bo’lgan
Yanush Korchak (taxallusi;
haqiqiy ismi va familiyasi – Genrix Goldshmit; 1879-1942 yy.) tibbiy ma’lumotga
egaligi sababli dastlab Varshava shahrida bolalar shifokori sifatida faoliyat
ko’rsatgan. So’ngra bolalar koloniyalarida tarbiyachi lavozimida ishlagan. 1911
yilda Varashavadagi “Bolalar uyi” direktori lavozimiga tayinlandi. Ya.Korchak
o’zining tarbiyaviy kontseptsiyasini II Jahon urushi vaqtida frontda “Bolalarni
qanday sevmoq kerak?” (“Kak lyubit detey?”) nomli asarida bayon etdi. XX
asrning 20-30-yillarida tarbiya masalalarini o’zida qamrab olgan maqolalar hamda
bolalar uchun badiiy asarlar yaratdi. Uning eng mashhur asarlari – “Qirol Matiush
II” (“Korol Matiush II”; 1923 y.), “Qachon men qaytadan bolaga aylanaman?”
(“Kogda ya snova stanu malenkim?”; 1925 y.), “Qaysar bola. L.Pasterning hayoti”
(“Upryamo’y malchik. Jizn L.Pastera”; 1938 y.) kabilar sanaladi.
Ya.Korchak tomonidan ilgari surilgan pedagogik kontseptsiyaning asosini har
bir bola shaxs sifatida qadr-qimmatga ega g’oyasi tashkil etadi. Tarbiyaning
maqsadi esa – har bir bolaning qobiliyatini erkin, to’laqonli rivojlantirish, uning
shaxsini ezgulik, go’zallik, erkinlik g’oyalari asosida shakllantirish. Tarbiyaning
zarur sharti sifatida Ya.Korchak oilada samimiylik, o’zaro ishonchga asoslangan
sog’lom muhitni yaratish, bolani turli zo’ravonliklardan himoya qilish deb
hisoblaydi. Pedagogning tarbiyaviy tizimlari negizini bolaning o’z-o’zini anglashi,
baholashi, nazorat qilishi va o’z-o’zini takomillashtirishiga imkon beradigan iroda
va uni shakllantirish tashkil etdi. Tarbiyachi, qolaversa, “Bolalar uyi”ning rahbari
sifatida Ya.Korchak o’z faoliyati va asarlarida demokratik g’oyalar hamda o’z-
o’zini boshqarishga asoslangan bolalar jamoasini shakllantirishga asosiy e’tiborni
qaratadi.
Rus pedagoglarining oila pedagogikasiga oid qarashlari. Mashhur rus
yozuvchilari