Ekonomika
– Aristotel tushunchasi bo‘yicha – bu, eng avvalo,
dehqonchilikdagi kishilarning hamda hunarmandchilik va mayda savdo
bilan shug‘ullanuvchilarning asosiy va sharafli faoliyatidir. Uning
maqsadi – insonning eng muhim ehtiyojlarini qondirish hisoblanadi,
shuning uchun unga davlat g‘amxo‘rlik qilishi
kerak.
Xrematistika
– bu yirik savdo yo‘li bilan
boylik orttirish mahoratidir. Aristotelning
qayd qilib o‘tishicha, bunda boylik orttirish
maqsadiga erishishning cheki
Aristotel (m.o.384-322)
bo‘lmaydi. Bundan maqsad – boylik va pul
topishdir. Shu boisdan uning chegarasi yo‘q.
Ekonomikadan farqli ravishda, xrematistika zarur hisoblanmaydi va
39
History of economic thought. Harry Landreth, David C. Colander 48-b.
41
tabiat qonunlariga zid deb ko‘rsatiladi. Shunday kelib chiqqan holda,
Aristotelning xitob qilishicha, «ekonomika maqtovga sazovor,
xrematistika esa – tanbehga».
Qadimgi grek mutafakkirlarining ekonomika va xrematistikaga
bo‘lgan bunday munosabati, uning natural xo‘jalik mavqeda
bo‘lganligini yaqqol ko‘rsatib turibdi.
Aristotel o‘zining ekonomika va xrematistika konsepsiyasi
doirasida quldorlik davlat tuzilishini ideallashtirib, xo‘jalik hayotining
eng muhim unsurlarini sun’iy ravishda «soddalashtirdi». Masalan,
Aristotel fikri bo‘yicha, «haqiqatan ham narsalar shu qadar turli-
tumanki, ularni tenglashtirib (taqqoslab) bo‘lmaydi».
Shunga ko‘ra xulosa qilinadi: «5 qo‘ndoq = 1 uyga», chunki ularni
taqqoslash faqat go‘yoki pul tufayli amalga oshirilishi «kundalik
hayotda» ancha qulay. Tovar sifatidagi pulning o‘zi esa, olimning
fikricha, stixiyali ravishda emas, balki odamlar o‘rtasidagi kelishuv
natijasida kelib chiqqan va uni (pulni) «iste’molga yaroqsiz» qilib
qo‘yish «bizning ixtiyorimizda».
Aristotelning ekonomika va xrematistika konsepsiyasi
«kamchiligiga» ayirboshlashning ikkiyoqlama tavsifini ham kiritish
mumkin. Bu yerda gap shundaki, bir joyda ayirboshlash ehtiyojni
qondirishda asosiy omil sifatida ko‘riladi va tovarning iste’mol qiymatini
iqtisodiyot sohasining kategoriyasi sifatida talqin qilish imkonini beradi,
ikkinchi bir joyda – aksincha, ayirboshlash boylik orttirish sifatida
qaraladi va tovarning almashuv qiymatini xrematistika sohasining
kategoriyasi deyishga asos bo‘la oladi.
Nihoyat, shu konsepsiya nuqtayi nazardan Aristotel savdo shakllari
evolyutsiyasi bosqichlarini va pul muomalasini biryoqlama tahlil qilib,
o‘zining yirik savdoga va ssuda operatsiyasiga salbiy munosabatda
ekanligini namoyon etdi. Xususan, to‘g‘ridan to‘g‘ri tovar ayirboshlash
va pul vositasi orqali tovar ayirboshlash kabi savdoning dastlabki
shakllarini u ekonomika sohasiga kiritadi, savdo kapitalining harakatini,
ya’ni tovar ayirboshlash jarayonida dastlabki avanslangan pulning
ko‘payishini xrematistika sohasiga kiritadi.
Xuddi shunga o‘xshash, Aristotel pul muomalasi shaklini tadqiq
qiladi va pulning qiymat o‘lchovi va muomala vositasi tarzida aks
ettilishini – ekonomika sohasiga, pulning foydani ko‘paytirish vositasi
sifatida ishlatilishini esa xrematistika sohasiga kiritadi.
|