Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/136
tarix20.11.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#164564
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   136
H.ABDUKRIMOVA, YA.NURUMBEKOVA OILA PEDAGOGIKASI

Pedagogik tahlil.
Oila, oilaviy munosabatlar mavzusidagi tadqiqotlarni olib 
borishda pedagogik tahlil metodidan ham keng foydalaniladi. Uni qo’llashdan 
ko’zlangan maqsad tanlangan muammoning falsafiy, psixologik, pedagogik 


21 
yo’nalishlarda o’rganilganlik darajasini aniqlashdan iborat bo’lib, tadqiqotchi ilgari 
surayotgan g’oyaning nazariy jihatdan haqqoniyligini asoslashga xizmat qiladi. 
Pedagogik tajriba.
Oila muammolari yuzasidan olib borilayotgan ilmiy 
tadqiqotlarda pedagogik tajriba (eksperiment – lot. “sinab ko’rish”, “tajriba qilib 
ko’rish”) metodi ham keng qo’llaniladi. Pedagogik tajriba metodidan muammo 
echimini topish imkoniyatlarini o’rganish, mavjud sharoitlarning maqsadga 
erishishning kafolatlay olishi, ilgari surilayotgan tavsiyalarning amaliyotda o’z 
in’ikosiga ega bo’la olishi va samaradorligini aniqlash maqsadida foydalaniladi. 
Muayyan muammo echimini topishga yo’naltirilgan pedagogik tajriba ma’lum 
doirada, soni aniq belgilangan respondentlar ishtirokida amalga oshiriladi. 
Pedagogik tajribani tashkil etayotgan tadqiqotchi o’zi tomonidan ilgari surilayotgan 
maxsus metodika samaradorligini baholay olishi zarur. 
Pedagogik tajriba yakunida olingan natijalarga asoslanib umumiy xulosaga 
kelinadi va ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqiladi. 
Ijtimoiy-pedagogik retrospektiv metod.
Oila va oilaviy munosabatlar 
muammolarini tadqiq etishda ijtimoiy-pedagogik retrospektiv metodni qo’llash 
ham ijobiy natijalarni qo’lga kiritishga yordam beradi. Ushbu metod muayyan 
shaxs, guruh yoki jamiyatning shakllanish tarixini o’rganishga yo’naltirilgan 
bo’lib, pedagogik ob’ekt (yoki sub’ekt)ni qiyosiy o’rganish va yakuniy xulosalarga 
kelish imkoniyatini beradi.
Turli oilalarning hayoti, ota-onalar faoliyati bilan tanishish orqali ularning 
farzandlar tarbiyasini tashkil etishda tarbiya metodlaridan foydalanish tajribalarini 
o’rganish yoshlar uchun o’ziga xos tajriba maktabi vazifasini o’taydi. Ijtimoiy-
pedagogik retrospektiv metodni qo’llashda quyidagi savollardan foydalanish oila 
tarbiyasida samarali ta’sirga ega metod va vositalardan qay darajada 
foydalanilaganligini aniqlash imkonini beradi: 
1.
Bolalarga ta’sir ko’rsatish vositalarining barchasi ham samarali tarbiyaviy 
ta’sirga egami? Fikringizni misollar yordamida bayon eting. 
2.
Oilada farzandlarga samarali pedagogik ta’sir ko’rsatishning qanday yo’llari 
mavjud deb o’ylasiz?
3.
Farzandlaringizning harakatlaridan norozi yoki xursand ekanligingizni ularga 
qay tarzda bildirasiz?
4.
Farzandlarning axloqi, xatti-harakatlariga qo’yiladigan talablar turi va shakli 
jihatdan ko’pligini qanday izohlaysiz? Tarbiya jarayonida ulardan birdek 
foydalanish maqsadga muvofiqmi? Fikringizni dalillar yordamida asoslashga 
urinib ko’ring. 
5.
Farzandlarni mustaqil hayotga tayyorlashni qachondan boshlash zarur? Bu 
jarayonda qanday usullardan foydalanish samarali hisoblanadi? Hayotiy 
tajribangizda farzandlarni mustaqil hayotga tayyorlashda qanday usullardan 
foydalanasiz?
6.
Oila sharoitida bolalarda ogohlik hissini shakllantirishda qanday usullarni 
qo’llash samarali sanaladi? 
7.
Uyaltirish metodi qanday vaziyatda samarali tarbiyaviy vosita bo’la oladi? 
Fikringizni shaxsiy tajribangiz, hayotiy misollar yordamida bayon eting. 


22 
8.
Bolalarda tadbirkorlik xislatini tarbiyalashda qanday metodik talablarga 
amal qilish zarur? 
9.
Ota-onangiz tomonidan Sizga nisbatan qo’llanilgan tarbiya usullarini eslay 
olasizmi? Ularning qaysi birlaridan amalda foydalanayapsiz? 
10. Tajribangizda qo’llanilayotgan ijobiy va salbiy tarbiya metodlarni guruhlab, 
salbiylarini cheklashga urining.

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin