Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə127/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

Karl Menger (1840–1921)
, asosan Shveysariyada yashagan 
fransuz 
Leon Valras (1834–1910)
. Ulardan ikkitasi Leon Valras va Karl 
Menger me’yoriy tahlilni korxona nazariyasiga nisbatan qo‘llashdi. 
Valras hattoki me’yoriy tahlil nazariyasini qo‘llagan holda umumiy 
muvozanatlik nazariyasini shakllantirdi
158
. Ularning tahlili asosida 
ne’matlarni ishlab chiqarish jarayoni (taklif) emas, balki talabning 
shakllanishi, tovar va xizmatlarning foydaliligi tadqiqoti yotadi. 
Subyektiv yo‘nalish vakillarining tadqiqotidagi asosiy dastak – bu 
me’yorli (marginal) tahlil bo‘lib, mazkur maktabning nomi ham aynan 
(marjinalizm) shundan kelib chiqqan. Marjinalizm so‘zi fransuz tilidan 
marginal – chegaraviy, qo‘shimcha qiymat deb tarjima qilinadi. F.Vizer, 
E.Bem-Baverk, A.Marshall, K.Viksell va ko‘plab boshqa atoqli 
iqtisodchilar marjinalizm metodologiyasidan foydalanadilar va uni 
rivojlantiradilar. Ular qo‘llagan me’yorli tahlil hanuzgacha iqtisodiy 
fanda keng qo‘llanib kelinmoqda. 
Marjinalizm quyidagi xarakterli xususiyatlari bilan boshqa 
ta’limotlardan ajralib turadi
159


cheklangan resurslarni ratsional taqsimotini iqtisodiy fan 
predmetiga aylantirish; 
157 
История экономической мысли/ Под ред.В.В.Круглова, Е.В.Балахоновой. –СПб.: Питер, 2008. 
138 с. 
158
History of economic thought. Harry Landreth, David C. Colander 237-238 b. 
159
История экономической мысли/ Под ред.В.В.Круглова, Е.В.Балахоновой. –СПб.: Питер, 2008. 
138 с. 


260 

tadqiqotlarni mikromuhit darajasiga o‘tkazish, diqqatni firma va 
iste’molchi xatti-harakatiga qaratish; 

tadqiqotlarda subyektiv yondashuvni qo‘llash; 

matematik vositalar: chegaraviy ko‘rsatkich, differensial tahlil
optimal yechim izlash, grafik va rasmlardan foydalanish; 

qisqa muddatli davrga ega bo‘lgan statistik masalalarni yechish. 
“Marjinalizm inqilobi” tarixda ikki bosqichda shakllandi. bular
160

1.
XIX asrning 70–80-yillar oralig‘i. Bu bosqich K.Menger va 
uning shogirdlari hamda U.S.Djevons, L.Valras nomlari bilan bog‘liq. 
Bu bosqichni 
iqtisodiy nazariya subyektiv yo‘nalishi 
deb atashadi, 
chunki bu davrda inson psixologiyasini birinchi o‘ringa qo‘yish, 
individual iqtisodiy tahlillarni qo‘llash amalga oshirilgan. 
2.
XIX asrning 90-yillari oralig‘i. Bu davr A.Marshall, Dj.Klark va 
V.Paretto nomlari bilan bog‘liq. Uni 
neoklassik iqtisodiy nazariya 
deb 
ham atashadi. 
Metodologiya. 
Marjinalizm nazariyasiga iqtisodiy jarayonlarni 
subyektiv – psixologik metod asosida tahlil qilish xosdir. Iqtisodiy 
hodisa va jarayonlar kishilarning psixologiyasi, subyektiv talqinga 
asoslanib tushuntirilib beriladi. Masalan, klassiklar bo‘yicha, tovar 
qiymati kishilarning ongi va xohishiga bog‘liq bo‘lmagan obyektiv 
miqdor hisoblansa, marjinalistlar bo‘yicha, qiymat subyektiv talqin, 
istak, hissiyot bilan aniqlanadi. Marjinalizmning asosiy kategoriyalari: 
me’yorli foydalilik, me’yorli unumdorlik, me’yorli xarajatlar va 
boshqalar. Bu nazariya ishlab chiqarish xarajatlarini, talab, taklif, narx 
va boshqalarni subyektiv baho berish asosida tushuntiradi. 
Bozor xo‘jaligida ishlab chiqaruvchi tovar ishlab chiqarishda turli 
resurslardan har birining me’yorli foydaliligiga baho bergan holda eng 
keraklisini tanlaydi. Iste’molchi o‘zining cheklangan daromadlarini 
ehtiyojlarni ko‘proq qondiradigan qilib tovarlarni sotib olishga 
taqsimlaydi. Demak, marjinalizm nazariyasi markazida o‘z foydasini 
maksimallashtirishga intiluvchi firma (ishlab chiqaruvchi) va xarid 
qilingan ne’matlardan maksimal foydalilik olishga intiluvchi alohida 
iste’molchi turadi. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin