257
halokatga yuz tutadi. Chunki u o‘zining ichki ziddiyatlarini yechishga
qodir emas.
Uningcha, kapitalizm o‘rniga
dolzarb muammolarni yecha
oladigan, sanoat sivilizatsiyasi yutuqlaridan unumli foydalanish
imkonini beradigan yangi, ancha takomillashgan jamiyat kelishi kerak.
K.Marks ortiqcha ishlab chiqarish, ishsizlik va kambag‘allikni stixiyali
bozor iqtisodiyotining muqarrar hamrohi hisoblangan bo‘lsa, kelajakda
bo‘ladigan ancha takomillashgan iqtisodiyot esa, ijtimoiylik asosida
tashkil etilgan bo‘lishi, yagona reja bo‘yicha ishlashi kerak. Uning
tasdiqlashicha, bunday jamiyatda «oldindan
ongli tarzda tuzilgan reja
bo‘yicha ijtimoiy ishlab chiqarishni amalga oshirish uchun imkon
tug‘iladi».
Shuni qayd qilib o‘tish kerakki, kapitalizmning muqarrar halokati
to‘g‘risidagi K.Marks dalillarida jamiyatdagi sinflar o‘rtasida
daromadlar taqsimotining bozor tamoyili buzilganligida emas, balki bu
tizimning to‘la ish bilan bandlikni ta’minlay olmasligi, mustamlakadagi
ekspluatatsiyaga va urishlarga bo‘lgan moyilligi hisoblanadi. U,
sotsializm va kommunizmni ijtimoiy jihatdan ideal hisobladi, ularni
noantagonistik kommunistik jamiyatning fazalari deb atadi. K.Marks
nazariyasiga binoan, kommunizm – ishlab chiqarish vositalari bir butun
umumxalq
mulki hisoblangan, jamiyatning barcha a’zolari ijtimoiy
jihatdan batamom teng bo‘lgan sinfsiz tuzum.
Ammo K.Marksning sinfsiz jamiyat ideallari tantanasiga bo‘lgan
qat’iy ishonchi, eng avvalo, klassik iqtisodiy maktabning sinflar
nazariyasiga asoslanadi. U o‘zini klassiklarning davomchisi hisoblagan
holda,
haqiqatan ham, iqtisodiy o‘sish muammosi bilan, xususan,
farovonlikning va daromadlarning o‘sishi hamda daromadlarning
mehnat, kapital va yer egalari o‘rtasida, ya’ni sinflar o‘rtasida
taqsimlanish muammosi bilan shug‘ullandi. Lekin uning sinflar
nazariyasidagi markaziy g‘oya sinfiy kurash hisoblanadi. «Hozirga
qadar o‘tgan hamma jamiyatlar tarixi, – deb yozadi K.Marks, – sinflar
kurashi tarixidir. Hur va qul, patritsiy va plebey,
pomeshchik va
krepostnoy, usta va xalfa, qisqasi, zolim va mazlum o‘rtasida doim
antagonizm bo‘lib keldi; ular har doim goh yashirin, goh ochiq bir-
biriga qarshi kurash olib bordi. Bu kurash har safar butun jamiyatni
inqilob asosda boshqatdan qurish bilan yoxud
kurashuvchi sinflarning
umumiy halokati bilan tugadi». Markscha, o‘zining kuchayib
258
borayotgan ziddiyatlari bilan kapitalistik jamiyat ham istisno
hisoblanmaydi: turmush darajasi muttasil pasayib borayotgan sanoat
ishchilari sinfi kapitalizm «go‘rkoviga» aylanib boradi. K.Marksning
bashorati to‘g‘ri chiqmaganligini hayotning o‘zi ko‘rsatdi.
Kapitalizm
yangi real hayotga moslasha bildi va ancha yuqori iqtisodiy o‘sishni
ta’minlay oldi.
Dostları ilə paylaş: