11.
Joriy moliyalashtirish bajarilgan ishlar sifati tеkshirilgandan kеyin, bеrilgan bo‘nak(аванс)ni hisobga
olgan holda ishlarni bajarish va moliyalashtirish jadvallariga muvofiq obyektning umumiy shartnomaviy joriy
qiymatining 95 foizigacha doirasida amalga oshiriladi.
12.
Obyektning shartnomaviy joriy qiymatining qolgan 5 foizi obyekt davlat
qabul qilish komissiyasiga
belgilangan tartibda rasmiylashtirilib, topshirilgandan so`ng, ekspluatatsiya korxonasining yozma roziligi bilan
Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 9 noyabrdagi 699-sonli qarorining 3-bob 17-bandiga asosan obyektni
topshirish paytidagi Pudratchining reyting bahosi “A” va “B” darajasidagi ishonchlilik
toifasiga mansub
bo`lgan taqdirda, Buyurtmachi tomonidan kafolat muddati inobatga olinmasdan Pudratchiga to`lab beriladi.
13.
Pudratchi obyekt foydalanishga topshirilgunga qadar mazkur shartnoma bo‘yicha obyektga mulk
huquqini o‘zida saqlab qoladi. Obyekt Buyurtmachiga topshirilgunga qadar obyektning tasodifiy yo‘q qilinishi
va shikastlanishi xavfi Pudratchining zimmasida bo‘ladi.
14.
Buyurtmachi mazkur shartnoma bo‘yicha o‘z zimmasiga qabul qilgan
majburiyatlarni shartnoma
kuchga kirgan kundan boshlab Buyurtmachiga bog‘liq sabablarga ko‘ra o‘ttiz kun mobaynida bajarmagan
taqdirda, Pudratchi bu haqda qonun hujjatlarida bеlgilangan tartibda Buyurtmachini
yozma ravishda xabardor
qilgan holda, shartnomaga o‘zgartirishlar kiritish yoki shartnomani bеkor qilinishini talab qilish huquqiga
egadir. Bunda Buyurtmachi Pudratchi tomonidan bajarilgan ishlar uchun haq to‘lashdan ozod qilinmaydi.
Dostları ilə paylaş: