161
har qanday kelishuv va qonunlardan qat’i nazar hamma uchun umumiy
moneta bo‘lib qoladi. Uning fikricha, pul, ya’ni oltin va kumushning
bahosi nafaqat barcha boshqa tovarlarga nisbatan o‘zgarib turadi, balki
bir-biriga bo‘lgan nisbati, kam yoki ko‘pligiga qarab ham o‘zgarib turadi.
A.Tyurgo qog‘oz pullarning miqdori yaratilgan tovar va xizmatlarning
miqdoriga mos kelmagan sharoitda bunday pullardan foydalanish
noqulayliklari to‘g‘risidagi qoidani dalillar bilan isbotlab berdi.
A.Tyurgo ssuda (pul) foizini tadqiqot qilar ekan,
qarzga olingan
pulni ustamasi bilan qaytarishga jinoyat sifatida qaraydigan
nasihatgo‘ylar bid’atlarini qoraladi. Uning ta’kidlashicha, qarz
beruvchi qarz vaqti davomida ushbu qarzga bergan puli uchun olishi
mumkin bo‘lgan daromadni yo‘qotadi, qarz oluvchi esa bu pulni
samarali ishlatib ancha foyda ko‘rishi mumkin. Ko‘rinib turibdiki, qarz
beruvchi qarz oluvchiga ozor yetkazayotgani yo‘q, aksincha,
birinchisining pulidan ikkinchisi foyda ko‘rayapti. Ana shu foyda qarz
oluvchini foiz to‘lash sharti bilan qarz olishga undovchi asosiy kuch
hisoblanadi. U foizni foydadan to‘laydi. Demak, A.Tyurgoning fikriga
ko‘ra, bunday «kelishuvdan»
qarz beruvchi ham, qarz oluvchi ham
manfaatdor. Joriy foizga kelsak, A.Tyurgo bo‘yicha, u bozorda
kapitalning ko‘p yoki kamligini ko‘rsatuvchi termometr vazifasini
o‘taydi, xususan, foizning past bo‘lishi bu – kapital ko‘pligi natijasidir.
Iqtisodiy ta’limotlar tarixida fiziokratlar o‘ziga xos o‘rinni
egallaydi. A.Smit o‘z vaqtida:
«fiziokratizm tizimi qanchalik nomukam-
mal bo‘lmasin, shu davrgacha chop etilgan iqtisodiy g‘oyalar ichida
haqiqatga eng yaqini edi»,
– deb aytgan. Bu ta’limotning
merkantilizmni
inkor qilishi, mehnat bilan yer boylikning asosi
ekanligini tan olishi, savdo-sotiqda bojxona cheklovlarini bekor
qilishni taklif etishi nihoyatda muhimdir. Fiziokratlarning boylik tezisi,
ayniqsa, uni yaratishdagi mehnatning ahamiyati diqqatga sazovor:
boylik – bu jamiyat mehnati bilan har yili yaratilgan iste’mol qiymatlar
yig‘indisidir. Bu tezis A.Smit tomonidan ham qabul qilingan.
Kapital va uning ikki qismga ajratib ko‘rsatilishi (asosiy va
aylanma), takror ishlab chiqarish jarayonining tahlil qilinishi, erkin
sohibkorlik to‘g‘risidagi g‘oyalar, jamiyatning sinflarga ajratilishi
iqtisodiy ta’limotlarning rivojida keyingi muhim qadamdir.
162
Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish
uchun erkin bozor munosa-
batlariga o‘tish va dehqonchilikdan olinadigan soliqni kamaytirish
zarurligi, yagona soliq tizimiga o‘tish kerakligi to‘g‘risidagi fikrlar
nihoyatda qimmatlidir. Chunki sohibkor va tadbirkorlar shaxsiy
manfaatdorlik bo‘lgan sharoitda ishlab chiqarishni tez rivojlantirishga
intiladilar. Hozirgi zamon tili bilan aytganda,
fiziokratlar sof bozor
munosabatlarining unsurlarini asosan to‘g‘ri hal etib berdilar.
Xalq xo‘jaligi tarmoqlari o‘rtasida muayyan mutanosiblik bo‘lgan
sharoitda takror ishlab chiqarish va realizatsiya jarayonining uzluksiz
davom etishi mumkinligi aniqlab berildi. Bu muammoni hal etishda
fiziokratlar
tomonidan
mamlakatdagi
uch
sektor
o‘rtasidagi
munosabatlar misol qilib olingan. Ammo amalda, ayniqsa, hozirgi
davrda, bunday sektorlar juda ko‘p bo‘lib, ular o‘rtasidagi aloqalar Nobel
mukofoti sohibi V. Leontevning «xarajatlar – ishlab chiqarish»
balansida n ta tarmoq uchun ishlab chiqilgan. Hozirgi davrda bunday
balans tarmoqlararo balans deb yuritiladi va makroiqtisodiy tahlilda va
umuman iqtisodiyotda muhim ahamiyat kasb etadi. Undagi g‘oyaning
kurtaklari fiziokratlar asarlarida yaratilgan bo‘lib,
u klassik iqtisodiy
maktab ta’limoti zanjirining ajralmas qismi sifatida muhim o‘rin
egallaydi.
Shu bilan birga, hozirgi zamon iqtisodiy ta’limotlari nuqtai
nazaridan fiziokratizm g‘oyalari o‘z ahamiyatini tezda yo‘qotdi va
o‘tkinchi xarakterga ega bo‘ldi. Chunki jahon ijtimoiy va iqtisodiy
hayotidagi o‘zgarishlar nisbatan mukammal g‘oyalarning ishlab
chiqilishi zarurligini taqozo etdi va bu amalda ro‘y berdi. Ayniqsa,
boylikni faqat dehqonchilik bilan bog‘lab tushuntiruvchi fiziokratizm
g‘oyalari sanoat inqilobi natijasida yuz bergan o‘zgarishlar tufayli tez
unutilayozdi. Bu holat iqtisodiyot osmonidagi
yorqin yulduzning
so‘nishini eslatadi.
Fiziokratlar Kenening iqtisodiy jadvalini o‘zlarining nazariy
yutuqlarining gultoji deb hisoblashadi. U iqtisodiyotdagi turli tarmoq-
lar o‘rtasidagi pul daromadlari tasviri va sof mahsulotning yillik
aylanmasi va yaqqol tasvir bergan Kene jadvali iqtisodiyot rivojida yirik
metodologik olg‘a siljish sifatida tan olinadi. Fiziokratlar iqtisodiyotning
turli tarmoqlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni nazariy jihatdan o‘rganish bilan
chegaralanmay ularning o‘lchami miqdorini aniqlashga harakat
qilishgan. Bu iqtisodiy jadval iqtisodiyotning turli
163
sektorlaridagi
o‘zaro bog‘liqligini ko‘rsatib bergan.
Keyingi
merkantilistlarning ba’zilari bu bog‘liqliklarni o‘rganib chiqdi va
ularning ta’siridagi umumlashma Adam Smit izlanishlariga asos bo‘ldi
va bozor iqtisodiyot tasvirini to‘ldirdi.
Dostları ilə paylaş: