Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə166/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

13.7.
 
IS-LM MODELI 
 
Tovar va pul bozorida umumiy muvozanatga erishish shartlari va 
makroiqtisodiy siyosat tadbirlarining bu ikki bozorga ta’sirini 
umumlashtirib tadqiq qilish IS-LM modeli yordamida bajariladi. IS-LM 
modeli birinchi marta 1937-yilda J.Xiks tomonidan Keynsning 
makroiqtisodiy konsepsiyasini izohlash uchun taklif etildi hamda 1949-
yilda A.Xansenning “Monetar nazariya va fiskal siyosat” nomli kitobi 
nashr qilingandan so‘ng keng yoyildi. Shu sababli bu model Xiks modeli 
yoki Xiks-Xansen modeli deb ham yuritiladi. 
IS-LM modeli qisqa muddatli davrda ham tovarlar ham pul bozorida 
birgalikda muvozanat o‘rnatilishi mexanizmini xarakterlaydi. Bunda 
tovarlar bozori deganda ham iste’mol, ham investitsion tovarlar bozori 
tushuniladi. U makroko‘lamda milliy ishlab chiqarish hajmining 
o‘zgarishi bilan birga narxlar umumiy darajasining o‘zgarishi o‘rtasida 
bog‘liqlikni tadqiq qilish, nima uchun ishlab chiqarish hajmi ayrim 
davrlarda barqaror o‘sishi, ba’zi davrlarda esa pasayib ketishi izohlab 
berish uchun ishlatiladi. 


333 
LM 
Foiz stavkasi 
r _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ 
IS 


Daromad, ishlab chiqarish 
15-rasm. IS-LM egri chizig‘i 
 
IS egri chiziq – bu tovarlar bozoridagi muvozanat egri chizig‘idir. U 
o‘zida tovarlar bozoridagi muvozanatni ta’minlovchi, foiz stavkasi r 
ning va daromad Y ning barcha o‘zaro birlashuvini ko‘rsatadi, LM egri 
chizig‘i esa pul bozoridagi muvozanat shartlarini qondiruvchi r va Y 
ning o‘zaro birlashuvini beradi. IS va LM egri chiziqlari kesishadigan 
nuqta 
IS-LM modelidagi iqtisodiy muvozanatlilik 
holatidir. Bu nuqta 
o‘zida shunday foiz stavkasi r ni va daromad darajasi V ni aniqlaydiki, 
qachonki ularda real xarajatlar rejalashtirilayotganligiga, real pul 
mablag‘lariga bo‘lgan talab ularning taklifiga baravar bo‘lgan bo‘lsa. 
Ya’ni mahsulotlar pul bozorida ham muvozanat shartlariga rioya qilinsa. 
Keynschilar ko‘p o‘tmay monetaristlar bilan fikrimiz bir xil bo‘lib 
chiqadi deb o‘ylagan edi, lekin monetaristlar o‘zlarining tushunishlari 
bo‘yicha ulardan farq qilishgan. Bu muammo keyns-neoklassik tizimida 
qayta yechilgan va monetaristlar elastik bo‘lmagan LM egri chizig‘ini 
aytgan bo‘lsalar keynschilar esa elastik LM egri chizig‘ini tatbiq 
etganlar. Natijada, oxir oqibat bu atama taqdimotlarda, monetaristik va 
keynschilik ta’limoti birga keladigan neo-keynschilik IS-LM modeli deb 
yuritilib, ular faqatgina bir necha o‘lchovlar bilan farq qiladigan bo‘ldi. 


334 
Irving Fisher (1867-1947) 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin