Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/136
tarix20.11.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#164564
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   136
H.ABDUKRIMOVA, YA.NURUMBEKOVA OILA PEDAGOGIKASI

 
bo’lgan
Yanush Korchak 
(taxallusi; 
haqiqiy ismi va familiyasi – Genrix Goldshmit; 1879-1942 yy.) tibbiy ma’lumotga 
egaligi sababli dastlab Varshava shahrida bolalar shifokori sifatida faoliyat 
ko’rsatgan. So’ngra bolalar koloniyalarida tarbiyachi lavozimida ishlagan. 1911 
yilda Varashavadagi “Bolalar uyi” direktori lavozimiga tayinlandi. Ya.Korchak 
o’zining tarbiyaviy kontseptsiyasini II Jahon urushi vaqtida frontda “Bolalarni 
qanday sevmoq kerak?” (“Kak lyubit detey?”) nomli asarida bayon etdi. XX 
asrning 20-30-yillarida tarbiya masalalarini o’zida qamrab olgan maqolalar hamda 
bolalar uchun badiiy asarlar yaratdi. Uning eng mashhur asarlari – “Qirol Matiush 
II” (“Korol Matiush II”; 1923 y.), “Qachon men qaytadan bolaga aylanaman?” 
(“Kogda ya snova stanu malenkim?”; 1925 y.), “Qaysar bola. L.Pasterning hayoti” 
(“Upryamo’y malchik. Jizn L.Pastera”; 1938 y.) kabilar sanaladi. 
Ya.Korchak tomonidan ilgari surilgan pedagogik kontseptsiyaning asosini har 
bir bola shaxs sifatida qadr-qimmatga ega g’oyasi tashkil etadi. Tarbiyaning 
maqsadi esa – har bir bolaning qobiliyatini erkin, to’laqonli rivojlantirish, uning 
shaxsini ezgulik, go’zallik, erkinlik g’oyalari asosida shakllantirish. Tarbiyaning 
zarur sharti sifatida Ya.Korchak oilada samimiylik, o’zaro ishonchga asoslangan 
sog’lom muhitni yaratish, bolani turli zo’ravonliklardan himoya qilish deb 
hisoblaydi. Pedagogning tarbiyaviy tizimlari negizini bolaning o’z-o’zini anglashi, 
baholashi, nazorat qilishi va o’z-o’zini takomillashtirishiga imkon beradigan iroda 
va uni shakllantirish tashkil etdi. Tarbiyachi, qolaversa, “Bolalar uyi”ning rahbari 
sifatida Ya.Korchak o’z faoliyati va asarlarida demokratik g’oyalar hamda o’z-
o’zini boshqarishga asoslangan bolalar jamoasini shakllantirishga asosiy e’tiborni 
qaratadi. 
Rus pedagoglarining oila pedagogikasiga oid qarashlari. 
Mashhur rus 
yozuvchilari

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin