Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi


Oiladagi shaxslararo muloqot uslublari va ularning o’ziga xosliklari



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/136
tarix20.11.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#164564
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   136
H.ABDUKRIMOVA, YA.NURUMBEKOVA OILA PEDAGOGIKASI

Oiladagi shaxslararo muloqot uslublari va ularning o’ziga xosliklari. 
Oilada 
ota-onalar bolalar bilan muloqot jarayonida muntazam tarbiyaviy ta’sir o’tkazish 
metodlari bilan ishlaydi. Masalan: biror-bir voqea, hodisaning mohiyatini 
tushuntirishda, bolaga u tomonidan sodir etilgan biror-bir noto’g’ri xatti-harakat 
uchun dashnom berishda. Ushbu vaziyatda ota-onalar, avvalo, nimalarga e’tibor 
berishi kerak: birinchidan, vaziyat tahlil qilinadi; ikkinchidan, murakkab 
vaziyatdan chiqishning mumkin bo’lgan variantlari saralanadi, uchinchidan, ushbu 
faoliyat, 
odatda 
tezkor 
amalga 
oshiriladi 
(bunda 
ham 
pedagogik 
kommunikatsiyaning o’ziga xosligi namoyon bo’ladi) va optimal metodlar 
tanlanadi, faqat shundan keyingina pedagogik ta’sir tashkil qilinadi. Biroq hali 
tanlangan ta’sir metodiga adekvat bo’lgan, u orqali pedagogik ta’sir amalga 
oshiriladigan muloqot tizimini topishimiz kerak. Ya’ni, ma’lum bir maqsadga 
qaratilgan umumiy pedagogik vazifani hal etgandan so’ng, ta’sir metodini tanlab 
bevosita ta’sirni tashkil qilish uchun asosiy vazifa sifatida kommunikativ vazifa 
belgilanishi kerak.
Kommunikativ vazifa pedagogik faoliyatda, nisbatan ishlab chiqaruvchi 
xarakterga ega bo’lib, murakkab vazifani hal etadi. Zero u pedagogik vazifadan 
kelib chiqqan, shu sababli ota-ona tomonidan tanlanadi va belgilanadi. Aytish 
mumkinki, kommunikativ vazifa aynan kommunikatsiya tiliga o’tkazilgan 
pedagogik vazifaning o’zi. Kommunikativ vazifa pedagogik vazifaning asosini aks 
ettirib, unga nisbatan yordamchi, instrumental xarakterga ega bo’lgan jarayondir.
Amaliyot shundan dalolat beradiki, ota-ona o’quvchilar bilan o’zaro 
hamkorlikning o’ziga xos to’g’ri metodini tanlab hamda vaziyatni to’g’ri 
baholagan taqdirda ham, ko’pincha o’z pedagogik ta’sirini kommunikativ jihatdan 
ta’minlay olmaydi, ya’ni kommunikatsiyani o’zaro muloqotda amaliy jihatdan 
tatbiq eta olmaydi.
99
Эгамбердиева Н.М. Ижтимоий педагогика. Тошкент: А.Навоий номидаги Ўзбекистон Миллий 
кутубхонаси нашриёти, 2009. – 104-бет. 


128 
O’quvchilar bilan muloqotda pedagogik tayyorgarlikning muvaffaqiyatli 
bo’lishi ko’p jihatdan ota-onaning kommunikativ ko’nikma va malakalarni 
egallashiga va uni qo’llay olish layoqatiga bog’liq.
Muloqotning muhim komponenti, ota-onaning o’z fikr va mulohazalarini,
emotsional his-tuyg’ularini aniq ifoda eta olish mahoratidir. 
Turli tasodifiy pedagogik vaziyatlarda ota-ona g’azablanganda, quvonganda, 
xafa bo’lganida, tushkun bir ahvolga tushganida ichki his-tuyg’ularini bir holatdan 
boshqa holatga, bir shakldan boshqa shaklga aktyorlarga xos iqtidor bilan rol 
o’ynab vaziyatdan chiqishni ham bilishi lozim.
Shu ma’noda taniqli rus pedagogi A.S.Makarenko o’z asarlarida ota-onaning 
kasbiy fazilati to’g’risida fikrlarini quyidagicha bayon qiladi: “Pedagog darsda 
ma’lum bir o’ziga xos rolni o’ynamasligi mumkin emas. Sinf sahnasida rol 
o’ynashni bilmaydigan ota-ona kasbiy faoliyat olib borolmaydi. U ma’lum 
ma’noda aktyor. Bizning xulq-atvorimiz, fe’limiz, xarakterimiz biz uchun 
pedagogik qurol bo’lishi ham aslo mumkin emas. Bolalarni qalb va ko’ngil 
azoblari bilan, hijronli his-tuyg’ularimiz yordamida tarbiyalashga umuman yo’l 
qo’yib bo’lmaydi. Axir biz insonmiz. Har qanday boshqa kasb egalarida ko’ngil 
zahmatisiz ish bitirish mumkin bo’lsa, pedagog ham ko’ngil azobisiz faoliyat olib 
borishi lozim bo’ladi. O’quvchiga ba’zan muloqotda ko’ngil azobini namoyish 
etishga to’g’ri keladi. Buning uchun pedagog sahnadagi aktyordek ijobiy rol 
o’ynashni ham bilishi kerak.
Biroq, shunchaki tashqi, sahnaviy rol o’ynash yaramaydi. Bu o’yinda 
pedagogning ajoyib shaxsiy mahorati bilan bog’laydigan qandaydir kamar bor, bu 
sizning go’zal xulqingizni namoyish etib bog’lovchi rolingiz. Bu sahnadagi o’yin 
o’lik bir holat yoki texnika emas, balki qalbingizdagi yashirin his-tuyg’ularingizni, 
mehringizni namoyon etuvchi haqiqiy jarayondir”.
Hozirgi kunda ham turli tasodifiy pedagogik vaziyatlarda, ota-ona 
g’azablanganda, quvonganda, xafa bo’lganida, tushkun bir ahvolga tushganida 
ichki his-tuyg’ularini bir holatdan boshqa holatga, bir shakldan boshqa shaklga 
o’tkazishni bilishi pedagogik mahoratning muhim shaklidir. 
Ma’lum ma’noda ota-ona pedagogik faoliyatida uning ruhiy ta’sirlanishi, 
qayg’urishi, boshqa kasb egalarining tabiiy his-tuyg’ularidan farq qiluvchi o’ziga 
xos jihatlari bilan ajralib turadi. Ta’kidlash joizki, ota-ona o’zining kommunikativ 
vazifalarni bajarish jarayonida boshqa kasb egalari kabi tashqi muhitning turli 
ta’siri ostida va insoniy his-tuyg’ular girdobida yashaydi, kasbiy faoliyatining 
o’ziga xosligi ham ana shunda namoyon bo’ladi va ota-onaning ta’sirlanishi, his-
tuyg’ulari, hayajoni pedagogik maqsadga muvofiq bo’lishi lozim. 
Oilada ota-onaning manfaatlari bitta umumiy maqsadga qaratilgan bo’lib, ular 
o’z farzandlarini jismoniy, ma’naviy, axloqiy jihatdan barkamol inson qilib 
o’stirishdan iboratdir. Bola tarbiyasiga alohida ahmiyat berish, har bir fuqaroning,
oilada ota-onalarning burch va vazifalari hisoblanadi. 
Oiladagi tarbiyaviy jarayon o’ziga xos xususiyatga ega. Bola ota-onaning xatti-
harakatlarini taqlid qilish orqali o’rganadi, ular aytgan so’zlarni takrorlaydi. 
Demak, ota-ona bola shaxsi shakllanishi uchun ideal tarbiyachi bo’lishi lozim. 
Oiladagi tarbiyaviy jarayon avvalo bola bilan ota-ona o’rtasidagi doimiy muloqot 


129 
jarayoniga bog’liq bo’ladi. Xo’sh, biz bola bilan muloqotga qancha vaqt ajrata 
olayapmiz? Bir sutka mobaynida bir soat vaqt ajratsak bu albatta yaxshi. Ammo 
tadqiqotlarning ko’rsatishicha, ota-ona va bola o’rtasidagi muloqot bir sutkada 1,8 
soatni tashkil qilar ekan. Shundan ona 35 minut muloqotda bo’lishi lozim. U ham 
bo’lsa, ”qorning ochmi?, nima eding?” kabi gaplar. Bola savol bersa, ayrim 
xollarda javob berishga ham qiynalamiz. Turli yoshdagi farzandlarda u yoki bu 
muammo bo’lishini biz kattalar bilishimiz, unga vaqt ajrata olishimiz kerak. 
Faqatgina moddiy g’amxo’rlik qilish bolaga, uning tarbiyasi uchun, muloqoti 
shakllanishi uchun etarli emas.
Ota-onalar o’rtasida nizolarning kelib chiqishi, bola tarbiyasidagi nuqsonlar
muloqot madaniyatining shakllanmaganligi, bolaga e’tibor bermaslikdandir. 
Ma’lumki, 2 yosh bilan 5-6 yosh o’rtasida bolaning nutqi tez o’sa boshlaydi va 
so’z boyligi 3-4 mingga eta oladi. Bola ko’rgan, eshitgan narsalari to’g’risida ko’p 
savol beradi, yangi so’z va tushunchalarni egallay boshlaydi. Buning uchun bolaga 
to’g’ri tarbiya berish, u bilan so’zlashish, so’zlarni to’g’ri talaffuz qilishga 
o’rgatish, ertaklar gapirib berish, kitoblar o’qib eshittirish lozim. Bola nutq 
qobiliyatiga ega bo’lsa, o’z fikr va maqsadini boshqalarga mukammal va aniq 
etkazib bera oladi. 
Shuning bilan birga muloqot jarayonida to’g’ri va odobli muomalani, ya’ni 
suhbat vaqtida juda ham baland ovoz bilan shoshib gapirmaslik, so’zlarni aniq 
talaffuz qilish, bir gapni takrorlamaslik, boshqaning gapini qaytaravermaslik
bo’lmaslik kabilarga o’rgatib borishimiz zarur. Shuningdek, bolaning yoshiga 
qarab atrofdagi kishilar bilan muomala madaniyatiga o’rgatib borish muhim 
hisoblanadi. 
Bundan tashqari tinglash madaniyatini shakllantirish ayni paytda qiyin 
kechayapti. Agarda bola o’z ota-onasini tinglay olsa va aytganlariga amal qilsa 
uning tarbiyasi yomon bo’lishi mumkin emas. Bolaga salomlashish odobidan tortib 
tinglash madaniyatigacha o’rgatmasak keyin bu qusurni to’g’irlash bir muncha 
qiyin kechadi. 
Ba’zi oilalarda ota-onalardan oldin farzandlar gapiradi. Ota-onasi kattalar bilan 
gaplashayotgan bo’lsa luqma tashlab turadi.Ba’zilar ota-onasining imo-ishorasidan 
dilidagini ilg’aydi. Dilidagini nigohlardan ilg’ay bilish uchun ham tinglay bilish 
kerak. 
Shuning uchun bo’lsa kerak, nemis faylasufi A.Shopengauer “Odamlarni 
o’zingiz to’g’ringizda yaxshi fikrga ega bo’lishlarini xohlasangiz, ularni tinglang” 
deb yozgan edi. Agar biz suhbatdoshimizni yaxshi, diqqat bilan tinglasak, bu bilan 
biz unda o’z-o’ziga hurmatni ham tarbiyalaymiz. Demak, tinglash jarayoni 
ko’pchilik tasavvur qilgani kabi unchalik passiv jarayon emas. Tinglash 
jarayonining ahamiyati shundaki, u muloqotning samarali bo’lishida muhim o’rin 
egallaydi. Chunki, tinglash qobiliyati gapiruvchini ilhomlantiradi, uni ruhlantiradi, 
yangi fikrlar, g’oyalarning shakllanishiga sharoit yaratadi. 
Tinglash san’ati yuksak bo’lgan xalq madaniyatlidir. Buning uchun esa biz 
farzandlarimizda muloqot madaniyati hamda tinglay bilish san’ati yuqori 
bo’lishini shakllantirishimiz muhim hisoblanadi. 


130 
Shunday qilib, muloqot oila sharoitida ota-ona va farzandlar o’rtasidagi eng 
muhim aloqa, o’zaro axborot almashish, hissiy kechinmalarni bayon qilish vositasi 
sanaladi. Oila a’zolarining barcha munosabatlari bevosita yoki bilvosita muloqot 
yordamida amalga oshiriladi. Psixologik nuqtai nazardan esa muloqot katta 
tarbiyaviy ta’sirga ega. Shu sababli ota-ona va farzandlar, umuman olganda, 
oilaning barcha a’zolari o’rtasida tashkil etiladigan muloqotning ijobiy ahamiyat 
kasb etishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratish zarur. Bu borada asosiy 
mas’uliyat shubhasiz ota-onaning zimmasiga yuklatiladi. Ota-onalarning o’zlari 
samarali muloqot qilish uslublarini o’zlashtirgan holda farzandlarga ham 
shaxslararo munosabatlar jarayonida ushbu vositadan o’rinli, maqsadli foydalanish 
ko’nikmalarini tarbiyalab borishlari lozim.

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin