Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

 
 


244 
K.Marks o‘zining ko‘p sonli asarlarini, jumladan, hayotining 
mazmunini tashkil etgan “Kapital”ni yozdi. K.Marksning iqtisodiy 
konsepsiyalari asosan uning ushbu mashhur asarida berilgan. Uning bu 
asari to‘rt tomdan iborat bo‘lib, birinchi tom 1867-yili nashr etildi
ikkinchi va uchinchi tomlar K.Marks o‘limidan keyin F.Engels 
tomonidan (ikkinchi tom 1885-yil, uchinchi tom 1894-yil) chop etildi. 
To‘rtinchi tom tugallanmasdan qolib ketdi. Unda K.Marks siyosiy 
iqtisod tarixini ko‘rib chiqmoqchi bo‘lgan. Kapital ishlab chiqarish 
jarayoni «Kapital»ning birinchi tomining mazmunini tashkil etadi. 
Ikkinchi tomda kapitalning muomala 
jarayoni tadqiqot etiladi. Uchinchi tomda 
yaxlit olingan kapitalistik ishlab chiqarish 
jarayoniga tavsif beriladi. To‘rtinchi tom 
(«Qo‘shimcha 
qiymat 
nazariyasi») 
iqtisodiy ta’limotlar tarixiga bag‘ish- 
langan. 
K.Marks «Kapital»ga yozgan so‘z- 
boshida: «Asarimning tub maqsadi hozirgi 
zamon jamiyati, ya’ni kapitalistik jamiyati 
harakatining iqtisodiy qonunini ochib 
berishdir», – deydi. Ushbu tarixiy jihatdan 
muayyan jamiyatning ishlab chiqarish 
munosabatlarini va bu munosabatlarning paydo bo‘lishini, taraqqiy 
qilishini va tanazzulga yuz tutishini ko‘rsatib berish K.Marks iqtisodiy 
ta’limotining mazmunidir. Kapitalistik jamiyatda tovar ishlab chiqarish 
umumiy tus olgan, shu sababli K.Marksning tadqiqoti ham tovarni tahlil 
qilishdan boshlanadi. 
Qiymat nazariyasi. 
Marks ta’limotiga binoan, har bir tovarning 
qiymati uni ishlab chiqarishga sarflangan 
ijtimoiy zaruriy mehnat bilan 
o‘lchanadi
. Bir turdagi tovarni ishlab chiqarish uchun turli miqdorda 
mehnat sarflanadi. Buning natijasida tovarlar har xil individual qiymatga 
ega 
bo‘ladi. 
Lekin 
qiymat 
o‘zida 
ijtimoiy 
mehnatni 
mujassamlashtirganligi sababli, uning miqdori individual mehnat sarflari 
bilan emas, balki ijtimoiy zarur mehnat bilan o‘lchanadi, ijtimoiy zarur 
ish vaqti bilan belgilanadi. «Iste’mol qiymatiga ega bo‘lgan qiymat 
miqdori, – deb yozadi K.Marks, – uni ishlab chiqarish uchun kerak 
bo‘lgan 
ijtimoiy zarur mehnat miqdori bilangina
, ya’ni 
Karl Marks (1818-1883) 


245 
ijtimoiy zarur ish vaqti bilangina belgilanadi
. Har bir ayrim tovar o‘z 
jinsidan bo‘lgan tovarlarning faqat o‘rtacha nusxasi sifatida ahamiyatga 
egadir». 
Ijtimoiy zarur ish vaqti 
me’yoriy ishlab chiqarish sharoitida va 
muayyan jamiyatdagi 
mehnat malakasi va intensiv-ligining darajasi 
o‘rtacha bo‘lgan sharoitda biron-bir tovar tayyorlash uchun 
sarflanadigan vaqtdir
. Ushbu tushunchalar yordamida qiymat qonuni 
shakllanadi: almashuv jarayonida (ekvivalent ekvivalentga singari) 
tovarlar 
o‘zining 
qiymati 
bo‘yicha 
ayirboshlanadi 
(Ularda 
mujassamlashgan ijtimoiy zarur ish vaqti bo‘yicha). K.Marksning 
tasdiqlashicha, har qanday jamiyatda qiymat qonuniga amal qilmagan 
ayirboshlashning bo‘lishi mumkin emas. Qiymat esa, yuqorida qayd 
qilib o‘tganimizdek, ayni jamiyatda o‘rtacha mehnat sarflari bilan 
o‘lchanadi. Bu ayirboshlanadigan tovarlarni taqqoslashning yagona 
o‘lchovi mehnat ekanligini bildiradi. Tovarlarning foydaliligi bunday 
umumiy o‘lchov bo‘la olmaydi, negaki ular miqdor jihatidan 
taqqoslanmaydi. 
K.Marksning qiymat nazariyasining D.Rikardoning qiymat 
nazariyasidan farqlanishiga e’tibor berish zarur. D.Rikardo tovarlarning 
nisbiy qiymati to‘g‘risida so‘z yuritadi: A va B tovarlar bir-biriga 
ayirboshlanadi, chunki ularni ishlab chiqarish taxminan bir xil mehnat 
sarflarini taqozo etadi. K.Marksda esa qiymat tovarga xos obyektiv 
xususiyatdir. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin