Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»


Ivan  Semenovich Peresvetov



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

Ivan 
Semenovich Peresvetov 
(tug‘ilish va o‘lish yillari aniq emas) Ivan 
Grozniy uchun davlatning iqtisodiy islohotlari dasturini yaratib berdi. 
49
А.Раззоқов, Ш.Ташматов, Н.Ўрмонов. Иқтисодий таълимотлар тарихи. –Т.: “IQTISOD- 
MOLIYA” 2007, 32 б. 


76 
Yermolay Yerazm 
(taxminan 1510-1550 yillar) 
O‘z g‘oyalarini “Konstantin podshohi haqida”, “Kitoblar haqida” 
(taxminan 1546–1549-yillar) orqali ifodalab, podsholik hukumatining 
kuchli tomonlarini, davlatni boshqarishda feodal va yuqori martabali 
shaxslarga tayanish lozimligini aytgan. 
O‘zining markaziy davlat g‘oyasiga 
asoslanib, soliq va boj to‘lovlarini xazinaga 
joylashtirishni, qozi va harbiylarga maosh 
belgilash lozimligini aytgan. Bu qonuniyatda, 
shuningdek, Rossiyada keng yoyila boshlangan 
o‘g‘rilikni oldini olish ham ta’kidlangan. 
Moliyaning 
markazlashtirilishi 
davlatning 
daromadlari ko‘payishini nazarda tutardi. 
XVI 
asrning 
ikkinchi 
yarmi 
islohotchilaridan yana biri 
Yermolay Yerazm 
(taxminan 1510–1550-yillar) bo‘lgan. Uning “Podsholik hukumati va 
yer hokimligini sevuvchilar uchun” asari Rossiyada birinchi maxsus 
iqtisodiy traktat rolini bajardi. Bu asar podsholar uchun davlatni 
boshqarish, yer o‘lchovini amalga oshirish ko‘rsatma-si sifatida yozildi. 
Ruhoniy bo‘lgan Yermolay barcha 
muammolarni diniy ma’naviyat orqali ko‘rdi, 
Serkov hokimiyatini birinchi qatorga qo‘ydi, 
boylikni esa ayyorlik va zo‘ravonlikka bog‘liq 
holat deb bildi. 
Qishloq xo‘jaligini asosiy ishchi tarmoq 
sifatida qarab, dehqonlar ahvolini yaxshi- 
lashni yoqladi, obrokni (daromadidan to‘lov 
turi) pulli ko‘rinishdan natural ko‘rinishga 
o‘tkazishni (dehqon olgan mahsulotini beshdan 
bir qismini tashkil etadi) taklif qildi. 
Bu taklif o‘sha davrda tovar-pul munosabatlarining faol rivojlanayotgan 
holatga qarshi hisoblanilardi. 
Yermolay markaziy hukumat podsholikka xizmat qilishi lozimligini 
ta’kidlaydi. Boyarlar, xarbiylar o‘zining davlat oldidagi xizmati uchun 
yerlar bilan (ichida shu yerda ishlaydigan kristianlar bilan birga) 
mukofotlanardi. XVI asrda, shuningdek, Ksenofontning “Davlat” 
asariga o‘xshash “Domostroy” asari yuzaga keldi. Uni 
Ivan Semenovich Peresvetov 


77 
muallifi ruhoniy Silvestr bo‘lib, o‘z asarini oldingi yozilgan 
qonuniyatlarni jamlagan holda keltirib, to‘ldirgan. Bu asar orqali 
xristianlarning huquqlari va natural xo‘jalikni yoqlab chiqdi. 
Shuningdek, unda yollanma ish yoqlanadi, obrokni pul ko‘rinishini keng 
targ‘ib qildi, tovar-pul munosabatlari islohotning asosiy kuchi deb 
aytadi. Demak, Rossiyadagi iqtisodiy g‘oyalar kuchli boshqaruvga ega 
podsholik hukumatini, davlat nazoratini yoqlab chiqilgan. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin