“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida”
mavzusidagi 9-sonli respublika ilmiy konferensiyasi
28
raqamli-dunyoda-o-qitish-va-o-rganishning-mavjud-imkoniyatlari (дата обращения:
22.04.2023).
4.
https://xs.uz/uz/post/kredit-modul-tizimiga-otish-nima-uchun-kerak-
maqsad-mohiyat-va-afzallik
“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida”
mavzusidagi 9-sonli respublika ilmiy konferensiyasi
29
TILLARNI O‘RGATISHDA O‘QITISH METODLARI
Abduraxmanova Matluba Baxodirovna
Toshkent amaliy fanlar universiteti
“Tillar” kafedrasi o‘qituvchisi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada tillarni o‘rgatishda interfaol metodlardan
foydalanish, hozirda keng qo‘llanilayotgan Tushuntirish metodi, Tinglab tushunish
metodlari hamda ularni qo‘llash yo‘llari haqida so‘z boradi.
Kalit so‘zlar:
tushuntirish metodi, ko‘rsatish metodi, mustahkamlash metodi,
mashq, bajartirish, reproduktiv metod, muammoli (problemali) o‘qitish metodi,
evristik suhbat metodi, ilmiy izlanish yoki ilmiy tadqiqod o‘tkazish orqali o‘rgatish
metodi.
O‘qituvchining o‘quv faoliyatini tashkil qilish va boshqarishdagi o‘rgatuvchi
faoliyati jarayonida nutq, faoliyatining barcha turlari bo‘yicha ko‘nikma va malakalar
shakllantirishga yo‘naltirigan turli tuman metodlar, usullar, vositalardan foydalanish
orqali amalga oshiriladi. Shunday ekan, o‘rgatish va o‘rganish metodlari, usullari va
vositalari, tushunchalari haqida batafsilroq, to‘xtalishimizga to‘g‘ri keladi.
Didaktikada metod deyilganda o‘qituvchining o‘quv dasturi asosida, ma’lum
maqsadni ko‘zlagan holda o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini tashkil qilish va
boshqarishga yo‘naltirigan faoliyati tushunilada.Chet tillar o‘rgatishning rivojlanish
bosqichlarida turli metodlar qo‘llanilgan. Jumladan, quyidagi o‘rgatish metodlari
haqida fikrlar bildirilganligini ko‘ramiz:
1. Grammatik-tarjima metodi;
2. Leksik-tarjima metodi;
3. To‘g‘ri metod;
4. Pal’mer metodi;
4. Uest metodi;
5. Audio-lingval metod;
|