3. Qobiliyat to’g’risida tushuncha. Qobiliyatning sifat va miqdor tavsifi. Qobiliyatlar va yoshlarning kasb tanlash muammolari. Xush, qobiliyatlar nima? Qobiliyatlar kishining shunday psixologik
xususiyatlaridirki, bilim, ko’nikma, malakalar orttirish shu xususiyatlarga
bog’liq bo’ladi, lekin shu xususiyatlarning o’zlari mazkur bilim, ko’nikma,
malakalarga taalluqli bulmaydi. Qobiliyatlar bilim, ko’nikma, malakalarni
egallashda namoyon bo’lsa ham, bilimlar va ko’nikmalarni egallash bilan
bog’lanib qolmaydi. Qobiliyatlar va bilimlar, qobiliyatlar va malakalar,
qobiliyatlar va ko’nikmalar aynan bir-biriga o’xshash narsa emas.
Malakalar ko’nikma va bilimlarga nisbatan kishining qobiliyatlari
kandaydir imkoniyat sifatida namoyon bo’ladi. Tuproqqa tashlangan don ana
shu dondan unib chiqishi mumkin bo’lgan boshoqqa nisbatan atigi imkoniyat
bo’lib hisoblangani singari kishining qobiliyati bu bilimlar va ko’nikmlarni
egallash uchun imkoniyat hisooblanadi xolos.
Qobiliyatlar faqat faoliyatda, shunda ham faqat ana shu qobiliyatlarsiz
amalga oshirilishi mumkin bo’lmagan faoliyatdagina namoyon bo’ladi.
Qobiliyatlar bilim, malaka va ko’nikmalarning o’zida ko’rinmaydi, balki
ularni egallash dinamikasida namoyon bo’ladi, ya’ni, boshqacha qilib aytganda,
mazkur faoliyat uchun muhim bo’lgan bilimlar va ko’nikmalarni egallash
jarayoni turli teng sharoitlarda qanchalik tez, chuqur, oson va mustahkam
amalga oshirilishida namoyon bo’ladi. Xuddi ana shu o’rinda yuzaga chiqadigan
farqlar bizga qobiliyatlar xaqida gapirish xuquqini beradi.
Qobiliyatlarning tarkib topishi. Garchi qobiliyatlarning rivoji har turli odamlarda mutloqo bir xil
bo’lmagan tabiiy shart-sharoitlarga bog’liq bo’lsa ham, yuqorida ko’rib o’tilgan
iste’dod nishonalari va qobiliyatlar o’rtasidagi nisbat, qobiliyatlar shunchaki
tabiat in’omi emas, balki kishilik tarixining maxsuli ekanligini ko’rsatadi. Agar
hayvonlarda oldingi avlod yutuqlarining keyingi avlodga o’tkazib berilishi
asosan organizmning irsiy morfologik o’zgarishlari orqali amalga oshsa,
insonda bu ijtimoiy-tarixiy yo’l bilan, ya’ni mehnat quroli, til, san’at asarlari va
shu kabilar bilan amalga oshadi.
Kishi o’zida muayyan faoliyatga qobiliyat bor yoki yo’qligini sezish yoki
sezmaslmigini bildiradigan omil ta’lim metodikasi hisoblanadi. Ta’lim
metodikasi qayerda ojiz bo’lsa, o’sha yerda qobiliyatlarning tug’ma ekanligi
haqidagi gaplar paydo bo’ladi. O’z-o’zidan ma’lumki, metodika doim
takomillashib boradi, bu esa «tug’ma qobiliyatlar» doirasini torayib borishiga
olib keladi.
Qobiliyatlar va iste’dodlarni shakllantirish muammosi katta ijtimoiy va
davlat ahamiyatiga ega bo’lgan masaladir.
Inson qobiliyatlarini rivojlantirishning muhim omillari – barqaror maxsus
qiziqishlardan iborat. Maxsus qiziqishlar – bu insoniyat faoliyatining qandaydir
soha mazmuniga bo’lgan qiziqishlari bo’lib, bu qiziqishlar ana shu turdagi
faoliyat bilan kasb tariqasida shug’ullanish moyilligiga o’sib ko’tariladi.
Bilishga doir qiziqish bu o’rinda faoliyat usullari va uslublarini amaliy ravishda
egallab olishni rag’batlantiradi.
117
Biror mehnat yoki o’quv faoliyatida qiziqishning paydo bo’lishi bu
faoliyatga nisbatan qobiliyatlarning o’yg’onishi bilan chambarchas bog’liqligi
va qobiliyatlarning rivojlanishi uchun dastlabki zamin sifatida xizmat qilishi
qayd etilgan.