqil hayotga qadam qo’yayotgan yoshlar, 
qolaversa, ota-onalarning pedagogik bilimlarini boyitishga xizmat qiladi. O’z 
navbatida fan ijtimoiy, gumanitar, hatto, tabiiy fanlar bilan o’zaro bog’liqlik hamda 
aloqadorlikda rivojlanadi. “Oila pedagogikasi” fanining istiqboli bevosita oila, oila 
munosabatlariga oid masalalarda turkum ilmiy tadqiqotlarning amalga oshirilishiga 
bog’liq. Bu boradagi ilmiy tadqiqotlarning pedagogik nuqtai nazardan oqilona
tashkil etilishi, kutilgan natijalarga erishish ilmiy-pedagogik metodlarning to’g’ri 
tanlanishiga bog’liq.

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin