102
hozirgi davr uchun ham nihoyatda qadrlidir. Ayniqsa iqtisodiyot
masalalari bo‘yicha davlat va raiyat munosabatlari sinchiklab
o‘rganilgan. Asar 18 oy-bir yarim yilda yozib tugallangan
(Bolasog‘unda boshlangan va Qashqarda nihoyalangan) bo‘lsa ham, uni
yaratish uchun juda uzoq vaqt tayyorgarlik ko‘rilgan.
Donishmand fikricha, ezgu orzularga
faqat toat-ibodat bilangina
etishib bo‘lmaydi. Buning uchun talay ezgu ishlar qilish, foydali faoliyat
ko‘rsatish kerak, degan fikrni ilgari suradi. Borliq haqidagi bilimlarga
to‘qnashib, odam bilishi mumkin bo‘lmagan narsa, bilim bilan
echilmaydigan jumboq yo‘q, bilim tufayli osmon sari ham yo‘l ochiladi,
deydi. Bilish uchun esa tinmasdan o‘rganish lozim, deb uqtiradi.
Taniqli iqtisodchi
Adam Smitning iqtisodiy ta’limotga ko‘ra
(XVIII asr), mamlakatni iqtisodiy bo‘hrondan chiqarish uchun 3 narsa:
1)
tinchlik-osoyishtalik;
2)
me’yoridagi soliqlar;
3)
iqtisodiy erkin faoliyat yuritish imkoni talab etiladi.
Ana shu g‘oya aslida bizning mutafakkir tomonidan yetti asr
avval bayon etilgan.
Xalq, raiyat (soliq to‘lovchilar) mamlakat hukmdoridan uch
narsani kutadi, deb uqtiradi Yusuf Xos Hojib, bular:
1)
pulning qadrini ko‘tarish yoki (ushlab turish);
2)
xalqqa xususiy mulk huquqini ta’minlovchi
qonunlarni joriy
etish;
3)
yo‘llarni o‘g‘ri-qaroqchilardan muhofaza qilish.
Shoh esa fuqarolardan soliqni vaqtida to‘lashni (hozirgi kunda
ham nihoyatda dolzarb), chiqargan farmon qonunlarini bajarish hamda
do‘stiga do‘st, dushmanga dushman bo‘lishni talab qiladi, deb yozadi.
Ko‘rinib turibdiki, bunda jamiyat va siyosiy hokimiyat o‘zaro
mutanosib bo‘lishi zarurligi g‘oyasi aniq ifoda etiladi.
Pulning qadrli bo‘lishi haqidagi g‘oya, aslini olganda inflyatsiya
muammosi bilan chambarchas bog‘liq, baholarning mo‘tadilligi ham
ta’min etiladi. U o‘z navbatida inqirozsiz iqtisodiyot, erkin
muomaladagi valuta masalalariga borib taqaladi.
103
Yo‘llarni o‘g‘rilardan muhofaza qilish
ichki va ayniqsa tashqi
savdo (eksport-import)ni ta’minlash va qo‘llab-quvvatlashning
o‘zginasidir. Bu yerda savdoning xalq xo‘jaligi uchun ustuvor
ahamiyati to‘g‘risida gap yuritiladi.
Yusuf Xos Hojib barcha imtiyozlardan mahrum kambag‘al
tabaqalar ahvoliga achinish hissini izhor qiladi. Donishmand
hokimlarni quyi tabaqa vakillarini ularga nisbatan mehr shafqatli,
insof-adolatli, marhamatli bo‘lishiga, ayni paytda raiyatni hokimlarga
bo‘ysunuvchi, sadoqatli bo‘lishiga chaqiradi.
Mana shunday
kelishtirish yo‘li bilan osoyishta hayotga erishishga umid bildiriladi
(bu esa iqtisodiy rivoj uchun ham zaruriy shartdir).
Kitobdagi g‘oyalar dunyodagi barcha ishlarda qo‘l keladi. Unda
mulk tutishning siru-asrorlari, mamlakatni idora qilish tartibi, sharti,
shuningdek, molu-mulk, el-yurtning mangu qolishi, gullab-yashnashi
va uning xarob bo‘lish belgilari berilgan. Mutafakkir ayniqsa kasb-
hunar ahlining faoliyatini yuqori baholaydi. «Bir yigitga qirq hunar
oz» bobi xuddi shu masalaga bag‘ishlangan. Vazir, qo‘mondon, elchi
va boshqa hukmdorlarning faoliyat mezonlari diqqatga sazovordir.
Masalan, «Vazir ko‘zining to‘q bo‘lishi uni har xil mol-mulk
oldida suqlanishdan asraydi. Ko‘zi
och odam bor olamga ham
to‘maydi», deydi olim. Dehqon, savdogar, chorvador, oddiy
mehnatkash ahli to‘g‘risida nodir fikrlar bildiriladi. «Bular bilan yaqin
bo‘lgin hamisha, to tomoq tashvishin bilmasdan yasha», deb aytiladi.
Ayniqsa, bilim va aql-idrokka, shu soha sohiblariga katta e’tibor
beriladi. «Odamzod naslining ulug‘ligi bilimdan. U aql-idrok tufayli
ne-ne tugunlarni yechishga qodir», deb yozadi alloma.
Aql-idrok egalarining nafi har doim ko‘pchilikka tegib turadi.
Bilim egalari esa elda aziz bo‘ladi, hurmat qozonadi. Butun ishlar
o‘quv-idrok bilan amalga oshadi. Barcha murakkab ishlar bilish bilan
hal etiladi.
Dostları ilə paylaş: