295
bosqichlarini ko‘rsatib berishga harakat qildi.
Unda ijtimoiy omillar
ikkinchi o‘ringa suriladi va ular texnologik sharoitlarni ta’minlash uchun
qancha zarur bo‘lsa, faqat shuncha darajada tahlil qilinadi.
Iqtisodiy o‘sish qonuniyatlari iqtisodiy tizim xususiyatlariga bog‘liq
emas, ular bozor va shuningdek, buyruqbozlikka asoslangan
iqtisodiyotda bir xil hisoblanadi.
U.Rostou iqtisodiy taraqqiyotning beshta bosqichini ko‘rsatib
beradi:
1.
An‘anaviy jamiyat
: «Nyutongacha bo‘lgan fan va texnika»
bilan hamda qishloq xo‘jaligining ustunligi bilan ifodalanadi.
2.
O‘tkinchi jamiyat.
Bu yerda iqtisodiy o‘sish
uchun shart-
sharoitlar yaratilgan bo‘ladi: fan yutuqlari ishlab chiqarishga tatbiq
etiladi, banklar paydo bo‘ladi, ishlab chiqarishni investitsiyalash
kuchayadi.
3.
Yuksalish davri
(sanoat inqilobi): eski an’anaviy
uklad asosan
tugatiladi, iqtisodiy o‘sish me’yorl holat hisoblanadi, ishlab chiqaruvchi
sanoatning asosiy tarmoqlarining jadal rivojlanishi amalga oshiriladi,
davlat eksportni rag‘batlantiradi.
4.
Yetuklik bosqichi
: aholining o‘sishga
qaraganda mahsulot
ishlab chiqarishning doimo ortiq bo‘lishi ta’minlanadi, milliy
iqtisodiyotning jahon xo‘jaligiga integratsiyalashuvi kuchayadi,
an’anaviy jamiyat batamom tugatiladi.
5.
Ommaviy iste’mol bosqichi
: uzoq muddat foydalaniladigan
iste’mol buyumlari va xizmat ko‘rsatish asosiy ahamiyat kasb etadi.
U.Rostou AQSH iqtisodiy tizimini
ijtimoiy evolyutsiyaning
yuqori bosqichi,
ommaviy iste’molning yuqori darajasi
bosqichi, barcha boshqa mamlakatlarning
kelajakdagi
rivoji uchun model deb
tasvirlaydi. Uningcha, kommunizm – bu
industrlashtirishni jadallashtirish zarurati
tug‘ilgan hollarda «o‘tkinchi
davrning
kasali», «yagona industrial jamiyat»ga
o‘tishning mumkin bo‘lgan yo‘llaridan
biridir. Sotsializm yuksalish bosqichiga yaqinlashganda va yuksalish
bosqichining o‘zida jamiyatni jadallashtirishga qodir. «Ammo
Uoltyer Rostou (1916–2003)
296
kommunizm o‘z mohiyatiga ko‘ra yuqori ommaviy iste’mol davrida
barham topishi kerak».
Hozir hammaga ayonki, bu bashorat amalga
oshdi.
Dostları ilə paylaş: