297
12-
MAVZU. DJON MEYNARD KEYNS
TA’LIMOTI VA EOKEYNSCHILIK
(2 soat)
12.1.
KEYNS MAKROIQTISODIYOTI
Djon Meynard Keyns
(1883–
1946)
hozirgi
zamonning
buyuk
iqtisodchi olimi.
Uning dunyoqarashi
o‘zi
oldin
bilim
olgan,
keyin
o‘qituvchilik qilgan
Kembrij
universitetida shakllandi. U bu yerda
ikkinchi bir atoqli olim – Kembrij
iqtisodiy
maktabining
asoschisi
A.Marshall qo‘lida ta’lim oldi. Ammo
uning izidan bormadi, o‘ziga xos
yo‘nalishda nazariya yaratdi.
Birinchi Jahon urushi davrida va urushdan keyingi yillarda u pul
muomalasi muammosiga alohida e’tiborni
qaratdi va oltin standartni
tartiblanadigan valuta bilan almashtirish g‘oyasini ilgari surdi. Bunday
tadbirning amalga oshirilishi davlatning makroiqtisodiy jarayonga ta’sir
ko‘rsatish dastagiga ega bo‘lish imkonini beradi. J.M.Keyns pul birligini
mustahkamlashning ashaddiy tarafdori bo‘lgan. U shunday yozadi:
«Ulyanov Lenin kapitalistik tizimni yo‘qotishning eng yaxshi usuli – bu
inflyatsiya
vositasida
uning
valutasini
obro‘sizlantirish
va
kuchsizlantirish deb tasdiqlagan edi. Lenin mutlaq haq bo‘lgan. Amal
qilib turgan jamiyatni to‘ntarishning bundan nozik va to‘g‘ri usul yo‘q».
Ingliz iqtisodchisi inflyatsiya keltirib chiqaradigan «inflyatsiya
solig‘i» (pul qadrsizlanganda uning egasi o‘z jamg‘armasi qiymatining
bir qismini yo‘qotadi) va uning salbiy oqibatlarini ko‘rsatib berdi.
Surunkali inflyatsiya sharoitida ishlab chiqarish faoliyati bilan, ayniqsa,
uzoq muddatli investitsiya loyihalari bilan shug‘ullanish, oddiy qilib
aytganda, befoyda: pul juda sekin aylanadi va o‘zining sotib olish
qobiliyatini yo‘qotadi. Shuning uchun chayqovchilik
faol tadbirkorlik
faoliyati sohasiga aylanadi. U turli bozorlarda baholar o‘rtasidagi farq
hisobiga foydani ko‘paytirishga imkon beradi.
J.M. Keyns (1883–1946)
298
J.M.Keyns o‘z tadqiqotlari asosida bir qator asarlarni nashr etdi.
Ular «Ehtimollar to‘g‘risida traktat» (1921), «Erkin tadbirkorlikning
tugatilishi» (1926), «Pul to‘g‘risida traktat» (1930) va boshqalar. Uning
«Ish bilan bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi»
nomli asosiy
asari 1936-yili chop etildi.
J.M.Keyns ilmiy ishlar bilan birga faol amaliy va siyosiy faoliyat
bilan ham shug‘ullandi. U yirik sug‘urta kompaniyasining raisi,
investitsiya
kompaniyasining boshqaruvchisi, «Iqtisodiy jurnal»
muharriri, davlat amaldori, moliya vazirligining iqtisod bo‘yicha
maslahatchisi lavozimlarida ishladi.
Buyuk turg‘unlik davrining boshidan boshlab J.M.Keyns iqtisodiy
inqiroz va ish bilan bandlik savollari bilan yaqindan shug‘ullana
boshladi. 1929-yili u ishsizlik muammolari bo‘yicha iqtisodiy kengash
raisi etib tayinlandi. Ikkinchi jahon urushi yillari (1940) u Britaniya
xazinachiligi maslahatchisi qilib tayinlandi. 1941-yili u AQSH hukumati
bilan lend-liz kelishuvi bo‘yicha materiallarni
va boshqa moliyaviy
hujjatlarni tayyorlash uchun ingliz hukumati delegatsiyasi tarkibiga
kiritildi. 1942-yilda Angliya banki direktorlaridan biri etib tayinlandi.
J.M.Keyns 1944-yilda Xalqaro valuta fondi va Xalqaro tiklanish va
rivojlanish bankini tashkil etish rejasini
ishlab chiqqan Bretton-Vuds
valuta konferensiyasiga o‘z mamlakatining bosh vakili qilib tasdiqlandi.
Keyin esa ushbu xalqaro moliyaviy tashkilotlarining boshqaruv
a’zolaridan biri etib tayinlandi.
Dostları ilə paylaş: