374
Kaneman iqtisodiyotda psixologik usullarni qo‘llagan tadqiqotlar
uchun yangi sohaning ochilishiga sababchi bo‘ldi. Kaneman ilmiy
fikrlari noaniqliklar sharoitida individ tomonidan qarorlarni qabul
qilishini ko‘rsatib, bu bilan iqtisodiy nazariyada umum qabul qilingan
qonuniyatlar hayotga mos kelmasligini ko‘rsatib berdi. Kaneman Amos
Tverskiy bilan birgalikda individning qaror qabul qilish konsepsiyasini
ishlab chiqib, uni ehtimoliy bo‘lishi mumkin bo‘lgan
holat bilan mos
tushmasligini asoslab berdi. Ular iqtisodiyotda inson motivatsiyasini
o‘rganishda qo‘llaniladigan psixologik usullarni qo‘llab ko‘rdilar.
Chunki kognitiv psixologiya insonni murakkab tizim sifatida ko‘rish
kerakligini, undagi xis qilish, diqqat, xotira, xissiyotlar va boshqa
tarkibiy elementlar iqtisodiy jarayonlarda ham borligini isbotshdi.
Kaneman fikri bo‘yicha aqliy faoliyatni aks ettiruvchi elementlar doimo
bir holatda turmaydi, balki ular turli xil omillar evaziga o‘zgarib turish
xarakteriga ega. Kaneman insonnig ma’lum
bir qarorni qabul qilishi
individning psixologiyasidagi konsepsiya bilan tushintirdi. Bu o‘rinda
kognitiv nazariya insoning xatti harakati uning aqliy jarayonlar ta’sirida
natijasi bo‘lishini aytadi.
U o‘zining iqtisodiyotdagi psixologik muammolarini XX asrning
60-yillarida boshladi. Kaneman va Tverskiy insonlarni qaror qabul
qilishda samarasiz va xato bo‘lib ko‘ringan holatlarni individ
psixologiyasidagi o‘zgarishlar bilan bog‘lashdi. Ular insonning
psixologik
algoritmini yaratdilar, unga ko‘ra iqtisodni va bozorda
insonning xatti-harakatini obyektiv baholash mumkin bo‘ldi.
Tavakkalchilik va noaniqlik sharoitida inson qaror qabul qilishda o‘zi
uchun samarali deb hisoblagan xatti-harakatni amalga oshiradi deb
ko‘rsatdilar.
“Tavakkalchilik” tushunchasi XVIII asrda fransuz tilidan ingliz
adabiyotiga o‘tgan bo‘lib, “tavakkal”, “shubhali” ma’nosini bildiradi.
Bu tushuncha shu davrdan boshlab iqtisodiy adabiyot va ishbilarmon
muhitda keng ishlatila boshladi.
D.Kaneman
189
tavakkalchilikni ikki holatda ko‘radi:
1)
kutilayotgan natijaga erishish
jarayonidagi ehtimoliy chegara;
2)
iqtisodiy subyektning faoliyatida. Iqtisodiy subyekt bir qator
tavakkalchiliklar asosida iqtisodiy munosabatlarga kirishadi va shu
189
Kahneman D., Tversky A. (1979) Prospect theory: An analysis of decision under risk.
Econometrica
,
47. — 313—327.
375
asosda o‘z faoliyatini quradi. Ikkala yondashuv iqtisodiy jarayonlardagi
tavakkalchilik holatlarini qamrab oladi. Tavakkalchilik quyidagi
funksiyalarni bajaradi: a) analitik, ya’ni
tavakkalchilik
holatini
kamaytirishga qaratilgan choralarni tahlil qilish;
b) innovatsion – ya’ni noan’aviy qarorlarni qabul qilish;
d) stimulyatsion – individning ijodiy faoliyatini rivojlantirishga
qaratilgan.
Iqtisodiyotda ,shuningdek, Keneman bilan birga tavakkalchilik va
noaniqlik holati F.Nayt
190
tomonidan ham o‘rganilgan bo‘lib, o‘zining
“Tavakkalchilik, noaniqlik va daromad”
asarida iqtisodiyotning
muvozanatlashgan sharoitidagina emas, balki turg‘unlik sharoitida ham
daromad va noaniqlik doimiy mavjud bo‘lishini isbotlashgan
191
.
Dostları ilə paylaş: