Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə160/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

NAZORAT SAVOLLARI 
1.
Keyns makroiqtisodiyoti nimada namyon bo‘ldi? 
2.
Keynsning multiplikator modelining shakllanishi bosqichlari 
qaysilar? 
3.
Yangi 
keynschilik 
nazariyasi 
va 
muvofiqlashtirishda 
muammolar nimalarda namoyon bo‘ldi? 
4.
Postkeynschilik iqtisodiyotini ta’riflang. 
5.
Samarali talab deganda nima tushunasiz? 
6.
Insonning psixologik moyilligi nimada? 
7.
Jamg‘armalarning investitsiyalarga aylanishi muammosi va 
investitsiyalarga ta’sir etuvchi boshqa omillar. 
8.
Multiplikator nima? 
9.
Postkeynschilar kimlar? 
10.
Keyns g‘oyalarining hozirgi davridagi ahamiyati nimada? 


319 
13-
 
MAVZU. NEOLIBERALIZM G‘OYALARINING MOHIYATI 
VA AHAMIYATI 
(2 soat) 
13.1.
 
NEOLIBERALIZM KONSEPSIYASI 
 
Liberalizmning asosiy belgilari erkin raqobat davridagi tovarli 
iqtisodiyotning o‘ziga xosligini aks ettirgan. Liberalizm, iqtisodiy 
siyosat sifatida, erkin tadbirkorlik tizimini xo‘jalikni tashkil etishning 
ancha qulay shakli deb qaragan. 
Erkin bozor mexanizmi iqtisodiy resurslarni optimal taqsimlash va 
foydalanishni 
ta’minlaydigan 
yagona 
tartiblovchi 
mexanizm 
hisoblangan, davlat esa, ba’zi bir ijtimoiy munosabatlarni tartibga solib 
turuvchi kuch sifatida amal qilgan (A.Smit bo‘yicha “tungi qaraul”). 
XX asrning 30-yillarining o‘rtalariga kelib keyinschilikning 
rivojlanishi bilan iqtisodiy nazariyada va amaliyotda liberal yo‘nalish 
inqirozi namoyon bo‘la boshladi. Uning natijasida: bir guruh 
iqtisodchilar o‘zlarining qarashlaridan voz kechgan holda keynschilikka 
qo‘shilib ketdi va bu yangi ta’limotni ancha to‘g‘ri deb hisobladi; 
ikkinchi guruh iqtisodchilar bozor munosabatlarida davlatning xarakteri, 
o‘rni va roli to‘g‘risidagi o‘zlarining ko‘z qarashlarini himoya qildi va 
ularni qayta o‘zgartirgan holda neoliberalizm guruhini tashkil etdi. 
Keyinchalik iqtisodiy fanda neoliberal konsepsiyasining asosiy 
tamoyillari ishlab chiqildi va ularning amaliyotda amal qilishi ko‘rsatib 
berildi, neoliberalizm oqimi va maktabi shakllantirildi, shuningdek, 
mazkur konsep- siyaning mohiyati va mazmuni to‘g‘risida bir butun 
tushunchalar yaratildi. 
Neoliberalizm: xususiyati va asosiy belgilari. 
Neoliberalizm, bozor 
munosabatlari tizimi xo‘jalik yuritishning ancha samarali shakli 
ekanligi, u iqtisodiy rivojlanish va o‘sish uchun eng qulay shart- 
sharoitlarni 
yaratib 
berishi 
to‘g‘risidagi qoidaga asoslanadi. 
Neoliberallar iqtisodiyotni erkinlashtirish, bahoning erkin shakllanish 
tamoyillaridan, iqtisodiyotda xususiy mulkning va nodavlat xo‘jalik 
tuzilmalarining yetakchilik rolidan foydalanish tarafdori hisoblanadi. 
Bunda ular davlatning iqtisodiyotni tartiblashdagi rolini futbolni 
boshqarib boradigan, lekin o‘yinda ishtirok etishga haqqi bo‘lmagan 
hakamga o‘xshatadi. 


320 
Iqtisodiyotni davlat tartiblashining neoliberal konsepsiyasi 
vakillari L.Erxardning – “mumkin bo‘lgan barcha joyda – raqobat, 
qayerda zarur bo‘lsa o‘sha yerda – tartiblash” qoidasiga amal qilgan 
holda, iqtisodiy jarayonlarda davlat ishtirokini kamaytirish va 
iqtisodiyotdagi nomuvozanatlikni bartaraf etishning sharti sifatida 
tadbirkorlarning erkin va barqaror amal qilishga ko‘maklash zarurligini 
isbotlab berdi. 
Neoliberalizmning asosiy belgilari: 

bozor mexanizmi va erkin raqobat ustunligini e‘tirof etgach, 
neoliberallar raqobat muhitini shakllantirish va unga amal qilishni 
nazorat qilish bo‘yicha davlatning iqtisodiyotga aralashuvini mumkin 
deb hisoblaydi; 

zamonaviy iqtisodiyotning samaradorligini ta’minlashda 
iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining erkin amal qilishini qo‘llab- 
quvvatlaydi; 

monopoliyani milliy xo‘jalikning har tomonlama rivojlanish 
yo‘lidagi to‘siq deb e’lon qiladi va iqtisodiyotdagi monopol moyillik 
bilan kurashning zarurligini asoslab beradi; 

o‘zini keynschilikka va xo‘jalik hayotiga faol aralashuv tamoyiliga 
asoslangan totalitarizmga qarshi raqib deb hisoblaydi. 
XX asrning 30-yillaridayoq erkin raqobat tizimini cheklovchi 
iqtisodiyotni davlat tartiblashining keynschilik g‘oyalariga qarshi, 
davlatning iqtisodiyotga aralashuvining muqobil neoliberal chora- 
tadbirlari turli mamlakatlarda ishlab chiqarila boshladi. Hozirgi zamon 
sharoitida “neoliberallar” nomi bilan ataluvchi bir qancha maktablar 
amal qiladi. Unga Chikago (M.Fridman), London (F.Xaek), Frayburg 
(V.Oyken, L.Erxard) maktablarini kiritish mumkin. 
“Ordoliberalizm” nima? 
Ikkinchi jahon urushidan keyin 
neoliberalizm g‘oyalari, eng avvalo G‘arbiy Germaniya amaliyotida 
muvaffaqiyatli qo‘llanila boshladi. Bu yerda 1948-yildan neoliberalizm 
Bonning rasmiy doktrinasiga aylandi. O‘sha yili V.Oykenning 
muharrirligi ostida xo‘jalik va ijtimoiy tuzum to‘g‘risidagi 
neoliberallarning yillik jurnalining birinchi soni “Ordo” nomi bilan chop 
etildi. V.Oyken ishlatgan “Ordo” so‘zi “Tabiiy tuzum ... Erkin 


321 
bozor xo‘jaligi” tushunchasini bildiradi. Germaniyada neoliberalizm 
doktrinasi “Oyken maktabi” ta’sirida, hatto “ordoliberalizm” deb atala 
boshladi. 
Ordoliberal konsepsiyasi asosida “ijtimoiy bozor xo‘jaligi” 
konsepsiyasi ishlab chiqildi. Uni ishlab chiqqan iqtisodchi professorlar 
Alfred Myollyer-Armak, Aleksandr Ryustov, Vilgelm Repke va 
Lyudvig Erxardlar hisoblanadi. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin