Microsoft Word alkimyogar ziyouz com doc



Yüklə 265,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/67
tarix20.11.2023
ölçüsü265,29 Kb.
#165067
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   67
Alkimyogar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
51
Men qaytaman, — takrorladi Santyago. 
— Avvallari men sahroga orzumand bo‘lib qarardim, endi esa umid bilan termulaman. 
Mening otam ham bir necha bor sahroga ketgan, biroq har safar onamning yonlariga 
qaytgan. 
Boshqa biror-bir so‘z aytilmadi. Ular yana xurmozor tagida biroz yurishdi, so‘ng 
Santyago Fotimani chodirgacha kuzatib qo‘ydi. 
— Men qaytaman, otang qaytib kelganiday. 
U qizning ko‘zlarida yosh yiltiraganini ko‘rdi. 
— Yig‘layapsanmi? 
Men sahro ayoliman, — dedi Fotima, yuzini yashirib. — Biroq avvalambor men — 
oddiy ayolman. 
Qiz chodir ichiga g‘oyib bo‘ldi. Tong oqarib kelardi. Odatdagi kun boshlangach, Fotima 
necha yillardan beri shug‘ullanib kelayotgan ishi bilan mashg‘ul bo‘ladi, biroq endi 
hammasi boshqacha kechadi. Voha endi qizning nazdida burungi qimmatini bir qadar 
yo‘qotadi, chunki vohada Santyago yo‘q. Avval boshqacha edi — yaqinginada bu joy ellik 
ming tup xurmo daraxti gurkirab turgan, uch yuzta quduqli, sahro kezib chanqagan 
yo‘lovchilar oroyish topadigan maskan edi. Endi qizning nazarida voha bo‘shab, huvillab 
qoldi. 
Bugundan boshlab sahroning qadri ortadi. Fotima endi sahroga umid ko‘zi bilan 
termiladi, xazinalarini qidirib ketgan Santyagoning qaysi yulduzni mo‘ljalga olib yo‘l 
bosayotganini topishga urinadi. Shamol orqali o‘zining qaynoq o‘pichlarini yo‘llab, ular 
Santyagoning yuziga tegishiga umidlanadi va pichirlab o‘zining sog‘-salomat ekanini, uni 
kutayotganini aytadi. Bugundan boshlab sahro Fotima uchun umid makoniga aylanadi: u 
yoqdan Santyago yoniga qaytadi. 
— Ortda qolganlar haqida o‘ylama, — dedi Alkimyogar, ular qum tepalar oralab yo‘lga 
tushishganda. —Hammasi allaqachon Olam Qalbida qayd etildi va shu joyda mangu 
saqlanadi. 
— Odamlar ketishdan ko‘ra qaytish haqida ko‘proq o‘ylashadi, — dedi Santyago, 
sahroning sukunatiga tag‘in ko‘nika boshlarkan. 
— Agar sen topgan topildiq pishiq narsadan yasalgan bo‘lsa, unga hech qanday insu jins 
daxl qilolmaydi. Va sen bemalol qaytishing mumkin. Agar bu narsa, xuddi yulduz bir yilt 
etib uchgani kabi, nari-beri yasalgan bo‘lsa, qaytgan chog‘ingda ham hech nimaga ega 
chiqolmaysan. Biroq sen, harqalay, yilt etgan nurni ko‘rgan bo‘lasan. Demak, bu 
boshdan kechirishga arzirli hol. 
U alkimyo haqida gapirayotganga o‘xshardi, Santyagoga esa u Fotimani nazarda tutib 
gapirayotganday tuyuldi. 
Ortda qolganlar haqida o‘ylamaslik mushkul edi. Sahroning yakrang ko‘rinishi eslashga, 
orzu qilishga majbur etardi. Santyagoning ko‘z o‘ngidan xurmozor, quduqlar va 
suyganining chehrasi ketmasdi. U angliyalikni shisha idishlari, asbob-anjomlari bilan 
uchratdi, Tuyakashni — o‘zining aql-idrokini peshlamaydigan chinakam donishmandni 
uchratdi. “Balki Alkimyogar hech qachon hech kimni sevmagandir”, — o‘yladi u. 
Alkimyogar sal oldda yo‘rtib borayotir, uning kiftida qirg‘iy o‘tiribdi — qush sahro tilidan 
to‘la voqif — ular to‘xtashgan chog‘da o‘lja izlab havoga ko‘tariladi. Birinchi kuni u 
changalida quyon bilan qaytdi. Ikkinchi kun — bir juft qush bilan. 
Tunda ular ko‘rpani yoyishdi. Sahro tuni etni junjiktiradigan salqinligiga va oy botishi 
bilan qorong‘ulik quyuqlashganiga qaramay gulxan yoqishmadi. Safarning birinchi 
haftasida yo‘ldoshlar, gurunglashgan bo‘lishsa-da, faqat jang qilayotgan qabilalarni 
chetlab o‘tish haqida gapirishdi. Urush davom etayotgandi — ba’zan shamol qonning 


Alkimyogar (qissa). Paolo Koelo 

Yüklə 265,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin