331
Monetarizm iqtisodiy ta’limotlar tarixida keng tarqalgan mashhur
va nufuzli oqimdir. Bu oqimning atoqli namoyandasi Chikago
universitetining
professori, iqtisodiy sohasida Nobel mukofoti sohibi
Milton Fridmen (1912–2006)
hisoblanadi. Monetaristlar ularni pul
massasi bilan ishlab chiqarish o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash uchun
tadqiq qildilar. Monetarizm keynschilar ta’limotiga muqobil tarzda
yuzaga kelgan bozor iqtisodiyotida pulni olqishlovchi nazariyadir.
Bozor mexanizmi ustunligiga asoslangan M.Fridmen nazariyasiga
ko‘ra, erkinlik va xususiy tadbirkorlik o‘rtasida ichki bog‘liqlik mavjud.
Faqat xo‘jalik erkinligi
sharoitida siyosiy erkinlikka, iqtisodiy
samaradorlikka va tenglikka erishish mumkin. Iqtisodiyotda nima qilish
kerakligini millionlab kishilardan ko‘ra davlat amaldorlarining yaxshi
bilishi dargumon, deydi M.Fridmen. Davlatning xo‘jalik jarayonlarga
aralashuvi iqtisodiyotning o‘zini-o‘zi tartiblash
tizimini buzishga olib
keladi. Shuning uchun davlat pul va ishlab chiqarish barqarorligini
ta’minlagan holda, pul muomalasini nazorat qilish bilan cheklanmog‘i
lozim.
Monetarizmning asosiy qoidalari.
M. Fridmen konsepsiyasini
tasavvur qilish uchun, uning tarafdorlari u yoki bu darajada qo‘llab-
quvvatlagan asosiy qoidalarni ko‘rib chiqamiz.
Monetaristlar
fikricha,
bozor
iqtisodiyoti
o‘zining ichki
xususiyatiga ko‘ra barqarorlikka, o‘zini o‘zi tartiblashga intiladi. Bozor
raqobati tizimi mustahkam barqarorlikni ta’minlaydi. Mabodo
muvozanat buzilsa, baholar uni tuzatishning bosh vositasi bo‘lib xizmat
qiladi. Nomutanosibliklarning
vujudga kelishi, odatda, ichki sabablar
natijasida emas, balki tashqaridan bo‘ladigan arashuvlar, davlat
tartiblashidagi xatolar natijasi hisoblanadi.
Bozor xo‘jaligining barqarorligi to‘g‘risidagi ushbu qoida
J.M. Keynsning iqtisodiyotiga davlat aralashuvining zarurligi
to‘g‘risidagi tasdig‘iga qarshi qaratilgandir. Aynan ular (ma’muriy,
baholar
dastaklari emas, soliq tizimi emas) iqtisodiyotni a‘lo darajada
barqarorlashtirishga qodir.
Agar J.M. Keyns budjet siyosatini ancha aniq, tezkor va natijasini
oldindan bilish mumkin bo‘lgan dastaklar sifatida baholagan bo‘lsa, M.
Fridmen undan farqli ravishda, pul-kredit siyosatini ana shunday
tavsiflaydi. Uningcha, (Keynsga qaraganda), pul–kredit siyosati
iqtisodiy faollikni ancha kuchaytiradi.
U pulni ishlab chiqarish, ish
332
bilan bandlik va baholarni aniqlashda yagona bosh omil sifatida qaraydi.
Pulning asosiy xususiyati uning likvidligida. Pulni xohlagan paytda
almashtirish, unga har qanday tovarni sotib olish mumkin.
M. Fridmen pul harakati (pul massasining o‘sish sur’ati) va yalpi ichki
mahsulot o‘rtasida o‘zaro chambarchas bog‘liqlik amal qilishiga
asoslanadi. Pul massasining o‘sish sur’atining tezlashuvi yoki
sekinlashuvi faol ish yuritishda, ishlab chiqarishning sikli tebranishida
aks etiladi.
Gap shundaki, pul massasidagi o‘zgarishlar natijasi asosiy iqtisodiy
parametrlarda birdan aks ettirilmaydi, balki biroz vaqtdan keyin ta’siri
bilinadi. Odatda, lag (vaqtincha o‘zilish) bir necha oyni tashkil etadi. U
shu
narsani bildiradiki, pul massasidagi o‘zgarishlar yalpi ichki
mahsulotga birdan emas, balki bir oz vaqtdan (oydan) keyin ta’sir
ko‘rsatadi. Shuning uchun pul siyosati joriy tartibdagi samaraga va qisqa
muddatli o‘zgarishlarga mo‘ljallangan bo‘lmay, balki uzoq muddatli
xarakterga ega.
Dostları ilə paylaş: