Oilada bolalarni milliy ruhda tarbiyalash yo’llari. Ma’naviy va ma’rifiy
barkamollikning qirralari va mezonlari qatoriga mustaqillik tafakkuri va milliy
iftixor ham kiradi. Mustaqillik tafakkurini har bir kishida shakllantirish nihoyatda
zarur. Toki, mustaqillik tafakkuri, milliy iftixor, g’urur bo’lmas ekan, fidokorlik,
vatanparvarlik, millatparvarlik kabi xislatlar jo’sh urmaydi.
Mustaqillik tafakkuri keng qamrovli bo’lib, u quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- Vatan istiqloli va istiqboli haqida qayg’urish;
- xalqi, yurti qadr-qimmati, or-nomusini anglash va buni himoya qilish;
- butun mehnati, iste’dodi, imkoniyatini, zarur bo’lsa jonini
ham yurt istiqboli, xalq baxti uchun baxshida etish va b.
Mustaqillik bugungi kun yoshlariga ajdodlar tomonidan qoldirilgan ulug’
imkoniyat, boy meros, muqaddas tuyg’udir. Shunday ekan uni xoh oila sharoitida,
xoh ta’lim muassasalarida bo’lsin tashkil etiladigan ta’lim-tarbiya jarayonida
yoshlar (bolalar) ongiga singdirib borish, uni asrashni o’rgatish maqsadga
muvofiqdir. Binobarin, bugungi kun yoshlari yurt mustaqilligini asrab-avaylash har
bir fuqaro zimmasidagi sharafli burch ekanligini anglay olsin. Ota-onalar ham o’z
navbatida oila muhitida farzandlarni yurt mustaqilligini himoya qilish, asrab-
avaylashni so’zdagina emas, balki amalda ham o’z xatti-harakatlari namunasida
tushuntira olishlari zarur. Bunda har bir fuqaro, shu jumladan, o’quvchilar
zimmasiga yuklatilgan eng oddiy vazifalar, jumladan, o’quv fanlari asoslarini
chuqur o’zlashtirish, bilimlarni puxta egallash kabilarni muvaffaqiyatli ado etish
yurt mustaqilligini mustahkamlash, Vatan ravnaqi, yurt obodligini ta’minlashga
qo’shilgan hissa ekanligini anglatishga e’tibor qaratishlari kerak.
Yuqorida aytib o’tilganidek, shaxs ma’naviy barkamolligining muhim
ko’rinishlaridan biri – bu uning milliy iftixor tuyg’usiga egaligi sanaladi. Milliy
iftixor o’z xalqining bir necha ming yillar davomida yaratib kelgan barcha moddiy
va ma’naviy boyliklari, tarixiy merosi, urf-odatlari, an’analari, odob-axloqi,
turmush tarzi, yuksak ma’naviyati, barcha tarixiy yutuqlari va saboqlariga cheksiz
hurmat va e’zoz bilan munosabatda bo’lish, avaylab-asrashdir.
O’z xalqining tarixini, milliy qadriyatlarini, tilini, istiqbol manfaatlarini
bilmagan, qadrlamagan, milliy mansubligini unutgan, o’z millatining istiqboli
uchun qayg’urmaydigan, kurashmaydigan kishilarda milliy g’urur ham, millat va
faxrlanish ham, millatparvarlik ham bo’lmaydi. Bunday shaxslar ma’naviy
barkamol sanalmaydi.
Ma’naviy barkamol insonni tarbiyalash qanchalik murakkab bo’lsa-da, biroq,
bu maqsadga erishish millatning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy sohalardagi
rivojini, yuuqlarini kafolatlaydi.
Bugungi keskin va murakkab vaziyatdan tegishli xulosalar chiqarib olish kerak.
Ayni vaqtda avangard bo’la oladigan yoshlarning siyosiy tashkilotini qaytadan
tiklashni davr taqozo etmoqda. Ushbu tashkilot yoshlarni fidoiy, faol, bunyodkor
bo’la olishlarida namuna ko’rsata olishi, ularning e’tiborlarini maishiy ikir-
chikirlardan oliy maqsadlar, ulkan yaratuvchanlikka qarata olishi zarur. Bu esa o’z
114
navbatida oila sharoitida ota-onalar tomonidan voyaga etmagan farzandlar e’tibori
nimaga qaratilganligi, ularning ongida qanday g’oyalar mustahkam o’rin
olganligiga qarata olishlari darkor. Ota-onalar o’z farzandlarini ularning
rahbarligida yoki mustaqil ravishda o’zlarida chinakam vatanparvarlik,
baynalmilallik sifatlarini tarbiyalay olishlari uchun zarur pedagogik shart-sharoitni
yaratib bera olishlari muhimdir. Binobarin, ta’lim-tarbiya tizimini o’zgartirmasdan
turib, ongni o’zgartirib bo’lmaydi. Ongni, tafakkurni o’zgartirmasdan turib, esa biz
ko’zlagan oliy maqsad ozod va obod jamiyatni barpo etib bo’lmaydi.