74
Farzandning benuqson va sog’lom dunyoga kelishida onalarning roli beqiyos.
Biroq, so’nggi yillarda ayollarda ham bepushtlik holatlari tobora ko’proq
kuzatilmoqda. Ayollarda namoyon bo’ladigan bepushtlik bachadon va ortiqlar
(tuxumdon va naylar)ning yallig’lanish kasalliklari (adneksit), so’zak, jinsiy
organlar sili, ichki sekretsiya bezlari (tuxumdon, qalqonsimon bez, bo’yrak usti
bezi va boshqalar) faoliyatining buzilishi, balog’atga etish davrida yuqumli
(infektsion) kasalliklar bilan og’rish natijasida markaziy asab tizimida ro’y bergan
o’zgarishlar, jinsiy organlarning etilmay qolishi (infantilizm) bilan bog’liq
61
.
So’nggi yillarda maxsus adabiyotlar, shuningdek, ommaviy axborot vositalarida
ham “reproduktivlik” yoki boshqacha aytganda, “reproduktiv salomatlik”
tushunchalari ko’p qo’llanilmoqda. Yana bir elektron manbada “reproduktiv
salomatlik” tushunchasiga shunday ta’rif berilgan: “insonning reproduktiv tizimi
shakllanishi va o’z faoliyatini to’la bajara olishini ta’minlaydigan barcha hayotiy
jarayonlarda jismoniy, aqliy va ijtimoiy jihatdan kamolga etganlik holati”
62
.
Demak, reproduktivlik insonga xos reproduktiv tizim faoliyatining benuqson
ishlashi asosida uning bevosita sog’lom farzand ko’ra olishidir. Shunga ko’ra har
bir shaxsning reproduktiv salomatlikka egaligini quyidagi belgilar asosida
baholash mumkin: 1) shaxs reproduktiv tizimining salbiy asoratlarsiz, benuqson
shakllanishi; 2) reproduktiv tizimning o’z fiziologik vazifasining benuqson bajara
olishi; 3) reproduktiv tizim faoliyati jarayonida shaxsning o’zini ma’naviy-
axloqiy, jismoniy, fiziologik, aqliy va ijtimoiy jihatdan kamolga etganligini his qila
olishi.
Shunga ko’ra “shaxsning reproduktiv salomatligi uning oilaviy hayotga
ma’naviy-axloqiy, jismoniy, aqliy va ijtimoiy tayyorligi, er-xotin o’rtasidagi
jismoniy yaqinlikning har ikki tomon uchun ham ijobiy xarakter kasb etishiga
erishishi, farzand ko’rish xohishining qondirilishi va, eng muhimi, sog’lom farzand
ko’ra olishi uchun xizmat qiladi” (N.Ashurova).
Bugungi kunda har bir oilada ta’lim muassasalari, ommaviy axborot vositalari
hamda ijtimoiy institutlari bilan hamkorlikda yoshlarning reproduktiv salomatlikka
ega bo’lishlarini ta’minlash yo’lida amaliy ishlarni olib borish maqsadga
muvofiqdir. Ijtimoiy hamkorlik asosida yoshlarni nikoh va oilaviy hayotga:
-
Dostları ilə paylaş: