Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə123/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

ishlab chiqarish bahosi
» bilan sotiladi. 
«Ishlab chiqarish bahosi sarf qilingan kapital plyus o‘rtacha 
foydani o‘z ichiga oladigan bahodir». 
Renta nazariyasi. 
K.Marks renta to‘g‘risida nazariya yaratdi. 
Uningcha, renta yerga bo‘lgan mulkchilikni amalga oshirish shaklidir. 
Yer maydoni cheklanganligi, uning yer egalari qo‘lida bo‘lganligi 
sababli qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish bahosi o‘rtacha 
yerdagi ishlab chiqarish xarajatlariga qarab emas, balki eng yomon 
yerdagi ishlab chiqarish xarajatlariga qarab belgilanadi. Bu baho bilan 
yaxshi yerdagi (yoki eng yaxshi sharoitdagi) ishlab chiqarish bahosi 
o‘rtasidagi farq differensial rentani bildiradi. K.Marks differensial 
rentani tahlil qilib, bu renta ayrim yer maydonlarining hosildorligi bir- 
biridan farq qilganda, yerga sarf qilingan kapital miqdori bir-biridan farq 
qilganda hosil bo‘lishini ko‘rsatib berdi. Differensial renta ikki shaklda 
– differensial renta I va differensial renta II shaklida mavjud bo‘ladi. 
Ijtimoiy ishlab chiqarish bahosini belgilovchi eng yomon yerdagi 
mahsulotlarning ishlab chiqarish bahosi bilan eng yaxshi va o‘rtacha 
yerdagi mahsulotlarning individual ishlab chiqarish bahosi 


251 
o‘rtasidagi tafovut differensial yer renta I ning negizi hisoblanadi. Yerga 
qo‘shimcha ishlov berish evaziga olinadigan renta differensial renta II ni 
tashkil etadi. 
K.Marks differensial renta bilan birga absolut rentaning ham amal 
qilishini ko‘rsatib beradi. U, absolut rentaning paydo bo‘lishini qishloq 
xo‘jaligida kapital uzviy tuzilishining ancha past bo‘lishi bilan va yerga 
bo‘lgan xususiy mulkchilik bilan bog‘lab tushuntiradi. Birinchi omil 
tufayli, uning fikricha, qishloq xo‘jaligi mahsuloti qimmati uning 
«ishlab chiqarish bahosidan» hamisha ustun bo‘ladi, ikkinchi omil ta’sir 
kuchiga ko‘ra esa, foyda me’yorini o‘rtacha darajaga keltiruvchi 
«kapital oqimi» mexanizmi qishloq xo‘jaligida amal qilishi mumkin 
emas. Binobarin, qishloq xo‘jaligi mahsulot- larining o‘z ishlab 
chiqarish baholaridan (qo‘shimcha qiymatning o‘rtacha foydadan) 
ortiqchasi kapitalistlar o‘rtasida taqsimlanmaydi (sanoatdagi kabi) balki 
dehqonchilikda qoladi va yer egalari tomonidan absolut renta shaklida 
o‘zlashtiriladi. M.Blaugning yozishicha, markscha absolut renta 
nazariyasi uning qo‘shimcha qimmat nazariyasi doirasidan tashqarida, 
qimmatning (qiymatning) bahoga aylanish zarurligi kelib chiqqan 
sharoitda hech qanday kuchga ega emas. 
Ijtimoiy takror ishlab chiqarish sxemasi. 
F.Kenening «Iqtisodiy 
jadvaliga» yuqori baho bergan K.Marks, o‘zining takror ishlab chiqarish 
sxemasini ishlab chiqdi. A.Smit, J.B.Sey ijtimoiy mahsulotni 
daromadlarga bo‘lib (moddiy sarflarni mavhumlashtirgan holda) 
ko‘rsatgan bo‘lsa, K.Marksda esa ijtimoiy mahsulot uch qismga 
bo‘linadi: doimiy kapitalga (s) – moddiy sarflarga (amortizatsiya, xom 
ashyo, yoqilg‘i va boshqalar qiymati), o‘zgaruvchi kapitalga (v) – ishchi 
kuchini sotib olishga bo‘lgan sarflar va qo‘shimcha qiymatga (m). 
Takror ishlab chiqarish muammosini yechib berishda K.Marks 
iqtisodiyotni ikki bo‘linmaga bo‘ladi. I bo‘linma ishlab chiqarish 
vositalarini ishlab chiqarish, II bo‘linma iste’mol buyumlarini ishlab 
chiqarish. Keyin u oddiy va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish 
o‘rtasidagi farqni ko‘rsatib beradi. «Oddiy takror ishlab chiqarish» 
o‘zgarmas bo‘lib, unda sof investitsiya nolga teng. Oddiy takror ishlab 
chiqarish bir xil hajmda, o‘zgarmas bo‘lib qolishi uchun qanday shartlar 
bo‘lishi kerak? K.Marks buning uchun quyidagi shartlarni ko‘rsatib 
beradi. Oddiy takror ishlab chiqarishda I bo‘linmaning barcha 


252 
mahsuloti har ikkala bo‘linmadagi kapitalni qoplash uchun sarflanishi 
kerak: I (c+v+m) = Ic+IIc. Shu bilan birga, II bo‘linma mahsuloti ish 
haqi fondi plyus mulkdan keladigan daromadga – sof milliy mahsulotga 
teng (ekvivalent) bo‘lishi kerak: II (c+v+m)=I (v+m)+II (v+m). Bu 
ikkala tenglamadan natijada I (v+m) = IIc kelib chiqadi, ya’ni I 
bo‘linmaning sof mahsuloti II bo‘linmada yil davomida iste’mol qilingan 
kapitalni qoplash uchun zarur bo‘lgan talab miqdoriga teng bo‘lishi 
kerak. Agar I (v+m)>IIc bo‘lsa, unda doimiy kapitalni qoplashga 
bo‘lgan investitsiya sarflari amortizatsiya ajratmalari miqdoridan oshib 
ketadi, ya’ni sof investitsiya ijobiy bo‘ladi. Lekin amortizatsiya 
jamg‘armalari iste’mol qilingan kapitalni qoplashga ishlatilmasligi, 
albatta, ishlab chiqarishning pasayishini keltirib chiqaradi. Keltirilgan 
dalillar ancha puxta makroiqtisodiy o‘zaro bog‘liqlik borligini 
tasdiqlaydi. 
Keyin K.Marks kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni tahlil 
qiladi. Uning kengaytirilgan takror ishlab chiqarish sxemasini fan- 
tarixidagi iqtisodiy o‘sishning birinchi matematik modeli hisoblash 
mumkin. Lekin uning kamchiliklari yo‘q emas. Xususan, 
«kengaytirilgan takror ishlab chiqarish»ning bir tekisda rivojlanib 
borishining shartlarini aniq ko‘rsatib berilmagan. Bundan tashqari, u 
sur’at o‘zgarmagan iqtisodiy o‘sishni tahlil qiladi, bunday vaziyatda esa, 
o‘sish Q (mahsulot miqdori) da hech qanday o‘zgarish bo‘lishini taqozo 
etmaydi. K.Marks ko‘rsatib bergan iqtisodiy o‘sishning zarur bo‘lgan 
shartlari: I bo‘linmaning milliy daromadi ushbu bo‘linmadagi ishchi va 
tadbirkorlarning ehtiyojlarini qondirish uchun II bo‘linmadan sotib 
olinadigan iste’mol buyumlaridan ko‘p bo‘lishi kerak – milliy 
daromadning bir qismi ishlab chiqarishni kengaytirishga ketadi, ya’ni 
I(v+m)>IIs. Shunday qilib, I bo‘linmaning mahsuloti yil boshidagi har 
ikkala bo‘linmaning ishlab chiqarish vositalariga bo‘lgan talabidan ko‘p 
bo‘lishi kerak, ya’ni I(c+v+m)>Ic+IIc. Shunga muvofiq, jamiyatning 
barcha 
milliy 
daromadi 
iste’molga 
sarflanmaydi, 
ya’ni 
I(v+m)+II(v+m)>II(c+v+m). 
Takror ishlab chiqarishning bunday talqini ayrim masalalarga 
oydinlik kiritishda qo‘llanishi mumkin. Lekin u shu qadar 
cheklanishlarga 
asoslanganki, 
bu 
undagi 
barcha 
dalillarni 
kuchsizlantiradi. Yopiq iqtisodiyot: barcha mahsulotlar «me’yorl 
bahoda» sotiladi; har ikkala bo‘linmada kapital aylanish tezligi bir xil; 


253 
faqat kapitalistlar jamg‘aradi; texnika taraqqiyoti yo‘q; real ish haqi 
doimiy; bir ishchiga bo‘lgan real mahsulot doimiy va boshqalar. Bundan 
tashqari, ikki bo‘linmadan iborat bo‘lgan model o‘zgaruvchan real 
iqtisodiyotni tahlil qilishda ishonchli vosita hisoblanmaydi. Kapital 
buyumlarni ham iste’mol buyumlarini ham ishlab chiqaruvchi 
ko‘pchilik tarmoqlar – masalan, tosh ko‘mir qazib olish, transport, 
ximiya – u yoki bu kategoriya tushunchasiga to‘liq kirmaydi. Buning 
ustiga, bunday tarmoqlar ichida kapital va iste’mol buyumlarini 
kategoriyalarga bo‘lish vaqti-vaqti bilan talab strukturasidagi 
o‘zgarishga qarab o‘zgarib turadi. Natijada kengaytirilgan takror ishlab 
chiqarishning markscha shartlari deyarli o‘z kuchini yo‘qotadi. Shunday 
bo‘lsa-da, tenglama K.Marks tizimida alohida o‘rin tutadi. U iqtisodiy 
o‘sish bir tekisda borishi mumkin emasligi, ishlab chiqarishning davriy 
bo‘lishi to‘g‘risida fikr yuritishga imkon beradi. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin