310
Odamlar qimmatli qog‘ozlarni sotib
olish uchun ularning kursi
pasayishini kutadi. Bunday vaziyat odamlarni o‘z qo‘llarida ancha
likvidli mablag‘ – naqd pullarni ushlab turishga undaydi.
Foiz stavkasi past bo‘lganda qimmatli qog‘ozlar kursi yuqori
bo‘ladi. Foiz stavkasi ko‘tarilishi bilan obligatsiyalar kursi pasaydi.
Demak, chayqovchilik funksiyasi likvidligi foiz me’yoriga bog‘liq.
Foiz me’yori qancha past bo‘lsa, chayqovchilik motivi bo‘yicha
naqd mablag‘larga talab shuncha yuqori bo‘ladi. Foiz me’yori
qancha
yuqori bo‘lsa, naqd pulga talab shuncha past bo‘ladi (yuqorida
ko‘rsatilgan sababga ko‘ra).
Shunday qilib, pulga bo‘lgan yalpi talab ikki qismdan tashkil topadi:
a) oldi-sotdi (sdelka) uchun talab (milliy daromad darajasidan kelib
chiqadigan funksiya), b) chayqovchilik uchun talab (foiz stavkasi
funksiyasi):
Dm = f (Y,R)
Ehtiyotkorlik ham likvidlik ustunligini
keltirib chiqaruvchi
sabablardan biri hisoblanadi. Qimmatli qog‘ozlar – jamg‘arma
to‘plashning xatarli shaklidir. Shuning uchun odamlarga aktivlari
bexatar hisoblangan naqd ko‘rinishdagi o‘ziga xos sug‘urta fondi zarur.
Pul massasi va foiz stavkasi.
Keynscha modelda baholar
o‘zgaruvchan emas. Shuning uchun pul massasining ko‘payishi ishlab
chiqarish darajasiga baholarning o‘sishi orqali emas, balki foiz stavkasi
orqali ta’sir ko‘rsatadi.
Agar yangi klassiklar pul massasi
makroiqtisodiy jarayonlarga
faqat «to‘g‘ri» ta’sir ko‘rsatish mexanizmini, Viksell – ham «to‘g‘ri»
ham «egri» mexanizmlarini tadqiqot qilgan bo‘lsalar, J.M.Keyns esa
e’tiborni faqat «egri» mexanizmga qaratdi.
Foiz stavkasi ikkita sababga ko‘ra o‘zgarishi mumkin: yo o‘z
aktivlarining bir qismini pul shaklida ushlab turgan kishilarning
psixologik kayfiyatidagi o‘zgarishlar oqibatida (pulga bo‘lgan
talab egri
chizig‘ining siljishi), yoki pul massasining o‘zgarishi natijasida (pul
taklifi egri chizig‘ining siljishi).
Agar foiz stavkasi R
1
darajada o‘rnatilgan bo‘lsa (13-rasmga
qarang), unda uning R
2
darajaga pasayishi faqat pulga bo‘lgan
talab
egri chizig‘i chapga (D
2
) siljigandagina yoki pul taklifi egri chizig‘ining
o‘ngga (S
2
) siljishi natijasida sodir bo‘ladi.