102
3. Idrok to’g’risida tushuncha. Idrokning xususiyatlari va turlari.
Idrok deb narsa yoki xodisalarning inson ongiga bevosita ta’sir
etishi
natijasida tartibga solinib, alohida sezgilarni narsa va voqyealarni yaxlit bir
obrazi tarzida birlashtirib aks ettirilishiga aytiladi.
Idrok qo’zg’atuvchilarning ayrim xususiyatlarini aks ettiruvchi
sezgilardan farq kilib narsani butunligicha, uning hamma xususiyatlari bilan
birgalikda aks ettiradi. Bundan idrok ayrim sezgilarning oddiy yig’indisidan
iboratdir degan xulosa kelib chiqmaydi. Idrok o’ziga xos xususiyatlarga ega
bo’lgan xissiy bilishning sifat jihatidan yangi bosqichidir.
Idrokning
predmetliligi, yaxlitligi, ma’lum tartibda to’zilganligi, anglanganligi,
konstantligi uning muhim xususiyatlaridir.
Idrokning predmetliligi deganda uning aniq bir predmetga qaratilishini
tushunamiz.
Idrokning yaxlitligi deganda narsa va xodisalarni yaxlitligicha ongimizda
aks ettirishni tushunamiz. Idrok sezgi a’zolariga ta’sir qiluvchi narsalarning
ayrim xususiyatlarini aks ettiruvchi sezgilardan farqli ularoq, narsalarning yaxlit
obrazidir.
Idrokning konstantligi ham uning muhim xususiyatlaridan biridir.
Konstantlik tufayli biz atrofimizdagi narsalarning shakli, katta kichikligi, rangi
va shu kabilarni nisbatan o’zgarmas tarzda idrok qilamiz Masalan,
teatrda
o’tirgan odamlarning yuzlariga uzoqdan qarasak, ular bizga o’zgarmas, haqiqiy
odamlardek ko’rinadi, aslida ko’z tur pardasiga uzoqdagi narsalarning aksi
kichik bo’lib tushadi. Yoki yuqori etajdan turib pastga karasak odamlar,
mashinalar juda kichik bo’lib kurinadi, lekin biz ularni o’z xolicha idrok
qilamiz.
Yukorida bayon qilinganlardan ma’lumki, odamning tajribasi, bilimi,
hayol
va tafakkurining faoliyati, hissiyot va diqqati, umuman odam
psixikasining hamma mazmuni idrokda namoyon bo’ladi. Bu psixik hayotning
idrokda aks etuvchi va idrokka ta’sir ko’rsatuvchi mazmuni appersepsiya deb
ataladi.
Ayni bir narsa yoki xodisani ayrim kishilarning idrok etishida
ko’rinadigan ba’zi xususiyatlar appersepsiya bilan belgilangan bo’ladi. Bu
xususiyatlar odamning tajribasi va bilimlariga bog’liq xususiyatlardir. Kishilar
ayni bir
narsa yoki xodisani yoshlari, ma’lumoti, turmush tajribasi, kasbi,
temperament, xarakter, qobiliyat va qiziqishlarida ko’rinadigan shaxsiy
xususiyatlariga qarab har xil idrok etadilar.
Idrok turlariga quyidagilar kiradi:
1.
Fazoni idrok qilish.
2.
Vaqtni idrok qilish.
3.
Harakatni idrok qilish.
Fazoni idrok qilish to’g’risida gapirar ekanmiz, biz narsalarning fazodagi
shakllarini, katta-kichikligini va fazodagi o’zaro munosabatlarini tushunamiz.
Ma’lumki, fazodagi shakllarga qarab uch burchakli, to’rt burchakli, kub,
silindir kabilarga ajratiladi. Narsalar katta - kichikliga qarab katta, kichik,
103
o’rtacha deyiladi. Fazodagi munosabatlariga qarab
bizga nisbatan yaqin yoki
uzoq, bizdan o’ng tomonda yoki chap tomonda, yuqorida yoki pastda deyiladi.
Biz fazoni asosan ko’zimiz orqali idrok qilamiz. Uni bir ko’z bilan
(monokulyar) va ikki ko’z bilan (binokulyar) idrok qilish mumkin.
Ko’z gavharining, umuman, ko’zning ravshan kurish uchun
uyg’unlashuvini akkomadasiya deb ataymiz.
Konvergasiya ma’lum bir narsaga qaraganda ikkala ko’z soqqasining
kanshar tomon barobar burilishidir. Idrok qilinayotgan narsa qanchalik yaqin
tursa, ko’z
soqqalari bir-biriga, ya’ni kanshar tomonga shunchalik yaqin
buriladi, ko’rish o’qlari ham bir-birini shunchalik yaqin kesib o’tadi. Ko’z
konvergensiyasi ayniqsa masofani, yiroqni, chuqurlikni, eng aniq, raso idrok
qilishga imkon beradi.
Fazoni biz faqat ko’rish orqali idrok qilmasdan balki teri-tuyg’u va
muskul-harakat sezgilari orqali ham idrok qilamiz. Maydaroq narsani shaklini,
ularning
katta-kichikligini, holatini teri sezgisi bilan ya’ni ushlab ko’rib idrok
qilamiz.
Biz idrok qilib turgan narsa va xodisalar ma’lum bir vaqt (zamon)
davomida paydo bo’ladi, taraqqiy qiladi va o’zgarib boradi. Vaqtni idrok
qilishni vaqt «bo’laklarini » soat va xronometrik asboblar yordamida o’lchash
deb tushunish yaramaydi. Kishi xuddi bir xilda bo’lgan vaqt bo’lagi «minut,
soat yoki kun» ning obyektiv davomini hamisha bir xilda sezavermas ekan.
Ba’zan bir soat bir daqiqaday tez o’tib ketadi yoki bir kun bir yildek tuyuladi.
Biz vaqtni «uning to’xtovsiz borishi, cho’zilishi va davomini» idrok qiladigan
maxsus bir organga ega emasmiz. O’tayotgan vaqt avvalo atrofimizdagi narsa va
xodisalarning o’zgarib va almashinib turishidan bilinadi. Shu sababli vaqtni
idrok qilish hamma sezgi a’zolarimiz faoliyati bilan bog’langan deb aytish
mumkin.
Maxsus mashq qilib, o’tayotgan vaqtning ayrim xissalarini mumkin qadar
aniq belgilay bilish qobiliyatini o’stirish mumkin. I.P.Pavlov itlarda ovqatning
kelish vaqtini his qiladigan shartli reflekslar hosil qilgan edi. Bunday refleksni
odamlarda hosil qilish mumkin.
Harakatni idrok qilish deb narsalarning fazoda o’rin
almanishini idrok
qilishga aytiladi. Harakatni idrok qilish hayotiy muhim ahamiyatga egadir.
Harakatni idrok qilishga imkon beradigan usullardan ikkinchisi
obyektning harakatiga ko’z bilan qarab turishdir. Bunda harakat qilayotgan
obyektning tasviri ko’z to’r pardasiga nisbatan bir oz harakatsiz bo’lib qoladi.
Biroq biz, shunday bo’lsa ham, obyektning harakatini ko’ramiz.
Eshitish analizatori yordami bilan ham harakatni idrok qilish mumkin.
Bunda tovush manbai bizga yaqinlashgan sari tovush baland eshitiladi.
Aksincha manba uzoqlashgan sari tovush pasayib eshitiladi. Masalan, uyning
ichida turib ko’chadan mashina o’tayotganligini bilamiz.
Illyuziya deb atrofdagi narsa va xodisalarni notug’ri idrok qilishga
aytiladi. Buni geometrik illyuziyalar deb nom olgan illyuziyalarda yaqqol
ko’rish mumkin. Masalan, uzunligi barovar bo’lgan ikki chiziqning boshiga
104
ikki
xil strelkalar chizilsa, strelkasi tashqariga qaragan chiziq unisiga nisbatan
uzun bo’lib ko’rinadi.
Idrok qilib turgan shaxsning psixikasida ro’y beradigan o’zgarishlar bilan
bog’liq tasodifiy illyuziyalar ham bo’ladi. Masalan, cho’lda suvsagan kishi
uzoqda yarqirab turgan shurxok yerni ko’l deb o’ylashi yoki o’rmondagi tunka
qurqoq odamning ko’ziga bironta yirtqich hayvonga o’xshab ko’rinishi mumkin.
Illyuziyalar hatto nutqda ham uchraydi. Masalan, goh vaqtda, kishi «men
boshqacha tushunibman» deydi.
Gallyusinasiya tashqi olamda yo’q narsalarni idrok qilishdir. Yo’q
narsalarning ko’zga ko’rinishi, yo’q ovozning eshitilishi, yo’q hidning dimoqqa
urilishi gallyusinasiyadir. Gallyusinasiya paytida kishi go’yo bir narsani aniq
ko’rgandek, eshitgandek, ushlagandek, is bilgandek tuyuladi.
Dostları ilə paylaş: