"psixologiya"


 guruh uchun tarqatma materiallar



Yüklə 1,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə140/180
tarix20.11.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#165193
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   180
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

1 guruh uchun tarqatma materiallar
 
Motivasiyaga oid nazariyalar 
D. Makelland (David McCelland) ning “
Maqsadga erishish
”, Gersberg 
(Frederick Herzberg) ning “
Ikki omil
”, Louler (Lawler) va Xakmenning 
(Xakmen) ning “
Rejalashtirish, ehtimollik
” kabi nazariyalarda tadbirkorlik 


182 
faoliyati motivasiyasini shakllantirishda tadbirkor faoliyati, uning qarorlar 
qabo’l qilishi va rejalashtirishiga oid masalalar ijtimoiy-psixologik talqin 
qilingandir.
Tadbirkorlik faoliyati motivasiyasini yanada kengroq ochishda, bir 
konsepsiya mavjudki – bu boshqaruv tajribalarida keng qo’llaniladi. Bu F. 
Herzbergning “ikki omil” nazariyasi. F. Gersberg sanoatda ishlaydigan 
ishchilarning psixologik kasalliklarini davolovchi mutaxassis edi. Unga 
ishchilarni rag’batlantirish (harakatga keltirish) konsepsiyasini ishlab chiqish 
taklif etilgan. U o’zining ishlab chiqqan nazariyasini “motivasiyali gigiyena” 
yoki “ishni jonlantirish” nazariyasi deb ataydi.
Gersberg ishga bo’lgan ishtiyoqlarni ikkiga bo’ladi. U birinchi guruhga 
barcha yuzaki narsalarni kiritadi. Ularga maosh, hamkasb bilan munosabat,
moddiy shart-sharoitlar kiradi. U ko’pgina kuzatuvlari natijasida bir to’xtamga 
keldi va bu qarashlarini 1966 yil nashr qilingan “Motivasiya va inson borlig’i” 
deb nomlangan kitobida bayon etadi. Uning fikricha, hamma asosiy motivlar 
ikkita tarkibiy va bir-biridan farq qiladigan guruhlarga bo’linishi kerak – ular 
gigiyena omillari va 
motivlar
omillari.
Birinchi omil, odamlar ishining muvaffaqiyatini ta’minlaydi yoki 
pasaytirib yuboradi. Gersberg bu omillarni quyidagilar, deb hisoblaydi: 
mehnat sharti; 
firmaning siyosiy ahamiyati; 
maoshi; 
jamoadoshi va boshlig’i bilan munosabati va shunga o’xshaganlarni kiritadi.
Motiv omillariga esa: 
ishdagi muvaffaqiyat; 
ish yuzasidan ko’tarilishi; 
qulay imkoniyatga egaligi; 
ishning qiziqligi va qiyinligi; 
ishning turli xilligi; 
ishning rejalashtirilishida qatnashish va hokazolar.
Shuningdek, Bular ko’pincha motivlashtirish vazifasining natijasi uchun 
kerak. Bu motivlar bir-biri bilan nafaqat tadbirkorlik motivasiyasini 
shakllantiruvchi faoliyatda, balki tadbirkorlik faoliyatini boshqarishda ham 
muhim o’rin kasb etadi.
V. M. Karimovaning ta’kidlashicha, “Faoliyat – ehtiyoj – motivasiya” 
tushunchalari o’zaro bog’liqdir. Har qanday faoliyat ortida insonning aniq 
ehtiyoji yotib, bu ehtiyoj – shaxsni o’rab turgan muhitga bog’liqdir va bunda 
ma’lum ma’noda psixologik tobe ekanligini tushuntiruvchi talablar mavjuddir.
Shu ehtiyoj ta’sirida paydo bo’ladigan faollikning turtkisi – motivdir.
Umuman olganda, motivasiyaga o’zini ma’lum bir xatti-harakatlarga 
undovchi organizmning ichki holati sifatida qaraladi. A. A. Krilov o’z 
qarashlarida, motivasiya fenomenini 
uchta
asosiy talqinini sharhlab o’tadi: 
1. “
Fiziologik talqinlar
– ichki turtki yoki ehtiyojlarning ahamiyatliligini 
ta’kidlaydi. Misol uchun, yemishdan mahrum bo’lgan hayvon ochlikni his 
etadi va yegulikni izlab topishga va o’z fiziologik ehtiyojini qondirishga intiladi.


183 
Ochlik, chanqoqlik va jinsiy mayl kabi holatlar organizm uchun muhim 
ahamiyatga ega bo’lganligi sababli, odatda “birlamchi drayv” deb hisoblanadi.
2.
Bixevioristik talqinlar
– o’rgatish (o’qitish) jarayonida orttirilgan ichki 
turtkilarga suyanadi. Masalan, pulga ega bo’lishdek motivasion moyillik.
Ochlik va chanqoqlik singari “birlamchi drayv (boshqarish, undash)” holatlar 
pullar bilan assosiasiyalanishi sababli, biz ishga nisbatan yo’naltirilgan yuqori 
motivasiyani sezamiz.
3.
Psixologik talqinlar 
– aniq harakatlarga bizni undovchi “birlamchi 
drayv” konsepsiyasi insoniyat xulq-atvorini undaganda murakkab turlarini 
tushuntirishda ham dolzarb bo’lib qolaveradi. Ichki murakkab ehtiyojga erishish 
motivasiyasi affiliasiya yoki A. Maslou bo’yicha o’zini ro’yobga chiqarish misol 
bo’la oladi”.
Adabiyotlarda motivasiyaga oid nazariyalar, asosan, ikkita toifaga 
ajratiladi: 
mazmuniy; 
jarayoniy.
Motivasiyaning mazmuniy nazariyalari birinchi navbatda insonlarni 
harakatga undovchi ehtiyojlarini aniqlashga harakat qiladi, aynan unda ishning 
hajmi va mazmuni aniqlanadi. Motivasiyaning zamonaviy mazmuniy 
konsepsiyalariga asos solinishi, asosan, A. Maslou, F. Gersberg, D.
Makelland larning ishlari bilan bog’liq.
Mashhur nemis sosiologi Maks Veber XIX asr boshlarida biznesdagi 
holatni tahlil etar ekan, biznes odobi masalasida mufassal to’xtalib o’tgan.
Biznesning mohiyatini tushunib yetgan holda u: “Trubinalardan tutun chiqishi 
uchun foyda olinishi zarur”, – deb ta’kidlagan. Bu yerda u tadbirkorlar 
faoliyatidagi ikki yo’nalishni ajratib ko’rsatadi: 
usiz ishlab chiqarish mavjud bo’lmaydigan oqilona foydaga intilish
“boylikka intilish”.
M. Veber ikkinchi yo’nalishni biznes emas deb ta’kidlaydi. “Bunday 
intilish ofisiantlar, vrachlar, rassomlar, yengil tabiatli kishilar, askarlar,
qimorboz va gadoylarda uchraydi va to’liq ishonch bilan u barcha davr va 
mamlakatlarning barcha aholi guruhlari va alohida shaxslariga xos bo’ladi”.
Motivasiyaning mazmuniy nazariyalari odamlar xulqini belgilovchi 
ehtiyojlar va unga bog’liq omillarga asoslanadi. Jarayoniy nazariyalar 
motivasiyani boshqacha tarzda o’rganadi. Ularda inson qanday qilib aniq bir 
xulq to’rini tanlashi tahlil qilinadi. Jarayoniy nazariyalar asoschilari ehtiyojlar 
mavjudligi to’g’risida bahslashmaydilar, balki odamlar xulqi ehtiyojlar 
bilangina emas, balki psixologik jarayonlar bilan aniqlanadi, deb hisoblashadi.

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   180




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin