111
Hal qiluvchi omil sifatida milliy ong “millatning mavjud bo’lishi, uning tarixiy
taraqqiyoti va istiqboli”ni belgilaydi hamda millatning “shakllanishi, uning
taraqqiy etishi va abadiyligini ta’minlaydi”
88
. Milliy ong asoslari millat paydo
bo’lgan ilk daqiqalardan shakllana borgan va uning o’zi bilan parallel ravishda
rivojlanib keladi.
Milliy ong o’zida millatning orzu-niyatlari, o’y-fikrlari, hayotiy yondashuv,
intilish va maqsadlarini, ijtimoiy-milliy turmush tarzi hamda tabiiy borliqqa,
ijtimoiy sub’ektlarga, oilaga, farzandlar tarbiyasi hamda shaxsning o’ziga bo’lgan
munosabatlari mazmunini aks ettiradi. Shu sababli oila sharoitida bolalar
tarbiyasini tashkil etishda ularda milliy ongni samarali shakllantira olish dolzarb
ahamiyatga ega. Yoshlarning milliy ongga ega bo’lishlari ularda milliy g’ururning
samarali shakllanishiga, milliy jihatdan o’zliklarini anglashlariga yordam beradi.
Har bir millatning o’z-o’zini anglashi natijasida sodir bo’ladigan ichki ruhiy
kayfiyati milliy g’urur uning o’zi yashaydigan zamin, o’tmishi, ajdodlar moddiy va
ma’naviy merosining jahon tsivilizatsiyasiga qo’shgan hissasi, o’zga millatlar
oldidagi qadr-qimmati, obro’-e’tibori, xalqaro maydonda tutgan o’rnidan
faxrlanish hissini ifodalovi tushuncha sanaladi.
Oila sharoitida ota-onalar tomonidan “milliy iftixor” iborasi mohiyatini so’zma-
so’z anglanishi hamda bu haqida bolalarga ma’lumot berilishi ularda ushbu
tuyg’uning shakllanishini ta’minlaydi. Bu o’rinda ota-onalar “iftixor”
tushunchasi
“ulug’ bir narsaga daxldorlikdan faxrlanish, quvonish, g’ururlanish”
89
bo’lsa,
“milliylik” muayyan millatga daxldorlikni ifodalashi haqida ma’lumotlarni bera
olishlari zarur. Yaxlit holda esa “milliy iftixor” iborasi “o’z millati, uning tarixi,
milliy qadriyat va an’analari bilan faxrlanib yashash tuyg’usidir”
90
.
Milliy g’urur – milliy iftixor demakdir. Milliy iftixor millat o’zining o’zini
yaxlit ijtimoiy birlik, qon-qarindoshlik, til, madaniyat, ma’naviyat, iqtisodiy hayot
va kelajak birligi muayyan millat vakillarining qalbidan chuqur o’rin egallaydi.
Milliy iftixor millat ma’naviy kamolotining barcha jihatlarini, merosi va bugungi
qadriyatlarni o’z ichiga oladi. Milliy mustaqillik natijasida erishilgan va erishilajak
iqtisodiy va ma’naviy yutuqlar ko’paygani sari O’zbekiston bilan faxrlanish hissi -
milliy iftixor shunchalik ko’payib boraveradi. Milliy iftixor mamlakatimizning
barcha fuqaroldari uchun birdek tegishli va uning yuksala borishi uchun barcha
fuqarolar barobar ma’suldirlar.
“Milliy iftixor tuyg’usi – o’z milliy mansubligidan faxrlanish, o’z millatining boy tarixi,
madaniy va ma’naviy merosidan, uning jahon tsivilizatsiyasiga qo’shgan
88
Фалсафа. Қисқача изоҳли луғат / Масъул муҳар. А.Жалолов. Таҳрир ҳайъати: М.Абдуллаева ва б. Муал.:
М.Абдуллаева ва б. – Тошкент: “Шарқ” НМАК, 2004. – 209-бет.
89
Тарбия / Ота-оналар ва мураббийлар учун энциклопедия. Тузувчи: М.Н.Аминов. Масъул муҳар.:
А.Н.Мажидов. “Ўзбекистон миллий энциклопедияси” – Тошкент: Давлат илмий нашриёти, 2010. – 178-бет.
90
Ўша манба. – 179-бет.
Dostları ilə paylaş: