304
ko‘paytirishga
moyildirlar, lekin bunda iste’mol daromad ortgan
darajada oshmaydi».
Bu hol shu narsani bildiradiki, agar daromad o‘zgarsa, iste’mol
ham shu yo‘nalishda o‘zgaradi, lekin iste’mol o‘zgarishi
daromad
o‘zgarishi darajasidan past bo‘ladi. J.M. Keyns iste’mol o‘zgarishi bilan
ushbu o‘zgarishni keltirib chiqargan daromad o‘zgarishi o‘rtasidagi
nisbatni iste’molga bo‘lgan me’yorli moyillik deb atadi va uni quyidagi
formula bilan ifodaladi:
MPC =
C
Y
Iste’mol va umumiy daromad o‘rtasidagi nisbatni esa, u
iste’molga bo‘lgan o‘rtacha moyillik deb atadi:
APC =
C
Y
Yuqorida qayd qilib o‘tganimizdek, J.M. Keyns o‘z nazariyasida
iste’molga bo‘lgan moyillik tushunchasi bilan birga jamg‘armaga
bo‘lgan moyillik tushunchasini ham ilgari surdi. Jamg‘armaga bo‘lgan
me’yorli moyillik – bu jamg‘arma miqdori o‘zgarishi bilan daromad
o‘zgarishi o‘rtasidagi nisbatdir:
MPS =
S
Y
Jamg‘armaga bo‘lgan o‘rtacha moyillik esa jamg‘armaning
umumiy daromadga bo‘lgan nisbati bilan ifodalanadi:
APS =
S
Y
Bu yerda shu narsani qayd qilib o‘tish kerakki,
agar umumiy
daromad oshsa, unda kishilar ushbu oshgan daromadning bir qismini
iste’molga sarflasalar, ikkinchi qismini jamg‘aradilar.
Shuning uchun
jamg‘arma va iste’mol o‘zgarishlari yig‘indisi daromad o‘zgarishiga
teng, ya’ni:
unda,
C
/
Y
+
S
/
Y
=
1
C
+
S
=
Y
Masalan, daromad 3 ming so‘mga ko‘paydi, bunda iste’mol 2100
so‘mga, jamg‘arma esa 900 so‘mga ortdi deylik. Unda MRS = 2100 :
3000 = 0,7, MRS = 900 : 3000 = 0,3. Bu qo‘shimcha har bir so‘mlik
daromadning 70 tiyini iste’molga, 30 tiyini esa jamg‘armaga
sarflanayotganini birdiradi.
306
jamg‘armaning ham umumiy miqdori ko‘payib boradi, lekin
iste’molning nisbiy hissasi kamayib boradi, jamg‘armaning hissasi esa
oshib boradi. Masalan, MRS + MRS = 0,7 + 0,3 = 1; bir oz vaqt
o‘tgandan keyin 0,6 + 0,4 = 1 keltirib chiqarishi mumkin. J.M. Keyns
daromadlar ko‘payib borishi bilan iste’mol
xarajatlari hissasining
nisbatan pasayib borishini inson xatti-harakatidagi sabablarga bog‘lab
tushuntiradi. Bunday sabablar hammasi bo‘lib – xasislik, ehtiyotkorlik,
tejab-tergab sarflash va b. Natijada, iste’molga bo‘lgan me’yorli
moyillik jamiyatda pasayib boradi. Iste’mol talabi aynan o‘sha me’yorli
moyillikka bog‘liq. Ko‘payib borayotgan jamg‘arma miqdorining
investitsiya tovarlariga bo‘lgan talabga aylanishi qiyinlashadi.
Bu aytilganlar
shu narsadan dalolat beradiki, J.M. Keynsning
tadqiqot metodologiyasida noiqtisodiy omillar – davlat (ishlab chiqarish
vositalariga va yangi investitsiyalarga bo‘lgan
iste’mol talabni
rag‘batlantiruvchi sifatida) va odamlarning psixologiyasi (xo‘jalik
yurituvchi subyektlarning o‘zaro munosabatlarini
oldindan belgilab
beruvchi sifatida) ham iqtisodiy o‘sishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: