105
Neyrofiziologik nazariyalar. Bu nazariyalar
xotiraning mexanizmlari
haqidagi fiziologik nazariyalar bilan bog’liqdir. Bu nazariyaning asosini I. P.
Pavlovning «Oliy nerv faoliyati qonuniyatlari haqida» gi ta’limotining eng
muhim qoidalari tashkil etadi. Bu ta’limotga ko’ra xotiraning nerv – fiziologik
mexanizmini bosh miyada hosil bo’ladigan muvaqqat bog’lanishlar tashkil etadi.
Ana shu bog’lanishlar qanchalik mustahkam bo’lsa, esda olib qolish ham
shunchalik yaxshi bo’ladi. Ana shu muvaqqat bog’lanishlarning qaytadan
jonlanishi esga tushirishga, so’nib, yo’q bo’lib
ketishi esa unutishga sabab
bo’ladi.
Bioximik
nazariya.
Hozirgi
kunda
xotiraning
mexanizmlarini
o’rganishning neyrofiziologik usuli bioximik tadqiqotlar darajasiga tobora
yaqinlashib va qo’shilib ketmoqda. Bu usul ushbu fanlarning o’zaro tutashgan
joyida olib borilayotgan ko’plab tadqiqotlarda o’z tasdig’ini topdi.
Bioximik nazariyaning moxiyati quyidagidan iborat. Birinchi bosqichda
(qo’zg’atuvchining bevosita ta’siridan sung) miya xo’jayralarida
asl xoliga
qaytuvchi fiziologik o’zgarishlarni keltirib chiqaradigan qisqa muddatli
elektroximik reaksiya yuz beradi. Ikkinchi bosqich birinchi bosqich negizida
yuzaga kelib, aslida u yangi oqsil moddalarning xosil bo’lishi bilan bog’liq
bo’lgan bioximik reaksiyadan iboratdir. Birinchi bosqich sekundlar yoki
minutlar maboynida davom etadi va uni qisqa muddatli
esda olib qolishning
fiziologik mexanizmi deb hisoblaydilar. Xo’jayralarda qaytarilmaydigan
o’zgarishlarga olib keladigan ikkinchi bosqich uzoq muddatli xotiraning
mexanizmi hisoblanadi. Bu nazariya tarafdorlari tashqi qo’zg’atuvchilar ta’siri
ostida nerv xo’jayralarida ro’y beradigan o’ziga xos ximiyaviy o’zgarishlarning
izlarini mustahkamlash, esda saqlab qolish va
yana qayta esga tushurish
jarayonlari mexanizmlarining asosini tashkil etadi.
Dostları ilə paylaş: