Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə163/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

13.4.
 
L.ERXARDNING IQTISODIY 
ISLOHOTLARI 
 
G‘arbda neoliberal yo‘nalish tarafdorlari 
ichida 
Lyudvig Erxard 
(1897–1977) alohida 
ajralib turadi. Uning bevosita ishtirokida 
1950-yilga kelib G‘arbiy Germaniya krizis 
holatidan olib chiqildi va unda pul va iqtisodiy 
islohotlar amalga oshirildi. L.Erxard 
Lyudvig Erxard (1897–1977) 


325 

iqtisodchi va yangi xo‘jalik tartibi asoschisi hisoblanadi. 1945- 
yilning oxirida Bavariya iqtisodiyot vaziri etib tayinlangan L.Erxard 
Germaniya iqtisodiyoti «jiddiy tuzilmaviy qayta qurishga muhtoj» deb 
ko‘rsatib beradi va real vaziyatdan kelib chiqqan holda to‘g‘ri ish 
yuritish zarurligini uqtirib o‘tadi. 
Uning takidlashicha, bozor iqtisodiyotidan rejali iqtisodiyotga 
o‘tish asosiy muammo hisoblanmaydi, chunki «balanslashuvga moyil 
iqtisodiyotdan qaytish oson», ammo «rejali iqtisodiyotni erkin bozor 
xo‘jaligiga aylantirish juda katta qiyinchiliklar bilan bog‘liq», chunki 
tabiiy muvozanatdan chetga chiqqan iqtisodiyotga birdan, o‘tish 
davrisiz, erkin bozor imkoniyatlarini yaratib berish qiyin. 
Urushdan keyingi Germaniya iqtisodiyoti juda qiyin ahvolga 
tushib qolgan. Ishlab chiqarish quvvatining uchdan ikkisi ishlamasdi. 
Narxlar muttasil oshib borgan, mamlakatda «qora bozor» hukmronlik 
qilgan. Aholining qo‘lidagi pul vositalari milliy mahsulot miqdoridan 
deyarli o‘n barobar ortiq bo‘lgan. 
Birinchi chora-tadbir 1948-yili iyunda o‘tkazilgan pul islohoti 
bo‘ldi va u bir butun Germaniya iqtisodiyotini isloh qilishda katta rol 
o‘ynadi. Yangi nemis markalarini eski, muomaladan chiqarilayot- 
ganlari bilan almashtirish birga (yangi marka) o‘n (eski marka) nisbatda 
amalga oshirildi. Ish haqi, pensiya, kvartira haqi to‘lash birga bir 
nisbatida amalga oshirildi. 
Har bir kishi qirq markadan oldi. Almashtirishdan keyin qolgan 
pulning bir qismi maxsus schyotlarda muzlatib qo‘yildi. Bank tizimi 
isloh qilindi. Qo‘shimcha ko‘rilgan chora-tadbirlar yangi inflyatsiya 
kelib chiqishining oldini oldi: dastlab eski valutani yangi valutaga 
almashtirish kursi amalda bir yangi marka o‘n besh eski markani tashkil 
etdi. Pirovard natijada pul massasi (naqd mablag‘lar va bank depozitlari) 
14 martadan ko‘proq kamaydi. 
Islohot puxta tayyorlangan bo‘lib, u keskin va izchillik bilan 
o‘tkazildi. Islohotni tayyorlash va o‘tkazish ikki yilga yaqin davom etdi. 
Narx-navoning oshishi taxminan olti oy ichida to‘xtatildi. 1950-yil 
boshiga kelib ishlab chiqarish urushdan oldingi darajadan oshib ketdi. 
Iqtisodiy islohotning muvaffaqiyatli chiqishiga sabab nima? Uning 
asosiy sababi saqlanib qolingan moddiy bazaning mavjudligi, nisbatan 
arzon ishchi kuchi, aholining qondirilmagan talabining ishlab 


326 
chiqarishga faol ta’sir ko‘rsatishi bo‘ldi. Moliya va pul-kredit tizimining 
barqarorlashuvi muvaffaqiyatga erishishning zarur shart- sharoiti 
hisoblandi. Keyin AQSH va G‘arbdagi boshqa rivojlangan 
mamlakatlarning moliyaviy va moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashi 
islohotning muvaffaqiyatli chiqishiga turtki bo‘ldi. Iqtisodiy yordam 
Marshall rejasi bo‘yicha amalga oshirildi, shuningdek, oziq-ovqat, 
yoqilg‘i, urug‘lik, o‘g‘it boshqa yo‘llar bilan ham yetkazib turildi. 
Germaniya iqtisodiyotiga Amerika transporti va Amerika armiyasining 
boshqa anjomlari keltirib berildi. Imtiyozli shartlar bilan Yevropa qayta 
tiklash dasturi Fondidan kreditlar ajratildi. 
Hukumatning boshqaruv tizimini o‘z 
qo‘lida ushlab turishi, o‘z vaqtida iqtisodiy 
kursni o‘zgartira bilishi ham muhim ahamiyat 
kasb 
etdi. 
Garchi 
o‘zining 
iqtisodiy 
liberalizmga moyilligini yashirmagan bo‘lsa 
ham, L.Erxard «sof» liberal bo‘lgan emas. U 
tanlab olingan yo‘ldan og‘ib ketmaslik uchun 
davlat dastaklaridan keng foydalandi. 
Davlat qiyinchiliklarni boshidan kechira- 
yotgan 
tarmoqlarni, 
ayniqsa, 
toshko‘mir 
sanoatini, metallurgiya, elektroenergetikani 
qo‘llab-quvvatladi. Investorlarga va tadbirkorlarga soliq imtiyozlari 
yaratib berildi. 
L.Erxard va uning hamkasblari tomonidan olib borilgan islohot, 
Germaniya iqtisodiy taraqqiyoti uchun shart-sharoit yaratib berdi. U 
iqtisodiy qo‘llanmalarga kiritildi va qarorlarni realizatsiya qilish, qayta 
tashkil etish vositalaridan va metodlaridan samarali foydalanish uchun 
qulay paytni topish namunasi sifatida qaraladi. 
Shu bilan birga, hech bir namuna real shart-sharoitlarni, maxsus 
xususiyatlarni hisobga olmagan holda universal yechim yoki tayyor 
sxema vazifasini o‘tashi mumkin emas. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin