240
K.Rodbertusning nazariyasi va qisqacha xulosalarlariga yuqori baho
berish mumkin, chunki u A.Smit va D.Rikardo iqtisodiy ta’limotlar
bilan yaqindan tanish va bu ta’limotlarni chuqur ilmiy tahlil qilgan edi.
Shuningdek, olim o‘z xatlarining birida qo‘shimcha qiymat va
uning vujudga kelishini Marksdan oldinroq ko‘rsatganligini va aniq
qilib tushuntirganligini yozadi. Bu bilan u o‘zining qo‘shimcha qiymat
nazariyasidan Marks ijodiy foydalanganligini va hatto «o‘g‘irlab»
o‘ziniki qilganligini isbotlamoqchi bo‘ladi.
Shuni aytish zarurki, Marks
ta’limotiga nisbatan aytilgan bu tanqidlar Marksning o‘ziga ham
ma’lum edi. Marksning vafotidan keyin nemis kateder-sotsialistlari bu
masalani yana qayta ko‘tardilar. Ularning asosiy maqsadlari Marks
ta’limotini kuchsizlantirish va uning ta’sir doirasini kamaytirish edi.
O‘z davrida F.Engels bu fikrlar uydirma ekanligini va Rikardoning
qiymat
nazariyasidan so‘l rikardochilar sotsialistik qisqacha
xulosalarlar uchun K.Rodbertusdan oldinroq ko‘rsatib
foydalanganliklarini aytdi. Shuningdek u K.Rodbertus qo‘shimcha
qiymatning foyda va yer rentasiga aylanish qonunini,
kapitalistik
sinflar o‘rtasida qo‘shimcha qiymatning taqsimlanishi, qonunni to‘liq
tushunmay, faqat renta nazariyasi bilan cheklanib qolganligini ham
ko‘rsatib o‘tdi.
Haqiqatan ham foyda va yer rentasini ishchilarga haq to‘lamaslik
samarasi deb hisoblash, bu hali qo‘shimcha qiymatning ilmiy
nazariyasini yaratish degan gap emas edi. Ingliz sotsialist-rikardochilar
bu masalada K.Rodbertusdan ancha ilgarilab ketdilar (biz
bu haqda
keyingi boblarda to‘xtalib o‘tamiz).
K.Rodbertusning iqtisodiy g‘oyalari yuqorida qayd etilgan asosiy
asaridan tashqari, katta tomni tashkil etgan to‘rtta «ijtimoiy xati»da
bayon etilgandir. Unda u qiymatning mehnat nazariyasini sodda
ko‘rinishda tahlil qildi. Qiymat ijtimoiy zaruriy mehnat bilan
aniqlanmasdan, balki barcha mehnat
xarajatlari bilan aniqlanib, bu
o‘rinda bir xil mehnat harajatlari har qanday ishlab chiqarishdan qat’i
nazar bir xil qiymat hosil qiladi deb ko‘rsatiladi. Bundan tashqari,
mehnat doimo qiymat vujudga keltirishi alohida ta’kidlanadi. F.Engels
«Falsafa
qashshoqligi»
asarining
so‘zboshisida
K.Rodbertus
qarashlaridagi bu holatni keskin tanqid qilib, o‘zining qiymat
nazariyasida mehnatning ijtimoiy zaruriy
xarakterini inkor etadi, deb
yozadi.
241
K.Rodbertusning fikricha, mehnat qiymat o‘lchovi sifatida oltin va
kumushdan yuqori turadi, chunki u ish kunini o‘zgarmas o‘lchov deb
hisoblaydi. Bu o‘rinda «mehnat kunlari» ham izohlanadi. Lekin olim
xayoliy fikrlarga berilib, kapitalistik tovar xo‘jaligi
sharoitida pulning
zaruriyatini to‘g‘ri tushuntirib bera olmadi. K.Rodbertus o‘zining taqsimot
nazariyasida klassik maktab vakillari yo‘l qo‘ygan xatolarni takrorlaydi.
Taqsimot nazariyasi quyidagi tartibda tahlil qilinadi va uch bosqichdan
iborat bo‘ladi. Birinchi bosqichda K.Rodbertus ijtimoiy (milliy)
mahsulotni ish haqi va rentaga bo‘linishini ko‘rib chiqadi. Ikkinchi
bosqichda u rentani kapital va yer rentasiga bo‘lishga o‘tadi. Va nihoyat,
uchinchi bosqichda K.Rodbertus barcha foyda va yer rentasining kapitalist
va yer egalari o‘rtasidagi taqsimotini ko‘rib chiqadi. K.Rodbertus ijodiy
faoliyatining so‘nggi yillari qiymatning mehnat nazariyasidan uzoqlashib
mayda ishlab chiqaruvchilar manfaatlariga mos tushuvchi jamiyatni qayta
qurish loyihalarini e’lon qilish bilan bog‘liq bo‘ladi.
Kapitalizmni
Rodbertuschasiga isloh qilish sinfiy kurashsiz evolyutsion yo‘l bilan
amalga oshirishni ko‘zda tutar edi. Bu yo‘l keyingi islohotchilik
yo‘nalishidagi nazariy maktab tomonidan qo‘llaniladi. Bu olimning
asarlari rus tilida to‘la chop etilgan.
Dostları ilə paylaş: