"psixologiya"


 Muloqot va uni o’rganish muammolari



Yüklə 1,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/180
tarix20.11.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#165193
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   180
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

 
4. Muloqot va uni o’rganish muammolari.
 
Oxirgi yillarda «professionalizm» tushunchasi tez-tez ishlatiladigan bo’lib 
qoldi. Chunki jamiyatda tub islohotlarni amalga oshirish, mehnat 
unumdorligini «inson omili»ni takomillashtirish hisobiga oshirish davr talabi 
bo’lib qoldi. Ayniqsa, odamlarni boshqarish sohasidagi professionalizmga katta 
e’tibor qaratilmoqda. Juda ko’pchilik mutaxassislar barcha bajaradigan 
funksiyalari orasida odamlar bilan til topishish, ularga ta’sir ko’rsatish, ular 
faoliyatini to’g’ri tashkil qilish va boshqarish eng murakkablaridan ekanligini 
e’tirof etmoqdalar. Odamlar bilan normal munosabatlarni o’rnata olmaslik,
ayniqsa, biznes sohasida amaliy sheriklarning xolatlari, ko’tishlarini aniqlay 
olmaslik, o’z nuqtai-nazariga o’zgalarni professional tarzda ko’ndira olmaslik,
«birov»ni, uning ichki kechinmalari va o’ziga bo’lgan munosabatini aniq 
tasavvur qila olmaslik amaliy psixologiyada 
kommunikativ uquvsizlik
, yoki 
diskommunikasiya
xolatini keltirib chiqaradi. Bunda odamlar oddiy til bilan 
aytganda, bir-birlarini tushunolmay qoladilar, shuning oqibatida pishib turgan 
loyiha yoki yaxshi reja amalga oshmasligi, bir necha oylarga cho’zilib ketishi 
mumkin.
Shuning uchun ham hozirgi zamon ijtimoiy psixologiyasining tadbiqiy 
yo’nalishida, boshqaruv psixologiyasida katta yoshli odamlarni kommunikativ 
bilimdonlikka o’rgatish, ularda zarur kommunikativ malakalarni hosil qilishga 
katta ahamiyat berilmoqda. Har bir korxona, xususiy firma yoki davlat 
muassasasini boshqaruvchi menejer, rahbar tayyorlash muammosi ana shu 
rahbarlarni, boshqaruvchilarni psixologik jihatdan odamlar bilan ishlashga 
o’rgatish muammosini chetlab o’tolmaydi. Umuman, hozirgi davrda har 
qanday mutaxassis — vrach, muxandis, o’qituvchi, iqtisodchi, agronom,
quruvchi, jurnalist, madaniyatshunos yoki boshqalar ham kommunikativ 
malakalarga ega bo’lmaguncha, bozor munosabatlari sharoitida tezda jamoaga 
kirishib, ko’pchilik bilan til topishib, o’z professoinal mahoratini ko’rsata 
olmaydi. Har bir ziyoli inson boshqalar bilan hamkorlik qilish mahorati va 
san’atiga ega bo’lishi kerak.
Bu vazifa odamlarni muomala va muloqot etikasiga o’rgatishni har 
qachongidan ham dolzarb qilib qo’ymoqda. To’g’ri, muloqotga kirishish — 
ijtimoiylashuv 
jarayonida 
barcha 
sifatlardan 
oldinroq 
shakllanadigan 
qobiliyatlardan, u tabiiy va hayotiy narsa. Bola tili juda yaxshi chiqib 
ulgurmay, atrofidagilar bilan aktiv muloqotga kirisha boshlaydi. Lekin 
masalaning paradoksal tomoni ham shundaki, yillar o’tgan sari ongli, aqlli 
odam har bir gapini o’ylab gapiradigan, har bir qadamini o’ylab bosadigan 
bo’lib qoladi, bu uning jamiyatdagi mavqyeini belgilovchi vositadir. Bu 
muloqotga kirishishga ruhan tayyorlanishning ahamiyatini ham odam anglashini 
taqozo etadi. Shunday qilib, ana shu eng tabiiy va bir qarashda oddiy inson 


48 
faoliyati shu qadar murakkab va serqirraki, uning mexanizmlarini o’rganish,
guruhlarda to’g’ri munosabatlarni tashkil etish va odamlarni samarali muloqotga 
o’rgatish muammosi bugungi ijtimoiy psixologiyaning muhim masalalaridandir.
Ma’lumki, gaplashayotgan odamlar biri gapiradi, ikkinchisi tinglaydi,
eshitadi. Muloqotning samaradorligi ana shu ikki qirraning qanchalik o’zaro 
mosligi, bir-birini to’ldirishiga bog’liq ekan. Noto’g’ri tasavvurlardan biri 
shuki, odamni muomala yoki muloqotga o’rgatganda, uni faqat gapirishga,
mantiqan asoslangan so’zlardan foydalanib, ta’sirchan gapirishga o’rgatishadi.
Uning ikkinchi tomoni — tinglash qobiliyatiga deyarli e’tibor berilmaydi.
Mashhur amerikalik notiq, psixolog Deyl Karnegi «Yaxshi suhbatdosh — 
yaxshi gapirishni biladigan emas, balki yaxshi tinglashni biladigan 
suhbatdoshdir» deganda aynan shu qobiliyatlarning insonlarda rivojlangan 
bo’lishini nazarda tutgan edi.
Mutaxassislarning aniqlashlaricha, ishlayotgan odamlar vaqtining 45%i 
tinglash jarayoniga ketar ekan, odamlar bilan doimiy muloqotda bo’ladiganlar 
35 — 40% oylik maoshlarini odamlarni «tinglaganlari» uchun olarkanlar.
Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, kommunikasiyaning eng qiyin 
sohalaridan hisoblangan tinglash qobiliyati odamga ko’proq foyda keltirarkan.
Shuning uchun bo’lsa kerak, nemis faylasufi A. Shopengauer 
«Odamlarni o’zingiz to’g’ringizda yaxshi fikrga ega bo’lishlarini xohlasangiz,
ularni tinglang» deb yozgan ekan. Darhaqiqat, agar siz kuyunib gapirsangizu,
suhbatdoshingiz sizni tinglamasa, boshqa narsa bilan ovora bo’laversa, undan 
ranjiysiz, nafaqat ranjiysiz, balki u bilan aloqani ham o’zasiz. O’qituvchi 
gapirayotgan paytda uni tinglamaslik odobsizlikning eng keng tarqalgan 
ko’rinishi deb baholanishini bilasizmi? 
Nima uchun biz ko’pincha yaxshi gapiruvchi, so’zlovchi bo’la olamiz-u,
yaxshi tinglovchi bo’la olmaymiz? Psixologlarning fikricha, asosiy halaqit 
beruvchi narsa — bu bizning o’z fikr—o’ylarimiz va hohishlarimiz og’ushida 
bo’lib qolishimizdir. Shuning uchun ham ba’zan rasman sherigimizni 
tinglayotganday bo’lamiz, lekin aslida hayolimiz boshqa yerda bo’ladi.
Tinglashning ham xuddi gapirishga o’xshash texnikasi, usullari mavjud.
Ularning turi ham ko’p, lekin asosan biz kundalik hayotda uning ikki usulini 
qo’llaymiz: 

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   180




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin