196
ko’rsatilgan, ular iyagi katta kishilar kuchli irodaga ega, peshonasi keng
odamlar-aqlli, sochi qattiq odam- qaysar , bo’yi past odam- xokimiyatga
intiluvchi,
Chiroyli odam- o’ziga bino qo’ygan yoki nodon bo’lishini aytilgan. Bular
albatta, to’g’ri emas. Lekin kishilarning ongida avloddan avlodga o’tib
kelayotgan tasavvurlar shunday obrazlarni shakllantirgan. Natijada odam
hakida tushunchaning shakllanishida u xaqida bo’lgan ma’lumot katta rol
o’ynaydi. M: Bodalyov talabalarning 2 guruxiga 1 odam portretini ko’rsatib,
uni 1-guruxga –jinoyatchi, 1-gurux talabalariga esa olim deb tanishtirgan.
1-guruxdagilar uning ko’zlarini-yovuz, beshavqat desa
2-guruxdagilar uning ko’zlarini-dono, muloyim deyishgan.
Odamlarning tashqi qiyofasi, kiyinishi, o’zini to’tishi, xissiy xolati,
ovozi, qiliqlari, yurishi va x. k. ishlarining ichida odamning so’z muloqat
manba’i suxbatdoshiga eng ko’p ma’lumot beradi.
Odamning bir -birlarini to’g’ri anglashlari Idrok( asosiy bilish) soщasiga
aloqador, bir-birlarini tushunishlari esa ularning tafakkur sohasiga aloqador,
murakkab jarayondir. Boshqa odamni to’g’ri tushungan shaxs uning xissiy
xolatiga kira olgan xissoblanadi. Ya’ni unda empatiya- birovlarning xis
kechinmalarini tushuna olish qobiliyati rivojlangan bo’ladi. Yuksak ongli,
madaniyatli, « ko’pni ko’rgan» shaxsgina boshqalarni to’g’ri tushunishi,
ularning mavqyeida tura olishi mumkin.
Psixoliklar turli muloqot vaziyatlariga duch keladilar va xar bir vaziyatda
ulardan o’tkir didlik, odob, kishilarning psixologiyasini bilgan xolda ularni
to’g’ri tushunish malakasi talab qilinadi. Bo’lg’usi psixolog bu borada quyidagi
qonuniyatlarni bilishi kerak
1. Birinchi ko’rgan odam xaqida faqat birlamchi tasavvurgina bo’lishi mumkin.
2. Biror kishi xaqida berilgan malumotga asosan muayyan fikr xosil qilish oson,
lekin uni o’zgartirish qiyin.
3. Intellekt juda yuqori bo’lsa ham, juda past bo’lsa ham boshqa odamni
tushunish qiyin.
Dostları ilə paylaş: