Inqiroz bo‘yicha nazariyalar. Inqiroz Avstriya iqtisodiy maktabi
vakillari tomonidan o‘rganilgan bo‘lib, u “xato amalga oshirilgan
investitsiyalar” deb tan olinib, ortiqcha investitsiya takror ishlab
chiqarishning zo‘riqishiga olib kelishini aytib o‘tishgan. Bunday
xatoliklarni investorlar asosan xato axborot tufayli amalga oshiradi.
Bunday axborotlar qatorida birinchi o‘rinda resurslar bozoridagi
narxlarning noto‘g‘ri talqin qilinishidir. Ishlab chiqarishni kengaytirishning
yagona yo‘li kredit evaziga uni tashkil qilishdir. Kredit ish faoliyatini
o‘ylab amalga oshirishga sababchi bo‘ladi, shu sababli u xatolarni ko‘ra
olmaydi deb hisoblanadi. Demak, inqiroz pul bozoridagi konyunkturaning
nostabil holatidir.
Karl Marks, XVIII asrning oxirigacha hech qanday ishlab chiqarish
revolyutsiyasi bo‘lmagan, shu sababli hech qanday inqiroz yuz bermagan
deydi. Marks inqiroz kapitalistik iqtisodning oqibatidir deydi. Inqiroz
sababi sifatida u talabdan ko‘ra ishlab chiqarish mahsulotlarining ko‘p
bo‘lishi holatini aytib o‘tgan. Chunki ishlab chiqaruvchi ko‘proq foyda
olaman deb ishlab chiqarish hajmini oshirib yuboradi.
Shu bilan birga iqtisodiy fanda inqirozning sababi psixologik omillar
bo‘lishi mumkinligini ta’kidlovchilar ham topiladi. Ular qatorida XIX
asrda ijod qilgan Dj.Mill ham bor, uningcha insonning ruhiy holati
inqirozga olib keladi
175
. Insonlar vahimasi tufayli kredit olish darajasi
pasayadi va uning oqibatida iqtisodda inqiroz holati yuz beradi deb
hisoblaydi. A.Grinspen bo‘lsa insonning
noratsional optimizm xarakteri
aktivlar qiymatini ko‘tarib yuboradi, bu bilan to‘satdan va uzoq muddatli
pasayish kuzatilishini aytadi
176
.
173
Manba
https://dic.academic.ru/dic.nsf/econ_dict/20585
sayti
174
Хоlmo’minov Sh.R., Shoyusupova N.Т., Хоlmurotov S.E. Mehnat bozori iqtisodiyoti. (O’quv
qo
‘
llanma) – Т.: ТDIU, 2006. 78–79-betlar.
175
Mills, J. 1868. On Credit Cycles and the Origin of Commercial Panics. Transactions of the
Manchester Statistical Society 1867—1868: 5-40.
176
Гринспен, А. 2009. Эпоха потрясений. Проблемы и перспективы ми-ровой финан¬совой
системы. –М.: Альпина Бизнес Букс.2009. С. 441—442.