249
lekin kapitalning uzviy tuzilishi qancha yuqori bo‘lsa, ya’ni
korxonalarning mexanizatsiyalashuvi yoki tarmoqlarning mashina va
asbob-uskunalar bilan qurollanish darajasi yuqori bo‘lsa, qo‘shimcha
qiymat miqdori shuncha kam bo‘ladi. «Kapital» III tomida esa, K.Marks
«
qo‘shimcha qiymat me’yori
» va «
foyda me’yori
» tushunchalarining
farqini bilishni tavsiya etadi.
Agar birinchisi, uning tomonidan,
qo‘shimcha qiymatning o‘zgaruvchi kapitalga bo‘lgan nisbati sifatida
ko‘rilsa, ikkinchisi esa (gap qo‘shimcha qiymatning
«o‘zgargan shakli» to‘g‘risida borar ekan) qo‘shimcha qiymatning ja-
mi kapitalga, ya’ni o‘zgaruvchi va doimiy kapitalga bo‘lgan
nisbati
sifatida qaraladi.
K.Marks ta’limotiga binoan foyda me’yori pasayishga moyil.
Bunday moyillik, uningcha, Rikardo-Mill ko‘rsatib berganidek,
demografik omillar va tuproq unumdorligining pasayishi «qonuni»
keltirib chiqaradigan hayotiy zaruriy mahsulotlar bahosining oshishi
sababli emas, balki kapitalning uzviy tuzilishidagi
umumiy kapitalda
o‘zgaruvchi kapital hissasining pasayishi tufayli kelib chiqadi.
Bundan tashqari, «qo‘shimcha qiymat me’yori» va «foyda
me’yori» tushunchalaridan foydalangan holda, K.Marks erkin raqobat
sharoitidagi bozor iqtisodiyoti xo‘jalik mexanizmi «sir-asrorlarini»
yaxshi tushunganligini namoyish etdi. Masalan, qo‘shimcha qiymat
nazariyasi «mantig‘i» bo‘yicha, ish kuni qancha uzun bo‘lsa,
qo‘shimcha qiymat massasi va ekspluatatsiya me’yori
shuncha yuqori
bo‘lishi kerak. Lekin «qo‘shimcha ish vaqtini» uzaytirish yo‘li bilan
qo‘shimcha qiymatni ko‘paytirish usulini K.Marks yaxshi va to‘g‘ri usul
deb hisoblamaydi. «Absolut qo‘shimcha qiymat» olib keluvchi bunday
usul, boshqa barcha sharoitlar bir xil bo‘lganda, ortiqcha xarajatlarni
keltirib chiqarishi, har bir ish soati unumini pasaytirishi mumkin,
ishchilar noroziligining muqarrarligi to‘g‘risida gapirmasa ham bo‘ladi.
Buning ustiga, «Kapital»
muallifi, ish kunining faqat oxirgi soatida
kapitalist uchun foyda yaratiladi degan N.Seniorning
«oxirgi soat nazariyasini» qattiq tanqid qildi. Uning tasdiqlashicha,
zaruriy ish vaqtining qisqarishiga qaramasdan, mehnat unumdorligining
oshishi «nibiy qo‘shimcha qiymatni» olib kelgach, bir vaqtning o‘zida
qo‘shimcha qiymat me’yorining pasayish tendensiyasini kuchaytiradi.
Shunday bo‘lsada, har bir kapitalist intuitiv tarzda foyda me’yorini
ko‘paytirishga intiladi. «Foyda me’yori,
250
–
deb
yozadi
K.Marks,
– kapitalistik
ishlab chiqarishni
harakatlantiruvchi kuchdir; foyda olib ishlab chiqarish mumkin bo‘lgan
narsagina ishlab chiqariladi».
Foyda me’yori hamisha qo‘shimcha qiymat me’yoridan kam
bo‘ladi. Buning sababi shundaki, uni hisoblaganda qo‘shimcha qiymat
butun kapitalga nisbatan olinadi, qo‘shimcha qiymat me’yorini
hisoblaganda esa, qo‘shimcha qiymatning faqat o‘zgaruvchi kapitalga
bo‘lgan nisbati olinadi. Chunki qo‘shimcha qiymat, K.Marks ta’limotiga
ko‘ra, faqat o‘zgaruvchi kapitalning funksiyasi hisoblanadi.
«Yuqori uzviy tuzilishdagi» kapital (ya’ni doimiy kapitalning
o‘zgaruvchi kapitaldan ko‘pligi o‘rtacha ijtimoiy me’yordan oshiq
bo‘lsa) o‘rtachadan kamroq foyda me’yori beradi. «Past
uzviy
tuzilishdagi» kapital esa o‘rtachadan oshiqroq foyda me’yorini beradi.
Kapital o‘rtasidagi raqobat, kapitalning erkin sur’atda bir tarmoqdan
ikkinchi tarmoqqa (kam foyda beradigan tarmoqdan yuqori foyda
beradigan tarmoqqa) oqib o‘tishi har ikki holda ham o‘rtacha foyda
me’yorini keltirib chiqaradi. Muayyan jamiyatdagi barcha tovarlar
qiymati miqdori tovarlar bahosining miqdoriga to‘g‘ri keladi.
Lekin
ayrim vaziyatlarda tovarlar raqobat ta’siri ostida o‘z qiymati bilan
sotilmaydi, balki
Dostları ilə paylaş: