Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə159/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

Tayanch so‘z va iboralar: 
makroiqtisodiyot, makroiqtiodiy tahlil, 
inqiroz, ishsizlik, samarali talab, jamg‘arma, investitsiya, multiplikator, 
pulning likvidliligi, likvidlilik, pul massasi, foiz stavkasi 
12-mavzu YUZASIDAN XULOSALAR 
 
1929–1933-yillari klassik maktab g‘oyalari tamomila tanazzulga 
uchrab, dunyo yangi iqtisodiy g‘oyaga muxtoj edi. Bu davrda bozor 
iqtisodiyotini muvozanatli holatini buzadigan insonlarning psixologik 
moyilligi bo‘lgan jamg‘arish bilan bog‘liq bo‘lib, aynan shu moyillik 
buyuk depressiyani keltirib chiqardi. U iqtisodiy fanni yana qayta ko‘rib 
chiqishga majbur qildi. Mana shunday davr, ya’ni XX asrning o‘ttizinchi 
yillarida makroiqtisodiy nazariya bo‘lgan Keynschilik ta’limoti iqtisodiy 
tarixga kirib keldi. Mazkur bobda biz Keyns ta’limoti hamda 
postkeynschilik g‘oyalari bilan tanishamiz. 
1929–1933-yillardagi jahon iqisodiy inqirozi avvalgi «sof ta’limot» 
nazariyotchilarining fikriga qo‘shimcha kiritishni talab etdi. Iqisodiy 
ta’limotlar tarixida Keyns inqilobi deb nom olgan o‘zgarish ro‘y berdi. 
Agar avvallari bozor iqtisodiyoti barcha muammolarni avtomatik 
ravishda hal qiladi degan g‘oya ustun bo‘lsa, Keyns ularga boshqacha 
qarab, davlatning iqtisodiyotga aralashuvini zarur deb hisobladi. Bandlik 
foiz, milliy daromad, investitsiyalar o‘rtasidagi munosabatlar o‘rganilib, 
«aralash iqtisodiyot», multiplikator tushunchalari kiritildi. Keynschi va 
Neokeynschilar 
davlatning 
iqtisodiyotga 
aralashuvini 
qo‘llab, 
«akselerator koeffitsiyenti»ni qo‘lladilar, unga ko‘ra daromadlarning 
investitsiyalarga ta’sirini ko‘rish mumkin. Keynschilikning ayrim 
shakllarida indikativ rejalashtirish ham qo‘llab-quvvatlanadi. Ishsizlik 
va inflyatsiyani bandlik yo‘li bilan hal etish mumkin degan g‘oya ustun. 


318 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin