Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»


J.Robinson “Nomukammal raqobatning iqtisodiy nazariyasi”



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə172/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

J.Robinson “Nomukammal raqobatning iqtisodiy nazariyasi” 
(1933 y.) 
Nomukammal raqobatning iqtisodiy nazariyasi – bu ingliz 
iqtisodchisi Joan Robinsonning kitobi hisoblanadi. J. Robinson bu kitobda 
mukammal raqobat real iqtisodiyotni ideallashtiradi, deb ta’kidlaydi. 
Robinson konsepsiyasida ishlab chiqaruvchilar mahsulot narxlarini 
qo‘yishda o‘z ta’sir qilish qobiliyatiga ega ekanligi aytiladi. Bu imkoniyat 
kompaniyaning o‘ziga xos mavqeidan kelib chiqadi. Bu jarayonda boshqa 
firmalar bozorga kirishda "huquqiy to‘siqlari" (bu atama Robinson 
tomonidan kiritilgan) tufayli adolatsiz raqobatga uchraydi. Robinson 
iqtisodni monopollashtirish ijtimoiy adolatsizdir, deb hisoblaydi. U ishlab 
chiqarish omillaridan foydalanganda, omillar tomonidan yaratilgan 
marginal qiymat nisbatan past qiymatda narxlanishini qayd etadi. Sanoat 
qanchalik 
monopollashtirilgan 
bo‘lsa, 
ishlab 
chiqarishda 
foydalanilayotgan omillar eksplutatsiyasi shunchalik darajada kuchli 
bo‘ladi. Robinson ommaviy monopol ishlab chiqarishda omillarning 
nisbatan tejamkorlik darajasini ta’minlashini tan oladi. Ingliz iqtisodchisi, 
shuningdek, monopoliyada “narx diskriminatsiyasi” (bu atama ham 
Robinson tomonidan kiritilgan) ham mavjudligini tan oladi. 
Tayanch so‘z va iboralar: 
neoliberalizm, invidualizm, erkin 
iqtiodiyot, ijtimoyi bozor xo‘jaligi, foiz, pul, ish haqi, iqtisodiy tizim, erkin 
raqobat, liberalizm, monetarism, pul, pulning likvidliligi, bozor erkinligi, 
ayirboshlash, foiz stavkasi, narx, pul massasi, pulga bo‘lgan talab va taklif. 


345 
13-mavzu YUZASIDAN XULOSALAR 
 
Keynschilik bilan barobar shakllangan nazariyalardan yana biri 
neoliberalizm 
nazariyasidir. 
Keynschilik 
ta’limoti 
davlatning 
iqtisodiyotga faol aralashuvini oqlagan bo‘lsa, neoliberalizm esa liberal 
g‘oya bilan davlatning uyg‘un holatda iqtisodiyotga aralashishini oqlagan 
oqimdir. Mazkur g‘oyalar hozirda ko‘p davlatlarda ijtimoiy yo‘naltirilgan 
bozor iqtisodiyotini shakllantirishiga sababchi bo‘lgan deb aytsak bo‘ladi. 
Mazkur bobda biz neoliberalizmning Chikago (M.Fridman), London 
(F.Xaek), Frayburg (V.Oyken, L.Erxard) maktablarini yoritib o‘tamiz. 
Neoliberalizm keynschilik ta’limoti davrida yuzaga keldi, ammo 
davlatning iqtisodiyotga aralashuvi ancha boshqacha talqin etiladi. Davlat 
«sport sudyasi» vazifasini bajarishi, ya’ni erkin iqtisodiyot qonun- 
qoidalarini tartibga solishi kerak xolos. Bu yo‘nalishning yirik uch markazi 
Germaniya, AKD1 va Angliya paydo bo‘ldi. Germaniya ijtimoiy bozor 
xo‘jaligi konsepsiyasi ilgari surildi va amalda yaxshi natijalar berdi, davlat 
iqdisodiy siyosati darajasiga ko‘tarildi. Ijtimoiy va boshqa mamlakatlarda, 
xususan, mustaqil Uzbekistonda ham muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. 
Chikagoda paydo bo‘lgan monetarizm maktabi M. Fridman nomi bilan 
mashhur bo‘ldi, uning konsepsiyasidagi asosiy masala davlatning 
qattiqqo‘l pul siyosatidir, har yili konyunkturaga bog‘lanmagan holda pul 
massasini 3-4% oshirish taklif etiladi, bu yo‘l AKD1da yaxshi natija berdi. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin