7.3. P.BUAGILBERNING IQTISODIY TA’LIMOTI Agar Angliyada klassik iqtisodiy g‘oyalarning boshlanishi U.Petti
nomi bilan bog‘liq bo‘lsa, bu g‘oyalar Angliyada Rikardo bilan
intihosiga yetgan, Fransiyada esa P.Buagilberg bilan boshlanib
Sismondi bilan yakunlandi.
Fransiyadagi ijtimoiy iqtisodiy muhit Angliyanikidan keskin farq
qilar edi. Fransiyada feodal munosabatlar hali ham kuchli bo‘lib, qirollar
va uning atrofdagilar tomonidan qattiq himoya qilingan. Kolber
tomonidan olib borilgan siyosat mamlakat iqtisodiyotining umumiy
rivojiga olib kelmadi. U sanoatni, moliyani taraqqiy ettirish tarafdori edi,
ammo bu ish qishloq xo‘jaligining ziyoniga o‘tqazildi, feodal
munosabatlar to‘la saqlab turildi, vaholanki, Fransiyada inqilob XVIII
asr oxirida ro‘y berdi, bu esa iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishga to‘siq
bo‘ldi.
Shu sababli bu sohada islohotlar o‘tkazish zarur bo‘lgan, ammo
unga shu davrdagi tizim xalaqit berardi. Ichki bozor tor bo‘lib,
kapitalistik tadbirkorlikning o‘sishiga yo‘l bermasdi. Bu sinf asosiy
soliq to‘lovchi sinf edi, dvoryanlar va dindorlar umuman soliq
to‘lamagan, soliqlardan ustalik bilan bosh tortar edi.
Yana bir muhim to‘siq – bu urushlar edi. Fransiya olib borgan
urushlar tufayli mablag‘larning asosiy qismi shu urushlarga sarflanardi.
Qirol saroydagi bazmi jamshidlar ham davlat xazinasiga katta ziyon
yetkazardi. Demak, Fransiyaning XVII asrning ikkinchi yarmida feodal
munosabatlar o‘zining cho‘qqisiga chiqqan edi. Fransiyada yuqori
tabaqa barcha yerning egasiga aylandi, dehqonlar shaxsan ozod bo‘lsalar
ham, feodal majburiyatlar nihoyatda ko‘p edi. Xo‘jalikdagi kapitalistik
uklad nihoyatda sekin rivojlandi, ichki bozor xiyla tor edi, xalq
xo‘jaligida natural xo‘jalik asosiy bo‘lib, sanoat rivoji past bo‘lgan.
107
History of economic thought. Harry Landreth, David C. Colander 67-68 b.
150
Ana shunday sharoitda klassik siyosiy iqtisodiyotga Pyer Buagilber
kirib kelgan. Demak, Fransiya klassik iqtisodiy maktabining asoschisi