287
injener-texnik ishchilar) o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni aniqlash
muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiyotda ularning roli har xildir.
Bozor xo‘jaligi amal qilishining dastlabki bosqichida hokimiyat va
mulk tadbirkorlar qo‘lida bo‘ladi. Oldin yagona bo‘lgan
bu sinf
keyinchalik kapital egalariga va ishlab chiqarishni tashkil etuvchilarga
ajraladi. Kapital egalarini faqat o‘z kapitallariga keladigan foyda
qiziqtiradi, ular o‘z kapitallarini ishlab chiqarishga qo‘ymaydilar, balki
faqatgina kreditga beradilar. Ularning daromad manbayi bo‘lib real
sektor emas, balki moliya sohasida aylanib turuvchi qimmatli qog‘ozlar
hisoblanadi. Bu ma’noda kapital egalari
bekorchi sinfni
tashkil etadi.
Ishchilar, shuningdek, ishlab chiqarishni tashkil
etuvchilar va texnik
mutaxassislar
unumli sinf
hisoblanadilar, ular o‘z kapitallariga ega emas
va bekorchi sinf kreditga qo‘ygan vositalardan foydalanib ish
yuritadilar.
Bekorchi sinfning hukmronlik mavqei butun bir iqtisodiyotning
amal qilishida kredit rolining haddan tashqari oshib ketishiga olib keladi.
Kapitalning anchagina qismi chayqovchilik
maqsadlarga foydalaniladi
va ishlab chiqarishni rivojlantirishga yo‘naltirilmaydi. Kredit
inflyatsiyasi vujudga keladi, uning orqasidan ssudani zudlik bilan
qoplash talabi zarurligi kelib chiqadi. Natijada ommaviy bankrotlik va
turg‘unlik yuzaga chiqadi, ular o‘zining davom etishi muddati bo‘yicha
iqtisodiy yuksalish davridan ancha ortib ketadi.
Bekorchi sinf bilan unumli sinf o‘rtasidagi antagonizmning
yechilishi
shunga olib keladiki, hokimiyat texnokratlar qo‘liga o‘tadi.
Kapitalga bo‘lgan mulkchilik aksionerlik
shaklini oladi va shu bilan xususiy mulk
bo‘lishdan to‘xtaydi.
Dostları ilə paylaş: