Me’yorli foydalilik nazariyasi va buyumning subyektiv qimmati.
Asosiy e’tibor ishlab chiqarish va taklifni o‘rganishga qaratilgan
160
История экономической мысли/ Под ред.В.В.Круглова, Е.В.Балахоновой. –СПб.: Питер, 2008. 139
стр
261
klassik iqtisodiy nazariyadan farqli o‘laroq, marjinalistlar, eng avvalo,
iste’mol va talabni tahlil qildilar. Shu bois, ular iqtisodiy jarayonlarni
tahlil qilishni kishilarning ehtiyojini o‘rganishdan, buyumning foydalilik
mezonini qidirishdan boshladilar. Buyumning qimmatini aniqlashda
marjinalistlar klassiklarga nisbatan butunlay boshqacha yondashdilar.
Agar klassiklar tovar qiymatini (qimmatini) uni ishlab chiqarishga
ketgan xarajatlar bilan aniqlagan bo‘lsalar, marjinalistlar tovar qimmati
asosida ikki omil – foydalilik va buyumlarning kamyobligi yotadi deb
hisobladilar. Bu bilan A.Smitning buyumning qiymatini (qimmatini)
foydalilik bilan aniqlash mumkin emas, negaki hayotda eng foydali
bo‘lgan havo va suvning qiymati yo‘q, degan
«Smitcha ziddiyat»ga barham berildi. «Hech bir narsa suvdan ko‘ra
foydali emas, – deb yozadi A.Smit, – lekin unga u – bu narsani sotib
olish amri mahol… Brilliant esa, aksincha, uni bevosita foydalanish
nuqtayi nazardan nihoyatda qimmati kam, ammo unga juda katta
miqdordagi boshqa tovarlarni olish mumkin». Marjinalistlarning
aytishicha, haqiqatan ham, havo yoki suvning umumiy foydaliligi
brilliantning umumiy foydaliligidan tasavvur qilib bo‘lmaydigan
darajada ko‘p. Lekin havo va suvga qaraganda qimmatli toshlar ancha
kamyob. Shuning uchun uning qimmati ancha yuqori. «Qimmat, – deb
yozadi E.Byom Baverk, – narsalarning aynan cheklangan miqdorda
bo‘lishini taqozo etadi, qimmatning yo‘qligi esa, ularning mo‘l-
ko‘lligini taqozo etadi». Qimmat esa buyumning umumiy foydaliligi
bilan emas, balki «oxirgi birlik» foydaliligi bilan aniqlanadi.
Foydalilikka asoslangan bu nazariyaning boshlang‘ich nuqtasi –
ehtiyojlarning to‘yinish qonuni (Gossenning birinchi qonuni)ni
bildiradi: inson ehtiyojining to‘yinish darajasi oshib borishi bilan
iste’moldan bo‘lgan qoniqish pasayib boradi yoki iste’mol qilinadigan
tovar miqdori ko‘payib borishi bilan uning foydaliligi kamayib boradi.
Shunga muvofiq iste’mol qilinadigan mazkur buyumning oxirgi
qismining iste’mol uchun bo‘lgan foydaliligi boshqa qismlariga nisbatan
ancha past. Buyumning oxirgi qismining foydaliligi – bu
me’yorli
foydalilikdir. Aynan u, marjinalistlarning fikriga ko‘ra, tovar qiymati
shakllanishining asosini tashkil etuvchi ishlab chiqaruvchi va
iste’molchilar xatti-harakatini tartibga solib turuvchi kuch hisoblanadi.
E.Byom Baverkning yozishicha: «Me’yorli foydalilik g‘oyasi – bu
iqtisodiy hayotning eng murakkab ko‘rinishlarini yechishga kalit va
262
ilmning eng chigal muammolarini hal etishga imkon beruvchi formula
– «Ochil dasturxondir».
Me’yorli foydalilik nazariyasiga binoan tovarlar narxi asosida
mehnat sarflari bilan aniqlanadigan qiymat emas, balki ushbu
buyumning foydaliligi yotadi. Me’yorli foydalilik
nazariyasi
tarafdorlari tovarda mujassamlashgan mehnat natijasi sifatidagi
qiymatga foydalilik kategoriyasini, odamning narsaga bo‘lgan
munosabatini ifodalovchi subyektiv baholashni qarshi qo‘yadi.
Qiymatning mehnat nazariyasida mehnat sarflarining bevosita
o‘lchovi ish vaqti hisoblanadi. Tovar qiymati individual ish vaqti bilan
emas, balki ijtimoiy zaruriy atalmish ish vaqti bilan o‘lchanadi. Ijtimoiy
zaruriy ish vaqti me’yorl ishlab chiqarish sharoitda, o‘rtacha mahorat va
mehnat intensivligida muayyan iste’mol qiymatni ishlab chiqarishga
ketgan vaqt bilan ifodalanadi.
Qiymatning mehnat nazariyasiga muvofiq, faqat bozorda,
ayirboshlash jarayonida ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari darajasi
ro‘yobga chiqadi. Faqat bozorda qiymat almashuv qiymat shaklida
namoyon bo‘ladi. Oddiy qilib aytganda, qiymat ishlab chiqarishda
yaratiladi, bozorda esa namoyon bo‘ladi. Mana shu yerda me’yorli
foydalilik nazariyachilari e‘tiroz bildiradilar. Uning ma’nosi nimadan
iborat? Agar tovar bozorda xarid qilingan bo‘lsa, bu jarayon o‘sha
tovarni ishlab chiqarishga kimdir sarflagan ijtimoiy zaruriy mehnat
xarajatlarini baholash uchun amalga oshirilmaydi, balki bu tovar xaridor
uchun muayyan foydali samaraga ega bo‘lganligi uchun, xaridor bu
tovarning qadr-qimmatini bilganligi uchun amalga oshiriladi. XIX
asrning oxiri XX asrning boshlarida «qiymat» so‘zi nemischadan aynan
«qimmat»
deb tarjima qilinishi ham bejiz emas edi. Qimmat – bu ko‘p
jihatidan subyektiv kategoriya. Shunga muvofiq, avstriya maktabi
ta’limotiga ko‘ra, qiymat (qimmat) hech qachon buyumga xos bo‘lgan
obyektiv xususiyat bo‘lishi mumkin emas. Faqat xaridor ko‘z o‘ngida
qimmatli bo‘lgan narsalargina qimmatga ega. Xaridorning subyektiv
bahosi yaratilgan buyumga qiymat xossasini beradi. Demak, qiymat
faqat bozorda yuzaga keladi, undan tashqarida amal qilmaydi.
Odamlar tomonidan turli moddiy va ma’naviy boylik va
xizmatlarning qimmatiga baho berilishi, bu ularni ishlab chiqarishga
ijtimoiy zaruriy mehnat sarflangani uchun emas, balki bu
263
buyumlarning foydalilikka ega bo‘lgani sababidandir. Odamlar
foydalilikka ehtiyoj sezganligi uchun ham u yoki bu tovarni ishlab
chiqarishga mehnat sarflarini amalga oshiradilar. U yoki bu mehnat
sarflarining ijtimoiy zaruriyligini kim yoki nima aniqlab beradi. Oddiy
qilib bozor desak – bu to‘g‘ri, lekin u juda umumiy tushuncha, shuning
uchun yetarli emas. Me’yorli foydalilik nazariyasi tarafdorlari fikri
bo‘yicha, faqat tovarning foydaliligi mehnat sarflariga ijtimoiy
zaruriylik xarakterini berishi mumkin. Me’yorli foydalilik nazariyasi
namoyandalari, qimmatni foydalilikdan keltirib chiqarar ekan,
foydalilikni ikki turga bo‘lib ko‘rsatishni zarur deb hisoblaydilar.
Birinchisi tovarlarning (don, olmos, neft) o‘z xususiyatiga ko‘ra –
umumiy foydaliligi. Ikkinchisi iste’molchi ehtiyoj sezadigan tovarning
konkret foydaliligi. Konkret foydalilik doimo bir xil bo‘lavermaydi, u
har xil baholanadi. Bu yerdagi farq unga bo‘lgan yondashuvda. Agar u
yoki bu buyumlarni erkin va xohlagancha olish mumkin bo‘lsa, unda
ularning foydaliligi, cheklangan miqdordagi bunday buyumlarning
foydaliligichalik baholanmaydi («Smitcha ziddiyat»ni yana bir bor
eslang).
Buyumning umumiy (yalpi) foydaliligi bilan konkret (me’yorli)
foydaliligi o‘rtasidagi farq iste’molchilar xatti-harakatini tahlil qilish
uchun zarur.
Me’yorli foydalilik muammosini tushunish uchun marjinalistlar
ko‘rsatib bergan o‘rmonda yashovchi qariya darvish qo‘lidagi besh qop
donni misol qilib olamiz. Qariya uchun ularning ahamiyati qanday?
Birinchi qopdagi don ochdan o‘lmaslik uchun kerak, ikkinchisi oziq-
ovqat sifatini yaxshilash uchun ishlatiladi, uchinchisi – uy parrandalarini
boqish uchun, to‘rtinchisi – pivo tayyorlash uchun, beshinchisi esa
vaqtxushlik (to‘ti qushlarga ovqat berish) uchun ishlatiladi. Barcha
qoplar bir xil qimmatga ega. Ammo lekin ularni qariya uchun foydaliligi
pasayib borish tartibida joylashtirsak, unda birinchi qopdagi bug‘doy
eng yuqori qimmatga ega: u qariyaning hayot kechirishi uchun zarur.
Qariya uchun oxirgi, to‘tiqushlarni boqish uchun mo‘ljallangan qop eng
kam qimmatga ega. Agar unga ayirboshlash taklif qilinsa (aytaylik, bir
qop don boltaga) u aynan shu beshinchi qopning foydaliligiga qarab ish
tutadi.
Shunday qilib, iste’mol qilinadigan tovar (don)ning miqdori
ko‘payib borishi bilan uning oxirgi, me’yorli foydaliligi pasayib boradi
264
TU
0 1 2
(me’yorli foydalilikning pasayish qonuni). Mazkur tovar miqdorining
ko‘payib borishi bilan me’yorli foydalilikning (TU) pasayib borishini
quyidagi grafik ko‘rinishida aks ettirish mumkin (7-rasm).
Dostları ilə paylaş: |