Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

otasi, yer esa uning onasi» 
degan iborani ishlatdi. 
Mamlakat boyligini ko‘paytirish uchun U.Petti qamoq jazosi 
o‘rniga pul jarimasini joriy etish zarurligini, pul to‘lashga «qurbi 
yetmagan o‘g‘rilarni» esa «qullikka» mahkum etishni, ishlashga majbur 
qilishni tavsiya etadi. Bu merkantilistlarga qarama-qarshi tarzda, 
boylik, 
eng avvalo, mehnat bilan yaratilishini 
bildiradi, ya’ni xo‘jalik 
hayotidagi pulning «asosiy» vazifasini inkor etadi. 
U.Petti bu fikrni rivojlantirib, chetga pul chiqarishni taqiqlash 
bemani narsa ekanligini ko‘rsatib o‘tadi. Davlatning bunday hatti- 
harakati, uning fikri bo‘yicha, mamlakatga chetdan tovar keltirishni man 
etish bilan bir narsadir. U.Petti bu fikrlari bilan o‘zini pulning miqdoriy 
nazariyasi tarafdori ekanligini ko‘rsatdi va muomala uchun zarur 
bo‘lgan pul miqdori to‘g‘risidagi qonuniyatni tushunganligini namoyish 
etdi. Ammo uning iqtisodiyotdagi pulning vazifasini yuzaki 
tushunganligi aniq ko‘rinadi. Bir tomondan, pulning miqdoriy 
nazariyasi, haqiqatan ham, «pul o‘z-o‘zidan boylik mazmunini 
anglatmasligini» ko‘rsatdi, ikkinchi tomondan esa – U.Petti va undan 
keyingi boshqa klassik iqtisodiy nazariya mualliflari, M.Blaug so‘zi 
bilan aytganda, u (pulning miqdoriy nazariyasi) asosiy e’tiborni pulning 
muomala vositasi sifatidagi vazifasiga qaratgan holda, tovar va pul 
bozorlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni keltirib chiqaruvchi pulning 
qimmatni saqlash vositasi sifatidagi funksiyasini inkor etdi. 
Shuning uchun merkantilizmga nisbatan to‘g‘ri tanqidlari bilan 
birga, U.Pettining bu borada noto‘g‘ri tushunchalari ham bo‘lgan. 
Masalan, 
u savdo va savdo kapitalining milliy boylik yaratishdagi 
ishtirokini inkor etdi 
va hatto savdogarlar sonini ancha kamaytirishni 
qattiq turib ma’qulladi. U.Petti savdogarlarni davlatning «qonini» 
taqsimlash bilan shug‘ullanuvchi «o‘yinchilar»ga o‘xshatadi. U «qon» 
deganda qishloq xo‘jaligi va sanoat mahsulotlarni nazarda tutadi. 
Qiymat nazariyasi. 
U.Pettining merkantilistlar g‘oyasiga bo‘lgan 
salbiy yondashuvi nafaqat boylikning mohiyatini va uni ko‘paytirish 
yo‘llarini tahlil qilishda, balki tovarlar qiymatining yaratilish tabiatini va 
bozorda ularning qimmati darajasiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlashda 
ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Bu boradagi uning tadqiqotlari keyinchalik 
uni 
qiymatning mehnat nazariyasining birinchi muallifi 


147 
deb tan olinishiga sabab bo‘ldi. Umuman olganda, qiymatning mehnat 
nazariyasi klassik iqtisodiy maktabning asosiy belgilaridan biri 
hisoblanadi. 
U.Petti nazariyalarining birida aytilishicha, 
tovar qiymati kumush 
qazib oluvchi mehnat bilan yaratiladi 
va uning «tabiiy bahosi» 
hisoblanadi; kumush qiymatiga tenglashtirilgan tovarlar qiymati esa 
ularning «haqiqiy bozor bahosi» hisoblanadi. Ikkinchi bir joyda qayd 
qilinishicha, 
tovar qiymati mehnat va yer ishtirokida yaratiladi
. Ya’ni 
U.Pettining o‘zi aytganidek, «Kemaning yoki kamzul (syurtuk)ning 
qiymati qandaydir yer miqdori va qandaydir mehnat miqdori qiymatiga 
teng, chunki har ikkalasi – kema ham, kamzul ham – yer va inson 
mehnati bilan yaratiladi». Bundan ko‘rinib turibdiki, U.Pettida tovar 
bahosi asosida 
sarfli mexanizm yotadi

Daromadlar nazariyasi. 
Ishchilarning daromadlari, pul kapitali 
va yer egalarining daromadlari to‘g‘risida U.Petti aytib o‘tgan qoidalar 
keyinchalik klassik iqtisod maktabi vakillarining nazariy izlanishlari 
uchun asos bo‘lib xizmat qildi. U.Petti ishchining daromadi sifatidagi 
ish 
haqini mehnatning bahosi 
deb hisobladi va uning darajasini ishchining 
yashashi uchun zarur bo‘lgan vositalar minimumi bilan ifodaladi. 
U.Petti, har bir ishchi 
«yashash, mehnat qilish va ko‘payishi uchun» 
kerakli narsani olsa bas, degan xulosaga keldi. Buni u nazariy jihatdan 
isbotlab bermoqchi bo‘ldi: agar ishchiga ko‘rsatilgan minimumdan ikki
baravar ko‘p haq to‘lansa, u chog‘da ishchi ikki marta kamroq 
ishlaydi. Bu esa jamiyat uchun shuncha miqdordagi mehnat boy 
berilganini bildiradi. U.Pettining ish haqi to‘g‘risidagi mazkur qoidasi 
«klassik maktabning» ko‘pchilik vakillari nazariy tadqiqotlarining 
asosini tashkil etdi. Masalan, U.Pettidan keyin, D.Rikardo va T.Maltus 
ish haqini ishchi mehnatining bahosi sifatida tavsiflab
, uni ishchining va 
uning oilasining yashashi uchun zarur bo‘lgan vositalar minimumi bilan 
bog‘lab tushuntirganlar. 
Tadbirkorlar 
va 
yer 
egalari 
daromadlari 
U.Petti 
o‘zi 
umumlashtirgan tushuncha – “renta” sifatida tavsiflanadi. U, masalan, 
dehqonchilikda yaratilgan mahsulot qiymati bilan uni ishlab chiqarishga 
ketgan xarajatlar o‘rtasidagi farqni renta deb atagan (ya’ni tuproq 
unumdorligiga bog‘liq bo‘lgan renta). Ikkinchi bir misolda, ssuda 
foizining kelib chiqish mohiyatini ko‘rib chiqqach, U.Petti 
soddalashtirib, bu ko‘rsatkich “ssudaga beriladigan pulga sotib olinishi 


148 
mumkin bo‘lgan muayyan yer maydonidan olinadigan rentaga teng”, 
deb atadi. 
Yana bir joyda yer uchastkasining bozorga uzoq-yaqin 
joylashishidan kelib chiqadigan renta shakli ko‘rsatib beriladi. Aholi 
yashash joylariga yaqin joylashgan yer uchastkalaridan nafaqat yuqori 
renta olinadi, balki yillik renta summasi ham boshqa xuddi shunday 
unumdor, lekin aholi turar joylaridan ancha uzoq bo‘lgan yerlarga 
nisbatan ko‘p bo‘ladi. 
Shu bilan U.Petti yer bahosini aniqlash bilan bog‘liq bo‘lgan 
muammoni yechib berishga uringan. Lekin bu yerda ham olim mazkur 
muammoni hal etishda yuzaki yondashdi. Uningcha, yerning bahosi bir 
yillik muayyan miqdordagi rentaga teng bo‘lishi kerak. Ammo u bu 
miqdorni ilmiy jihatdan aniqlab bera olmadi, ya’ni yerning bahosini 
keltirib chiqarish uchun bir yillik rentani ko‘paytirish mumkin bo‘lgan 
sonni topa olmadi. 
Shu bilan birga, uning yer bahosini aniqlashdan kelib chiqadigan 
ssuda kapitali bilan yerdan olinadigan yillik renta o‘rtasidagi o‘zaro 
bog‘liqlik g‘oyasi iqtisodiy fikrlarning rivojlanishida ijobiy rol o‘ynadi. 
Buni keyinchalik K.Marks qayd qilib o‘tadi. Ma’lum ma’noda xuddi 
shunday fikr Y.Shumpetrning iqtisodiy qarashlarida ham uchraydi. 
Uningcha, birorta kapitalist yer uchastkasini ushbu uchastkadan olinishi 
mumkin bo‘lgan rentaga teng foiz keltirishi mumkin bo‘lgan pul 
summasidan yuqori ham, past ham baholashi mumkin emas. Bironta yer 
egasi o‘z uchastkasini undan olinadigan rentaga teng foiz keltiruvchi pul 
summasidan kamiga sotmaydi. Ammo u o‘sha summadan ko‘pini ham 
ololmaydi, negaki bunday summani to‘lashga rozi bo‘lgan kapitalistga 
birdaniga juda ko‘p yer uchastkalari taklif qilinadi. 
Petti ijtimoiy voqealarni o‘lchashda statistik usullarni qo‘llashni 
ochiqchasiga ma’qullagan birinchi olim bo‘lgan bo‘lsa kerak. U aholi 
sonini, milliy daromadni, eksportni, importni va xalqning asosiy 
jamg‘arilgan kapitalini o‘lchashga harakat qilgan. O‘z tahlili va siyosiy 
xulosalarida u oddiy merkantilist bo‘lib ko‘rinsa ham, keyinchalik 
xulosalari muhim ahamiyat kasb etuvchi iqtisodiy nazariyaning va 
ijtimoiy fanlarning shakllanishida muhim rol oynadi. Uning statistikadan 
dastlabki foydalanishlari xom bo‘lishiga qaramay, uning metodologik 
yondashuvi o‘z davrining empirik induksiyasidan tortib 


149 
hozirgi kundagi iqtisodiy jurnallarda ishlatiladigan zamonaviy 
ekonometrik yondashuvlar bilan bir xil ahamiyatga ega bo‘ldi
107


Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin