Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə161/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

13.2.
 
F.XAEK VA UNING IJTIMOIY- 
IQTISODIY G‘OYALARI 
 
Fridrix 
fon 
Xaek 
(1899–1992) 
neoliberalizmning otasi hisoblanadi. U juda 
ko‘p 
iqtisodiy 
va 
ijtimoiy-falsafiy 
mazmundagi asarlarning muallifi, ularning 
ichida asosiylari: 
“Baholar va ishlab 
chiqarish” (1929), “Pul nazariyasi va 
iqtisodiy sikl” (1933), “Foyda, foiz va investitsiyalar” (1939), 
“Kapitalning sof nazariyasi” (1941), “Qullikka yo‘l” (1944), 
“Erkinlik konstitutsiyasi” (1960), “Sof pullar” (1976), “Erkin 
kishilarning siyosiy tuzumi” (1973–1979). 
Inson erkinligining ustunligini F.Xaek bosh tamoyil sifatida 
ko‘rsatadi. Erkinlik – bu davlat tomonidan har qanday majbur 
qilishning bo‘lmasligi. F.Xaek fikriga ko‘ra, davlat maorifni tashkil 
qilish bilan ham, ijtimoiy sug‘urtani tashkil qilish bilan ham, kvartira 
haqi stavkasini tartiblash bilan ham shug‘ullanmasligi kerak, bunday 
xatti-harakatlar “ma’muriy despotizm”dan boshqa hech narsa emas
davlatni pul emissiyasini amalga oshirishdagi monopol huquqidan ham 
mahrum etish kerak; davlatga ishonib topshirish mumkin bo‘lgan 
maksimum narsa – bu qarilik pensiyalarini, ishsizlik bo‘yicha 
nafaqalarni to‘lash. 
F.Xaek “o‘z-o‘zidan bo‘ladigan tartib” konsepsiyasini qattiq turib 
himoya qildi. Unga ko‘ra, zamonaviy jamiyatni tavsiflovchi uning 
barcha elementlari yig‘indisi hech vaqt inson tomonidan ongli ravishda 
tashkil etilishi mumkin emas (chunki uning bilimi, ongi cheklangan), 
Fridrix fon Xaek (1899–1992) 


322 
aksincha ular o‘z-o‘zidan yuz beradigan tartib doirasida rivojlanib 
boradi. “Biz hodisalar o‘rtasidagi aloqani muayyan darajada 
tushunishimiz mumkin, lekin ularni boshqara olmaymiz”, – deb yozadi 
F.Xaek. Ijtimoiy tartib ongli xatti-harakat natijasi bo‘lishi mumkin emas. 
Jamiyatda o‘rnatilgan tartib o‘z-o‘zidan bo‘ladigan xatti-harakat 
natijasidir. 
F.Xaek makroiqtisodiy tahlilga salbiy munosabatda bo‘lgan. 
Uningcha, mikroiqtisodiy jarayonlarni tadqiq qilish bir butun 
iqtisodiyotning amal qilishini tushuntirib berish uchun zarur va yetarli 
hisoblanadi. Alohida xo‘jalik subyektlarining xatti-harakatining 
muvofiqlashuvi muammosi axborot yordamida hal etilib turiladi. 
Axborot bozor bahosi mexanizmi orqali kelib tushadi, u xo‘jalik 
ishtirokchilariga ustunlik beradi. 
Bozorning samaradorligi shunda ko‘rinadiki, 
unda 
aniq 
axborotlar yetarli va ular tez tarqaladi. Natijada ideal emas, lekin shunga 
yaqin muvozanat o‘rnatiladi. 
F.Xaek ijtimoiyizmni tanqid qiluvchilardan biri sifatida, to‘liq va 
operativ axborotga ega bo‘lmagan markaziy rejalashtirish bozor 
iqtisodiyotiga o‘xshab samarali amal qila olmasligini ko‘rsatib berdi. 
Baholarning bir markazdan o‘rnatilishi, ularning ustidan nazorat qilib 
turilishi, F.Xaekning fikri bo‘yicha, axborotning buzilishiga, noto‘g‘ri 
tarqalishiga olib keladi. Baho talab va taklifni to‘g‘ri aks ettirmaydi, 
mahsulotlarga bo‘lgan talab to‘g‘risida ishlab chiqaruvchi aniq tasavvurga 
ega bo‘lmaydi. 
F.Xaek bo‘yicha, pul emissiyasiga bo‘lgan davlat monopoliyasi 
erkin jamiyat uchun zararli, negaki hukumat bunday monopoliya 
yordamida o‘z fuqarolari hisobiga davlat muammolarini yechishga 
urinadi (masalan, davlat qarzi muammosi, davlat xarajatlarining 
ko‘payib ketishi va b.). U davlat emissiyasini xususiy emission 
banklarning erkin raqobati bilan almashtirishni taklif qiladi. Xususiy 
valutalarni chiqarayotgan banklar o‘rtasidagi erkin raqobat natijasida 
odamlar kundalik hayotda foydalanish qo‘l keladigan ancha barqaror 
valutani tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 


323 
Valtyer Oyken (1891–1950) 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin