Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə173/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

NAZORAT SAVOLLARI 
1.
Neoliberalizm nima ma’noni anglatadi? 
2.
Neoliberalizm konsepsiyasi boshqa ta’limotlardan farqli jihati 
nimada? 
3.
F.Xaek ijtimoiy-iqtisodiy g‘oyalarida asosiy o‘rinni nima 
egalladi? 
4.
V.Oyken “iqtisodiy tizim” tiplari qaysilar? 
5.
V.Oyken bozor xo‘jaligi ta’rafdori edimi? 
6.
L.Erxardning iqtisodiy islohotlari nimalarda namoyon bo‘ldi? 
7.
Ijtimoiy bozor xo‘jaligi konsepsiyasining hozirgi kundagi 
ahamiyati? 
8.
Monetarizm konsepsiyasi nimada? 
9.
Monetarizmning asosiy qoidalarini aytib bering. 


346 
14-
 
MAVZU. HOZIRGI ZAMON IQTISODIY 
TA’LIMOTLAR EVOLYUTSIYASI (2 soat) 
14.1.
 
ISHSIZLIK, INFLYATSIYA VA INQIROZ 
MUAMMOLARINING IQTISODIY G‘OYALARDA AKS 
ETTIRILISHI 
Ishsizlik muammolarini ilmiy o‘rganmasdan mehnat bozori va 
ijtimoiy-mehnat munosabatlarini to‘la tasavvur etib bo‘lmaydi. Ishsizlik – 
bu, bozor iqtisodiyotining ajralmas xususiyatidir. 
Shunday ekan, ishsizlik muammosini o‘rganishdan asosiy maqsad – 
aholining ish bilan bandligini oshirish orqali mamlakat ishlab chiqarishini 
kengaytirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga aloqador 
tadbirlar ishlab chiqishdan iborat. 
Odatda, jahon mamlakatlari ishsizlik tushunchasini BMT, Xalqaro 
Mehnat Tashkiloti (XMT), Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish jamiyati 
talablariga ko‘ra ishlab chiqishadi. Xalqaro mehnat tashkilotining 13-
konvensiyasi ta’rifiga ko‘ra «ishsiz shaxslar» deganda, – ish joylariga ega 
bo‘lmagan, ishlashga tayyor va ish izlayotgan fuqarolar tushuniladi. Mana 
shu asosiy shartlarga rioya qilgan holda, turli mamlakatlarda fuqaroni 
ishsiz shaxs deb e‘tirof etish uchun qo‘shimcha shartlar talab qilinadi. 
Masalan, Amerika Qo‘shma Shtatlarida so‘nggi bir hafta mobaynida 
ish bilan band bo‘lmagan, so‘nggi to‘rt hafta davomida ishga joylashishga 
(bevosita ish beruvchiga yoki ish bilan ta’minlash davlat xizmatiga 
murojaat etish orqali) harakat qilgan, mehnat qilish qobiliyatiga ega 
bo‘lgan fuqarolar ishsiz shaxs deb e‘tirof etiladilar
172

Yaponiyada ishsiz shaxs deb so‘nggi bir hafta davomida bir soat ham 
ishlamagan, Buyuk Britaniyada esa, so‘nggi bir hafta mobaynida 
ishlamagan, shu davr mobaynida ish qidirgan yoki kasalligi tufayli ish 
qidirish imkoniyatiga ega bo‘lmagan fuqarolar tushuniladi. 
Ayrim mamlakatlarning qonun hujjatlariga binoan ishsiz deb, ishdan 
bo‘shatilgan va mehnat stajiga ega bo‘lganlar tushuniladi. 
Bandlik va ishsizlik muammolarini D.Keyns, P.Samuelson, A.Ouen, 
R.Kempbell, Makkonel Stenli, L.Bryu, A.Fisher va boshqalar o‘rgangan. 
Keyns bo‘yicha ishsizlik tovar va xizmatlarga samarali talabning 
yo‘qligi sababli ishlab chiqarishning to‘xtab qolish holida yuz beradi deb 
172 
Мanba: Internet tarmog

ining http://www.ilo.org ва http://www.indexmundi.com veb saytlari 
ma’lumotlaridan olindi. 


347 
hisoblagan. Ishsizlik pul-kredit yoki davlatning soliq-budjet siyosati orqali 
pasaytirish mumkin deb hisoblaydi
173

Amerikalik iqtisodchi olim Artur Ouken notabiiy yoki davriy 
ishsizlikning salbiy ta’sirga ega ekanligini matematik holda isbotlab berdi. 
A.Ouken qonuniga ko‘ra, ishsizlikning tabiiy darajasi 1 foizga oshganda 
yalpi milliy mahsulot 2,5 foizga kamayadi
174


Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin