Zamonaviy institutsiolist vakillari. Amerikalik iqtisodchi
Elvin Toffler (1928–2016) o‘zining “Kelajak bilan to‘qnashuv” (1970),
“Uchinchi to‘lqin” (1980 y.) asarlari bilan superindustrial jamiyat
nazariyasini yaratdi. U o‘z asarida jamiyat
rivojlanishining
“to‘lqin”lari: birinchisi – qishloq xo‘jaligi, ikkinchisi – sanoat,
uchinchisi – ilmiy-texnik inqilobni tahlil qildi. Bunda u “uchinchi
to‘lqin” industrial jamiyatdan
superindustrial hisoblanilgan sifatiy
bosqichga ko‘chishini aytib, bunda ilmiy va axborot o‘zgarishlari
ijtimoiy hayotni qayta tashkil etilishiga sababchi bo‘ladi, deydi.
Toffler, G‘arbning rivojlangan davlatlari superindustrial jamiyatning
birinchi bosqichida deb hisoblagan.
Ilmiy-texnik va axborot taraqqiyotining
keyingi rivojlanishi hayot tezligini yanada
oshiradi, ya’ni ular o‘rtasidagi munosabatlar
(internet
rivojlanishi
sababli)
qisqaradi,
kasblarning o‘zgarishi odatiy holga aylanadi,
mahsulotlarning hayotiylik sikli qisqaradi, bir
martalik ishlatiladigan tovarlar ko‘payadi,
xizmatlar sohasi yetakchilik qiladi deb
hisoblagan.
Buning
oqibatida
shaxsiy
o‘zgarishlar yangi shartlarni kasb etadi, insonlar
o‘z kasblarini o‘zgartirishi tezlashadi
degan.
Eng
asosiysi
psixologik
qoniqish,
foydalilikni
maksimallashtirishga qaratiladi.
Ilmiy-texnik taraqqiyot, Toffler fikricha, yangi global va ijtimoiy
ziddiyatlar o‘zgarishlariga olib keladi. “Ekspazm” atamaning ishlatilishi
inqiroz holatlarga ijtimoiy hayotning javobidir deb hisobladi. Bunda
ijodiy kuchlar jamiyat hayotida o‘zgarishlarni vujudga keltiradi va
iqtisodiy rivojlanish darajasi yangisi bilan almashishiga olib keladi.
Toffler milliy xo‘jalik hayotidagi barcha o‘zgarishlar rejali va davlat
nazorati ostida bo‘ladi deb hisoblaydi. U transnatsional siyosiy
harakatlar yuzaga kelayotgan jarayonlarni
Elvin Toffler (1928–2016)
355
Fransua Perru
(1903–1987)
nazoratga ola olishini, tabiatni ochlik va kasalliklar kabi zararli holatlari
bilan kurashishiga sababchi bo‘lishini aytadi.
Ijtimoiy-institutsional
analizni
fransiyalik
iqtisodchi
va
jamiyatshunos