Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə130/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

10.2.
 
AVSTRIYA MAKTABI: K.MENGER, F.VIZER 
VA E.BYOM-BAVERK 
 
Avstriya maktabi vakillariga marjinalizmning barcha xususiyatlarini 
kiritish mumkin, chunki ular marjinalizmning barcha tahliliy tadqiqotlarini 
to‘liq qo‘llashgan. Ular axborotni barcha savollarga javob beruvchi omil 
sifatida 
qaradilar. 
Subyektiv 
naflilik 
nazariyasiga 
asoslanib, 
“avstriyaliklar” resurslar omborini bilgan holatda daromad va ishlab 
chiqarish o‘rtasidagi chegarani aniqladilar. Ularning tanqidiga absolut 
noelastik taklif uchradi, chunki talab bo‘lmagan joyda taklifni ko‘pligi 
inqirozga olib kelishini tushunib yetdilar. Subyektiv tahlilga muvofiq 
holda narx va daromadlar darajasi solishtirib chiqildi. 
Avstriyalik 
Karl Menger 
(1840–1921) o‘zining “Siyosiy iqtisod 
asoslari” (1871 ) asari bilan birinchi marjinalistlar safidan joy oldi. U 
insonlarning 
ehtiyojlarini 
o‘rganish 
orqali 
mahsulotga talabini qondirish yo‘llarini, hamda 
ehtiyojlarni qondira oladigan mahsulotlarni tahlil 
qila oldi. Menger insonnning individual qiziqishini 
emas, balki uning buyumlarga munosabatini 
iqtisodiy kategoriya sifatida qaradi. Qimmatlilik 
uning g‘oyasida subyektiv, chunki ma’lum biror 
shaxs tomonidan ma’lum buyumning individual 
bahosi bu uning nafliligini anglashidir. Bu inson 
ongidan tashqarisida buyumning qimmatliligi yo‘q 
bo‘lsa ham, ammo u inson ongida qimmatga ega 
bo‘ladi. 
Buyum foydaliligini Menger ikki ko‘rinishda 
Karl Menger (1840-1921) 


266 
aks etdi: birinchisi iqtisodiy mahsulotlar – bu ehtiyojlarning yuqoriligi 
bilan o‘z qimmatiga ega noyob mahsulotlardir, noiqtisodiy mahsulotlar – 
keng tarqalgan va shu sababli ularning inson uchun qimmati past 
buyumlardir. Ular o‘rtasidagi chegara egiluvchan: biror bir buyumning 
kamayishi yoki ko‘payishi bir kategoriyadan ikkinchi kategoriyaga 
o‘tishga sabab bo‘ladi. Menger shuningdek mahsulotlarni ketma – ketligini 
ham ajratgan: birinchi tartibdagi mahsulotlar – bu natijaviy mahsulotlar, 
ikkinchi tartibdagi mahsulotlar bu birinchisini ishlab chiqarish uchun zarur 
bo‘lgan mahsulotlardir (hozirgi til bilan aytganda aylanma vositalardir). 
Menger aytadiki, ishlab chiqarishni kengayishi va murakkablashishi 
oqibatida lag (ya’ni ishlab chiqarish vaqti) bosqichlari ko‘payadi, bu 
natijaviy mahsulotni ishlab chiqarish vaqtni uzaytiradi
161

Menger tomonidan ishlab chiqilgan quyidagi jadval orqali uni fikrini 
to‘liq tushuntirish mumkin. 
Rim raqamlari tovarlarning muhimligiga qarab darajalarga 
ajratilishini bildiradi. Raqam qancha katta bo‘lsa, tovarlar muhimligi 
darajasi shuncha kam bo‘ladi. Shu tufayli suv 1-darajali, transport esa 5- 
darajali bo‘lishi mumkin. Kamayib boruvchi arab raqamlari esa tovarlarni 
qancha ko‘p iste’mol qilgan sari shunchalik me’yoriy nafliligining 
kamayishini ko‘rsatadi. Birinchi darajali tovarning birinchi birligining 
me’yoriy nafliligi 10 ga teng, ammo keyingi iste’mol qilingan birliklar 
uchun me’yoriy naflilik kamayib boradi. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin